Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Organizmlar hayotida suvning tutgan o‘rni



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə24/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Organizmlar hayotida suvning tutgan o‘rni


Suv – organizm hujayrasiga fiziologik zarur bo‘lgan suyuq modda. Agar er usti yoki suv muhitida suv miqdori keskin o‘zgarishga uchrasa yoki kuchli sho‘rlangan muhitda osmotik yo‘l bilan organizmdan suv-ning ajralishi ro‘y bersa, u cheklovchi ekologik omilga aylanishi mum-kin. Quruqlik-havo muhitidagi suvlar (yog‘inlar, namlik va sh.k.) o‘zi-ga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Atmosfera yog‘inlari tabiiy-geografik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, suv bug‘ining muayyan balandlikda kondensatsiyalanishi (suvga aylanishi) tufayli bulutlar paydo bo‘ladi hamda u yoki bu turdagi yog‘inlar, xususan, yilning issiq davrida yomg‘ir, do‘l, shudring, sovuq davrida qor, qirov, bulduruq kabilar yog‘adi. Atmosfera yog‘inlari miq-dori er yuzasida juda notekis taqsimlangan. Masalan, Osiyo qit’asida yiliga 2000 mm dan ziyod (masalan, Hindiston, Bangladesh va sh.k.) va 200 mm dan kam yog‘in yog‘adigan hududlar (masalan, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va sh.k.) mavjud. Biroq organizmlar uchun aynan yog‘inlar miqdori emas, balki ularning yil fasllari bo‘yicha taqsimlanishi eng muhim cheklovchi omil hisoblanadi.
Mo‘‘tadil mintaqada yillik yog‘in miqdori etarli bo‘lishiga qara-may, uning notekis taqsimlanishi natijasida organizmlar qurg‘oqchi-lik va ortiqcha namgarchilik tufayli zararlanishi yoki nobud bo‘lishi mum­kin. Tropik mintaqadagi organizmlar esa quruq va namli mavsum-ni bosh­dan kechiradi.
Havo muhitining namligi, ya’ni atmosfera havosi tarkibidagi suv bug‘ining miqdoriy ko‘rsatkichi nisbiy namlik ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi. Havoning quruq yoki nam ekanligi mutlaq namlikka emas, balki nisbiy namlikka bog‘liq. Agar harorat past bo‘lsa, havodagi suv bug‘i miqdori to‘yinishga ancha yaqin, ya’ni havo namli bo‘ladi. Agar harorat yuqori bo‘lsa, suv bug‘i miqdori to‘yinishdan ancha uzoq, ya’ni havo quruq bo‘ladi. Nisbiy namlik (ma’lum haroratda havo tarkibida mavjud bo‘lgan suv bug‘i bosimining xuddi shu haroratda havoni to‘yintiradigan suv bug‘i bosimiga nisbati) haroratning ta’sirini o‘zgartiradi: ma’lum haroratda namlikning me’yordan pastga tushishi havoning qurituvchi ta’sirini keltirib chiqaradi. Bu ta’sir o‘sim-liklar uchun muhim ekologik ahamiyatga ega.
Ko‘pchilik o‘simliklar ildiz tizimi bilan tuproq­dagi suvni so‘rib oladi. Tuproqning qaqrashi, ya’ni suvsizlanishi suvning so‘rilishini qiyinlashtiradi. Agar ildizning so‘rish kuchi va faol yuzasi katta-lashsa, o‘simlik bu sharoitga moslashadi. Agar o‘simlik o‘z ildizining so‘rish kuchiga muvofiq hajmda suv qabul qilsa, uning ildiz tizimi har tomonlama, masalan, boshoqli o‘tlarning ildizi 1000 sm3 tuproqda 13 km uzunlikda o‘sishi mumkin.
Suv ta’minoti turli xil bo‘lgan sharoitlarda o‘simliklarning il-diz tizimi turlicha rivojlanadi. Ildiz tizimi orqali olingan suv-ning kichik bir qismi fo­tosintez jarayoniga sarflanadi, 0,5 foizi hujayralarga so‘riladi, 97-99 foizi transpiratsiyaga, ya’ni suvning o‘simlik barglari orqali bug‘lanishiga ketadi. Moslashishning asosiy shakli suv bug‘lanishining kamayishi yoki ko‘payishida emas, balki qur-g‘oqchilik davrida o‘simlikning o‘sishdan to‘xtashi hisoblanadi. Aksa-riyat o‘sim­liklarda har bir gramm modda (toza mahsulot) olish uchun 500 gr suv talab etiladi. 100 % nisbiy namlikka ega bo‘lgan tropik o‘rmonlarda o‘zi­dan suv ajratish qobiliyatiga ega bo‘lgan, cho‘l­larda esa, hatto qurg‘oqchilik davrida ham, suv balansi (olingan va sarf­langan suv nisbati) buzilmaydigan ayrim o‘simliklar o‘sadi.
Barcha o‘simliklar suvga munosabati (ehtiyoji) bo‘yicha bir necha eko-logik guruhlarga bo‘linadi (2.15-rasm):
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə