Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72

171
Demak,  g‘o‘za  har  bir  hududning  ob-havo  (harorat)  sharoiti
qat’iy hisobga olinib ekiladigan ekin hisoblanadi.
Barcha dala ekinlari issiqlik omiliga bo‘lgan talabga ko‘ra ikki
guruhga: issiqlikni kam va ko‘p talab qiluvchi ekinlarga bo‘-
linadi.
Issiqlikka kam talabchan ekinlarga bug‘doy, javdar, arpa, suli,
no‘xat  va  shu  kabilar  kiradi.  Ularning  urug‘lari  1—3°C  da  una
boshlaydi, 4—5°C da maysa hosil qiladi, maysalari 5—8°C li qisqa
muddatli sovuqlarga chidaydi. 10—12°C harorat gullashi uchun,
10—20°C harorat hosilga kirish uchun eng qulay hisoblanadi.
Issiqlikka  ko‘p  talabchan  ekinlarga  tariq,  makkajo‘xori,  jo‘-
xori, sholi, soya, loviya, g‘o‘za va shu kabi ekinlar kiradi. Ular-
ning urug‘lari 7—8°C  da una boshlaydi, 8—12°C da maysa hosil
qiladi va ular qisqa muddatli salqin haroratlarga (3—5°C) bardosh
beradi. Pishib yetilishi uchun  18—27°C harorat talab etiladi.
Suv. Har qanday ekinning o‘sish va rivojlanish jarayoni mod-
dalar almashinuvi asosida kechadi. Suv — moddalar almashinu-
vini ta’minlaydigan bosh omil bo‘lib, ekinlar hayotining manbayi
hisoblanadi.
Ekinlarning suvga bo‘lgan talabi tashqi muhit sharoiti va ular-
ning  turiga  bog‘liq.  Ekinlar  suv  sarfi  (transpiratsiyasi)  quruq
moddalar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Òranspiratsiyaga harorat,
shamol va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikning suv bilan
yetarli darajada ta’minlanishi fotosintez uchun zarur bo‘ladi. Kun-
duzi fotosintez jarayonida ekinlarda organik moddalar to‘planadi.
Suvning  yetishmasligi  yoki  ortiqchaligi  ekinlarga  salbiy  ta’sir
ko‘rsatadi, ayrim hollarda hosil kam bo‘lishiga olib keladi. Masa-
lan, g‘o‘za parvarishida suvning yetishmasligi shona, gul va tu-
gunchalarining  to‘kilib ketishiga  sabab bo‘ladi.
Havo. O‘simliklar ham boshqa mavjudotlarga o‘xshab, havo-
dan nafas oladi: kislorod qabul qilib, karbonat angidrid chiqaradi.
Nafas olishda oksidlanish jarayoni ro‘y beradi. Bu jarayonda ekin-
lar organik moddalar to‘plamaydi, aksincha, ularning o‘sishi va
rivojlanishiga sarflanadi. O‘simliklar kecha-kunduz davomida nafas
oladi. O‘simliklar kechasi nafas olayotganida (fotosintez jarayoni


172
bo‘lmaganligi uchun) organik moddalarning sarflanishi eng ko‘p
holatda bo‘ladi. O‘simliklar nafas olishi uchun kislorodni atmo-
sfera va tuproqdan oladi. Òuproq havosi tarkibida ekinlar uchun
zarur  bo‘lgan  bir  qancha  oziq  elementlari:  kislorod,  uglerod,
azot mavjud bo‘ladi. Demak, tuproq havosi ekinlar uchun oziq
moddalari manbasi hisoblanadi. Òuproqda CO
2
 miqdori oshib ketsa,
ekinlar ildizi zaharlanishi mumkin, uning miqdori 5—7 % bo‘lsa,
urug‘ unmaydi, aerob bakteriyalar faoliyati yomonlashadi.
Yorug‘lik.  Ekinlarning  yorug‘likka  bo‘lgan  talabi  yil  fasllari
bilan  bog‘langan.  Ekinlar  ortiqcha  isib  ketmasligi  va  havoning
harorati eng qulay darajada bo‘lishi lozim. Yorug‘lik va harorat-
ning pasayishi ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli yorug‘lik
ta’sirida ekinlarning bo‘yi past bo‘lib qolishi mumkin. Yorug‘lik
o‘simlik  barglariga  qanchalik  to‘g‘ri  tushsa,  uning  yutilishi
shunchalik  ko‘p  bo‘ladi.  Bir  tomonlama  tushgan  yorug‘lik
o‘simlikning  egilishiga  sabab  bo‘ladi.  Bu  esa  uning  tuzilishi  va
hosildorligining  kamayishiga  olib  kelishi  mumkin.  Fotosintez
jarayoni aynan yorug‘lik ta’sirida amalga oshadi.
Ekinlar yorug‘likka bo‘lgan talabiga qarab, uzun kunli va qisqa
kunli  ekinlar  guruhiga  bo‘linadi.  Uzun  kunli  ekinlar  kunduzi
uzun,  kechasi  qisqa  bo‘lgan  sharoitda,  qisqa  kunli  ekinlar  esa
aksincha, kunduzi qisqa, kechasi uzun bo‘lganda tez gullaydi va
hosil beradi. Uzun kun o‘simliklariga bug‘doy, arpa, javdari, suli,
no‘xat,  yasmiq,  karam,  kartoshka,  turp,  sholg‘om,  lavlagi,  ta-
maki,  pomidor,  loviya  va  shu  kabilar  mansubdir.  Qisqa  kunli
o‘simliklarga  tariq,  makkajo‘xori,  jo‘xori,  sholi,  tarvuz,  qovun,
baqlajon, bodring, topinambur, g‘o‘za, choy, olma va shu kabilar
mansubdir.  Ayrim  ekinlarga  kunning  uzun-qisqaligi  ta’sir  qil-
maydi. Masalan, beda va kartoshkaning ayrim  navlari.
Agroekotizimlarga antropogen ta’sirlarning
ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Pestitsidlar
ekinlarni kimyoviy himoya qilish mo‘ljallangan,
u  yoki  bu  zararli  mavjudotlarni  yo‘qotish  uchun  ishlatiladigan
kimyoviy vositalardir. Ular qo‘llanilish obyektlariga ko‘ra, quyi-
dagi guruhlarga bo‘linadi:
Pestitsidlar


173
1. Bakteritsidlar — bakteriyalarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
2. Gerbitsidlar — begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
3. Zootsidlar — kemiruvchilarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
4. Insektitsidlar — hasharotlarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
5. Fungitsidlar — zararkunanda zamburug‘larga qarshi ishla-
tiladigan moddalar.
6. Antigelmintlar — parazit chuvalchanglarga qarshi ishlatila-
digan moddalar.
7. Afitsidlar — o‘simlik shiralariga qarshi ishlatiladigan moddalar.
8. Auksinlar — o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishini boshqaradi-
gan kimyoviy moddalar va h.k.
Shuningdek, kimyoviy vositalar ekinlar urug‘ini dorilashda —
ekishdan  oldin  bakteriya  va  zamburug‘lar  keltirib  chiqaradigan
kasalliklarga  qarshi  kurashda  ham  ishlatiladi.  Ayrim  pestitsidlar
maxsus maqsadlarda ishlatiladi. Masalan, defoliantlar — o‘simlik
barglarini to‘kishda, dessikantlar — o‘simliklarni quritishda, re-
tardantlar — o‘simliklarning o‘sish sur’atini pasaytirishda ishla-
tiladigan kimyoviy moddalardir.
Pestitsidlarning  parchalanish  tezligi  har  xil  bo‘ladi.  Ayrim
pestitsidlarning  parchalanishi  18  oygacha  (xlor  organik  birik-
malar) davom etadi. Ular tuproq florasi va faunasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘g‘itlar — ekinlarning o‘sishi va rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan mineral va organik mod-
dalardir. Ular kelib chiqishi bo‘yicha organik,
mineral va aralash, tarkibiga qarab azotli, kaliyli, fosforli va ara-
lashtirilgan o‘g‘itlar farqlanadi. Ular ekinlar uchun zarur bo‘l-
gan oziq moddalariga ko‘ra, makro- va mikroo‘g‘itlarga bo‘linadi.
O‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanilsa, ya’ni o‘z vaqtida, maromida berilsa,
ekinlar  hosilining  sifati  yaxshilanadi  va  oshadi.  Agar  noto‘g‘ri
foydalanilsa, ya’ni barvaqt yoki kech, yuqori maromlarda berilsa,
hosilga va uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi.
Masalan, maromidan ortiqcha berilgan azotli o‘g‘itlar o‘simlik
mevalarida to‘planib, sifatsiz mahsulot yetishtirilishiga olib keladi
va uni iste’mol qilgan odamlarni zaharlanishga, hatto o‘limga olib
O‘g‘itlardan
foydalanish


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə