153
tankerining chokib ketishi tufayli 230 ming t neft okeanga «to-
kilgan». Dengiz transport tizimida sodir etilgan shu kabi falo-
katlar suv ekotizimlariga jiddiy ziyon yetkazgan.
Òabiiy ofatlar juda katta insoniy va mod-
diy yoqotishlar bilan kechadigan halokatli
ekologik vaziyatlarni vujudga keltiradigan ta-
biiy hodisalardir. Òabiiy ofatlar qadimdan
olimlarning diqqat markazida turadi. UNESCO huzurida bu
masalalar bilan shugullanadigan maxsus komissiya tuzilgan. Eng
xavfli va keng tarqalgan tabiiy ofatlarga zilzila, sunami, vulqonlar
otilishi, opirilish, toshqin, portana (dovul-boron, girdob, to-
fon), qurgoqchilik va shu kabilar kiradi.
Òabiiy ofatlar Yer evolutsiyasining tabiiy kechish jarayonini
aks ettiradi. Ularning u yoki bu hududlarda paydo bolishi geo-
logik, geomorfologik va iqlim ozgarishlari kabi sabablar maj-
muyi bilan shartlangan boladi. Biosfera barqarorligining pasa-
yishi va iqlim ozgarishlari katta miqyosli tabiiy ofatlarni kopay-
tirishi mumkin.
Òabiiy ofatlar kelib chiqishiga kora, ikki turga bolinadi: Yer-
ning ichki energiyasi bilan boglangan endogen va Quyosh ener-
giyasi va ogirlik kuchi bilan boglangan ekzogen tabiiy ofatlar.
Birinchi
turga zilzila,
sunami va vulqonlar otilishi,
ikkinchi turga
opirilish, toshqin, portana (dovul-boron, girdob, tofon), qur-
goqchilik va shu kabilar mansub boladi.
Zilzila Yer ichki energiyasining dah-
shatli korinishlaridan biri. Yer yuzasida to-
satdan vujudga keladigan seysmik tolqinlar
va tebranishlar halokatli ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yerda ikki eng xavfli seysmik mintaqa mavjud: birinchisi,
Òinch okean qirgoqlari boylab davom etadigan «olovli halqa»,
ikkinchisi, Pireney yarimorolidan Malay arxipelagigacha da-
vom etadi. Karpat, Qrim, Kavkaz, Oltoy, Uzoq Sharq, Saxalin,
Kuril orollari, Kamchatka va Orta Osiyo, xususan, Ozbekiston
birmuncha xavfli seysmik hududlarda joylashgan.
Tabiiy ofatlar
va ularning
turlari
Endogen tabiiy
ofatlar