Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


YOrug‘lik va uning organizmlar hayotida tutgan o‘rni



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə22/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

YOrug‘lik va uning organizmlar hayotida tutgan o‘rni


YOrug‘lik, ya’ni energiyaning birlamchi manbai Quyosh radiatsiyasi hi-soblanadi. Quyosh radiatsiyasining 19 foizi atmosferada bulutlar, suv bug‘lari va sh.k. tomonidan yutiladi, 34 foizi koinotga qaytadi, er yuzasiga 47 foizi etib keladi.
YOrug‘lik bo‘lmasa, hayot bo‘lishi mumkin emas. Fotosintez jarayoni-da fiziologik faol radiatsiya deb ataluvchi 380-760 nm to‘lqin uzunligidagi nurlar (ko‘rinadigan yorug‘lik) ishtirok etadi
Fotosintez uchun to‘q sariq-qizil (600-700 nm) va binafsha-zangori (400-500 nm) nurlar eng ko‘p, yashil-sariq (500-600 nm) nurlar esa eng kam ahamiyat kasb etadi. Aynan sariq-yashil nurlar xlorofill moddali o‘sim­liklarga yashil rang beradi (2.13-rasm).
YOrug‘lik nafaqat energiya manbasi, balki organizmlarning mosla-shishi va biotaga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi muhim ekologik omildir.
Ko‘rinadigan yorug‘lik (er yuzasiga etib kelgan quyosh radiatsiyasi-ning 43 foizi) va fiziologik faol radiatsiya doirasi­dan tashqarida infraqizil va ultrabinafsha nurlanish bo‘ladi. Quyosh radiatsiyasi-ning 9 foizini ultrabinafsha va rentgen, qariyb 48 foizini infra-qizil nurlanish tashkil etadi. Ultrabinafsha nurlanish eng katta energiya va foto­kimyoviy ta’sirga ega bo‘lib, tirik organizmlar unga juda sezgir bo‘ladi. Infraqizil nurlanish esa kichik energiyaga ega bo‘lib, suvda engil yutiladi, ba’zi organizmlar undan tana harorati-ni ko‘tarishda foydalanadi.



Tirik organizmlar uchun yorug‘lik jadalligi, ya’ni nur oqimi yoki kuchi muhim ahamiyatga ega. Barcha o‘simliklar yorug‘likka munosabati bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi (2.14-rasm):

  • geliofitlaryorug‘sevar o‘simliklar;

  • ssiofitlarsoyasevar o‘simliklar;

  • soyaga chidamlilar salqinsevar o‘sim­liklar.

YOrqin quyosh nuri yorug‘sevar o‘simliklar (masalan, tilog‘och, qayin, tog‘terak g‘o‘za, tok, anjir, anor, xurmo, boshoqli g‘alla o‘simliklari, yaylov o‘tlari va sh.k.) uchun, kuchsiz yoritilganlik soyasevar o‘simliklar (masalan, shumtol, eman, qayrag‘och mox, yovvoyi xina, tog‘gunafsha, tayga qarag‘ayzori, o‘rmon-dasht dubzorlari, tropik o‘rmonlar) uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Oftobsevar o‘simliklarning soyaga, soya-sevar o‘simliklarning oftobga toqati bo‘lmaydi. Soyaga chidamli – sal-

qinsevarlar o‘simliklar yorug‘likka chidamlilikning keng ko‘lamiga ega bo‘lib, ham oftobda, ham soyada rivojlanishi mumkin (masalan, qara-g‘ay, jo‘ka qo‘ng‘irbosh, oq so‘xta, qulupnay, arg‘uvon, shumurt va sh.k.).


YOrug‘lik signallari organizmlar adaptatsiyasini tartibga soladi. Organizmlarning vaqt mobaynidagi faolligini tartibga so­luvchi eng ishonchli signallardan biri kun uzunligi fotodavr (sutka davomi-da kunduzgi yoritilish – yorug‘ vaqt davomiyligi) hi­soblanadi. Boshqa-cha aytganda, fotodavr – organizmlarda fiziologik jarayonlar ketma-ketligini belgilovchi «ishga solish tartibi» yoki «vaqt relesi»dir.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə