Issiqxona effekti



Yüklə 20,6 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü20,6 Kb.
#129695
  1   2   3
issiqxona effekti


Aim.uz

Issiqxona effekti
Hozirgi vaqtda atmosfera tarkibida tirik organizmlar uchun zararli gazlarning uchrash hollari ko’paymoqda. Sanoat, transport, energetika va boshqa ishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar katta-katta tumanlar, bir necha minglab kilometrli hududlar havosining ifloslanishiga olib kelmoqda. BMT ning ma’lumotlariga ko’ra insoniyat paydo bo’lganidan to shu vaqtgacha 80-85 milliard tonna turli yoqilg’i yoqilgan. SHuning yarmi keyingi 25 yilga to’g’ri keladi. Faqatgina ko’mirning o’zi yiliga 2 milliard tonna yoqiladi. Hozirgi kunda atmosfera turli xil yoqilg’ilarning yonishi tabiiy gaz yonuvchan slanes torf, yog’och, o’rmonlarning yonishi va vulqonlar otilishi natijasida 15 milliard tonna turli gaz va changlar qo’shilmoqda. Akademik A.P.Vinogradovning ta’kidlashicha, 2200-yillarda atmosferadagi karbonat angidrid miqdori hozirgiga nisbatan 20% ga oshadi. Fan va texnika inqilobining boshlanishidan oldin atmosferadagi karbonat angidrid miqdori uzoq vaqtgacha bir me’yorda edi. CHunki o’simlik fotosintez yo’li bilan atmosferadan 110 milliard tonna yoki 5% karbonat angidridni yutar edi. Buning o’rnini esa moddalarning chirishi, yoqilg’ining yonishi va yong’inlardan chiqqan gazlar egallar edi. Hozirgi vaqtda turli tashqi kuchlar ta’sirida biosfera sekin-asta o’zgarib bormoqda. CHunki inson hayotiy faoliyati natijasida kundan — kunga ko’payib borayotgan SO2 gazni o’simlik va okeandagi fitoplanktonlardan yutib ulgura olmayotir. yer sirtiga yuqoridan uzatilayotgan infraqizil nurlanishning katta qismi atmosferada suv bug’lari, karbonat angidrid va boshqa tabiiy “issiqxona gazlari” tamonidan yutiladi. Bu gazlar energiyani to’g’ridan–to’g’ri yer sirtiga utishiga imkon bermaydi. Atmosferada ko’plab o’zaro ta’sirlashuvchi jarayonlar (shudring, qirov, tuman, havo oqimlari, bug’lanish, bulutlar hosil bo’lishi, yomg’ir yog’ishi) sodir buladi. Biz hozirgi kunda, nisbatan sekin bo’lsada ana shunday o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqdamiz.
Biz atmosfera tarkibidagi gazlar muvozanatini o’zgartirdik va bunda davom etmoqdamiz. Bu fikr ayniqsa asosiy “issiqxona gazlari”- karbonat angidrid (SO2), metan (SN4) va azot oksidi (N2O) uchun to’g’ridir. Suv bug’lari eng muhim issiqxona gazlari hisoblanadi, lekin inson faoliyati unga to’g’ridan - to’g’ri ta’sir kursatmaydi. Bugungi kunda atmosferada karbonat angidrid va boshqa zaharli gazlarning ortishi jonli organizmlar uchun har tamonlama salbiy ta’sir ko’rsatadi. A. R. Vinogradov ma’lumotiga asosan atmosferada 2330 mlrd tonna karbonat angidrid gaz mavjudligi ta’kidlangan. Agar yer atmosferasidagi karbonat angidrid gazi miqdori ortib ketsa, kislorod miqdori 5% ga kamaysa tirik organizmning nafas olishi qiyinlashadi. Agar havodagi karbonat argidrid me’yoriga kelmasa yer yuzasining harorati 1,5 — 4,5º S ga ortish mumkin. Natijada Iqlimning o’zgarishi ayniqsa “CHo’llanish” jarayonlari kuchayishi kuzatiladi;
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə