Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72

177
hosil shoxlari kamayadi, barglari mayda och yashil rangda bo‘ladi.
Shuningdek,  g‘o‘zani  ortiqcha  azot  bilan  o‘g‘itlash  ham  zarar
keltiradi. Jumladan, azot ko‘p solinsa g‘ovlab ketadi, hosil tugishi
kamayadi, ko‘saklarning pishishi kechikadi.
G‘o‘zaning  o‘sishi  va  rivojlanishida  fosforning  ham  tutgan
o‘rni  katta.  Fosfor  yetarli  bo‘lsa,  ko‘saklar  yiriklashadi,  hosil
ko‘payadi, chigit va tolaning sifati yaxshilanadi. Fosfor yetish-
masa,  ildizning  rivojlanishi  sekinlashadi,  g‘o‘za  past  bo‘yli,
ko‘sagi mayda bo‘ladi.
Agarda  g‘o‘zaga  kaliy  yetishmasa,  u  zaiflashadi,  kasallikka
chalinadi, barglari quriydi va tushib ketadi.
Òuproqqa  talabi.  G‘o‘za  soz,  qumoq,  o‘tloqi  va  boshqa  xil
tuproqlarda o‘sa oladi, biroq kuchli sho‘rlangan tuproqlarda o‘sa
olmaydi. Sho‘rlangan tuproqlarning meliorativ holati yaxshilansa,
ya’ni  sho‘ri  yuvilsa,  bunday  yerlarda  ham  paxtadan  hosil  olish
mumkin.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Xorazm,  Buxoro  va
Markaziy  Farg‘ona  sharoitida  tuproqning  sho‘rlanish  darajasiga
qarab paxta hosildorligi keskin o‘zgarib turadi.
G‘o‘za o‘stirishning o‘ziga xos agrotexnologiyasi mavjud.
Almashlab  ekish  —  tuproqning  tuzilishi  va  tarkibini  yaxshi-
laydi, hosildorlikni oshiradi. G‘o‘za asosan beda ekini bilan almashlab
ekiladi. Buning foydali tomoni shundaki, 2—3 yillik beda har bir
gektar  yerda  o‘rtacha  200—400  kg  azot  to‘playdi.  Shuningdek,
g‘o‘zaga  tushadigan  kasallik  va  zararkunandalarni  yo‘qotadi.
Paxtachilikda 9 dalali 3:6 almashlab ekish tartiboti qo‘llaniladi. Bunda
maydonning 66,7 % ga g‘o‘za, 33,3 % ga beda ekiladi.
Yerni  ekishga  tayyorlash  —  muhim  agrotexnologik  tadbirdir.
Yerni  ekishga  tayyorlash  deganda  daladan  g‘o‘zapoyalarni  yi-
g‘ishtirish, yerni tekislash, go‘ng solish, kuzgi shudgorlash, yaxob
suvi  berish,  sho‘r  yuvish,  boronalash,  haydash  kabi  tadbirlar
majmuasi tushuniladi. G‘o‘za ekiladigan dalalarga gektariga 15—
25 tonna go‘ng, 500 kg superfosfat aralashtirib solinadi. Keyin
30—40 santimetr chuqurlikda ag‘darib haydaladi. Ko‘proq nam
saqlash  maqsadida  shudgor  qilingan  dalalarga  yaxob  suvi  be-


178
riladi. Begona o‘tlarni yo‘qotish hamda nam saqlash maqsadida
yer borona qilinadi. Keyin 12—14 sm chuqurlikda haydaladi.
Chigit ekish. Chigitlar ekishdan oldin saralanib dorilanadi. Uning
unuvchanligini  oshirish  maqsadida  ekish  oldidan  16—20  soat
namlanadi.  Òuproqning  10  sm  qalinligidagi  harorati  12—13°C
bo‘lganda chigit ekiladi. Ekish chuqurligi 3—5 sm bo‘ladi. Chigit
ekish me’yori va tartibi g‘o‘za navining xususiyati, tuproq unum-
dorligi va chamalangan hosilga qarab belgilanadi.
Yaganalash  g‘o‘zani  yorug‘lik,  issiqlik,  namlik  va  oziqa
moddalar bilan me’yorida ta’minlash imkonini beradi. Yaganalash
g‘o‘za  maysalari  bir  tekis  unib  chiqqandan  so‘ng  o‘tkaziladi  va
eng  yaxshi  rivojlangan,  shikastlanmagan,  baquvvat  nihollar
qoldiriladi. Qatorlar orasi 60 sm.li dalalarda har bir metr uzunlikda
8—9  tupdan  nihol  qoldiriladi.  Bu  gektariga  120—130  ming  tup
ko‘chatni tashkil qiladi. Qatorlar orasi 90 sm.li dalalarda gektariga
120—130 ming tup ko‘chat bo‘lishi uchun har bir metrda 10—
12 tupdan nihol bo‘lishi lozim.
Qator  oralariga  ishlov  berish  muhim  agrotexnologik  tadbir
hisoblanadi.  G‘o‘za  qator  oralariga  ishlov  berish  tufayli  tuproq
mayinlashadi,  uning  suv,  oziqa,  havo  va  issiqlik  rejimi  yaxshi-
lanadi, begona o‘tlar yo‘qotiladi, tuproqning nam saqlash xossasi
tiklanadi, qisqasi, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay
sharoit yaratiladi. Qator oralariga birinchi va ikkinchi ishlov be-
rishda himoya zonasining kengligi 7,5—8 sm, uchinchi va to‘r-
tinchi ishlov berishda esa 10—12 sm bo‘lishi lozim. G‘o‘zaga dast-
labki ishlov berishda qatorlarning ikki yonboshi 6—8 sm, o‘rtasi
esa 10—12 sm chuqurlikda, keyingi ishlov berishlarda esa, ya’ni
sug‘orilgandan  so‘ng  qatorlarning  ikki  yonboshi  8—10  sm,  o‘r-
tasi 14—16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Vegetatsiya davrida g‘o‘za
qator oralari 4—5 marta kultivatsiya qilinadi.
Sug‘orish. G‘o‘za to‘g‘ri va tejamli sug‘orilsa mo‘l hosil beradi.
G‘o‘zani  me’yoridan  ortiq  sug‘orish  tuproqda  namlik  miqdo-
rining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Natijada g‘o‘za g‘ovlab ketadi.
G‘o‘za g‘ovlaganda issiqlik va quyosh nuri yetishmaganligi sa-
babli  shona,  gul,  tugunchalar  to‘kiladi  hamda  ko‘saklar  kech


179
ochiladi.  G‘o‘za kech sug‘orilsa shonalash, gullash va meva tugish
bosqichlari  kechikib  ketadi  hamda  hosil  kamayadi.  Shu  sababli
g‘o‘za o‘z vaqtida qondirib sug‘orilishi lozim.
Umuman, g‘o‘zaning suvga bo‘lgan talabi uch davrga bo‘linadi:
1. Gullashgacha bo‘lgan davr. 2. Gullash-meva tugish davri.
3. Hosilning yetilish davri.
G‘o‘zaning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproq namligi
dala sig‘imiga nisbatan 65—70 % bo‘lishi kerak. Òuproq namligi
bundan  kamayib  ketsa,  g‘o‘zani  sug‘orish  talab  etiladi.  G‘o‘za
gullashgacha bo‘lgan davrda 1—2 marta (gektariga 600—800 m kub),
gullash-meva tugish davrida 3—4 marta (gektariga 800—1100 m kub),
hosil  yetilish  davrida  1—2  marta  (gektariga  500—600  m  kub)
sug‘oriladi. Suvni egatlar orqali jildiratib oqizish yaxshi natija beradi:
pushtani  suv  bosmaydi  va  qatqaloq  hosil  bo‘lmaydi.  Egatlar
chuqurligi nishabi katta bo‘lmagan maydonlarda 20—22 sm, nishabi
katta bo‘lgan maydonlarda 14—16 sm bo‘lishi kerak.
O‘g‘itlash. G‘o‘zaga o‘g‘itlarning qaysi turini qaysi rivojlanish
bosqichida solishni bilish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. G‘o‘za
o‘zining dastlabki rivojlanish bosqichida fosfor va azotni, shona-
lash davrida azot va kaliyni, gullash davrida esa fosfor va azotni
ko‘p talab qiladi. G‘o‘zani butun rivojlanish davrida oziq moddalar
bilan ta’minlash maqsadida o‘g‘itlar ekishdan oldin, ekish vaqtida
hamda vegetatsiya davrida solinadi. Sho‘rlanmagan dalalarga fos-
forli  o‘g‘it  yillik  me’yorining  60—70  %  kuzgi  shudgor  oldidan
go‘ng bilan aralashtirilib solinadi.
Azotli o‘g‘itning yillik me’yori gektariga 200 kg bo‘lsa, uning
20—25  %  ekish  oldidan  beriladi.  Chigitni  ekish  jarayonida  bir
yo‘la ham azotli, ham fosforli o‘g‘itlar berilsa, paxta hosildorligi
2—3 sentnerga ko‘tariladi. Shu sababli chigit ekish vaqtida bir
yo‘la gektariga 20 kg azot, 20—30 kg fosfor aralashtirib solinadi.
Azotning qolgan qismi ikkiga bo‘linib, shonalash va gullash davri
boshlanishida beriladi. Ma’danli o‘g‘itlarni go‘ng bilan aralashtirib
solish  yaxshi  natijalar  beradi.  Birinchi  oziqlantirishda  o‘g‘itlar
o‘simlik tubidan 15—16 sm, ikkinchisida 20—22 sm uzoqlikda
15—18 sm chuqurlikka solinishi kerak.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə