Issiqxona effekti


Yog’ingarchiliklar o’zgaradi



Yüklə 20,6 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü20,6 Kb.
#129695
1   2   3
issiqxona effekti

Yog’ingarchiliklar o’zgaradi;

  • Dengiz va okeanlar sathining toshishi;

  • Muzliklarning erishi va kamayishi hayot uchun salbiy hodisalar kuzatiladi.

  • Atmosfera havosida tumanlar, uglerod-fotokimyoviy reaksiya mahsulotlari azot va oltingugurt oksidlarining bo’lishi tiriklikning nafas olish organlarida kasallik paydo bo’ladi.

    Muammo shundan iboratki, inson faoliyati Atmosferadagi dimiqishni qalinlashtirmokda. Masalan, biz ko’mir, neft va tabiiy gaz yoqamiz, juda katta miqdordagi karbonat angidridni havoga chiqaramiz. Biz urmonlarni yoqayotganimizda daraxtlar tanasidagi uglerod atmosferaga chiqadi. Inson faoliyatining boshka turlari, jumladan chorvachilik va sholi ustirish metan, azot oksidi va boshqa issiqxona gazlarining ajralishini ko’chaytiradi. Agar chiqindilar hozirgidek sur’atda davom etadigan bo’lsa, XXI-asr davomida atmosferadagi karbonat angidrid miqdori sanoatlashishgacha bo’lgan davrga nisbatan ikki marta ortishi mumkin. Ko’pchilik olimlarning fikricha, ehtimol, kelgusi 100 yil davomida «global isish» 1,4o -5,8o C qiymatlardan kuzatilishi mumkin. Bu qiymatlar sanoatlashish davrigacha, ya’ni 1850 yilgacha sel’siy haroratining 0,5ºC ga ko’tarilganiga qo’shimchadir. Bu qiymatning ma’lum qismi ham o’tmishda atmosferaga chiqarilgan issiqxona gazlari tufayli bo’lishi mumkin. Bugungi kunda insoniyat uchun eng og’ir global muammo isish havfidir.
    Global isish muammosi yoki issiqxona effektiga asosiy sabab, atmosferaga har xil gazlarining ko’p chiqarilishi yoki antropogen oqibatlar ta’siridir. sivilizatsiya natijasida sanoat va texnika rivojlandi, avtomobillar soni keskin ko’paydi, o’rmonlar, o’tloqlar kamayishi tufayli atmosferada SO2 gazi miqdori oshdi.
    Sanoat chiqindilari qayta ishlanmasligi ham atmosferaga chiqadigan SO2 gazining oshib ketishiga sabab bo’lmokda. Demak, u yoki bu tarzda hosil bo’lgan karbonat angedrid va boshqa zararli gazlar havoga tarqaladi, ularning ko’zga ko’rinmaydigan zarrachalarini g’ira — shira pardalar hosil qilib, havoda muallaq suzib turadi. Issiqlik effektining asosiy manbai suv bug’i (u yer Atmosferasida 0,3 % bo’lsa, issiqlik effekti natijasida 70% ga yetadi) va ayerozol hisoblanadi. Biz har yili 6000 km3 (6▪1012t) suv sarflaymiz, shundan asosiy qismi qaytmaydi. Atmosferaga suv bug’lariga ko’p tashlanishiga yana bir sabab, issiqlik — energiya kompleksi bilan bog’likdir. Eng ekologik toza hisoblangan gaz yonishi orqali havoda kislorod bilan reaksiyaga kirishadi.Reaksiyada ishtirok etgan moddalarni hisoblasak, 1 kg tabiiy gaz yonishidan 2,75 kg karbonat angidrid hosil bo’ladi. Bir yilda dunyoda o’rtacha 2,2 trln. m3 tabiiy gaz va 3,5 mlrd. tonna neft maxsulotlari yonadi. Ularning yonishidan atmosferaga 12 mlrd. tonna suv, isigan havo bug’i bir necha ming kub kilometr balandlikka tarqaladi. Mana shu vaziyatlar orqali biz atmosferada issiqlik effektini o’z qulimiz bilan hosil qilamiz. Neft maxsulotlari yonganda atmosferaga SO2 ga qaraganda 10 ming marta og’ir zarrachalar uchib chiqadi.
    Ayni kunda atmosfera tarkibidagi kislorod muammosi ham dolzarb bo’lib, undagi kislorod miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Masalan, AQSH ning sanoat, transport, aholi va hayvonot dunyosi iste’mol etayotgan kislorod o’rnini shu mamlakat hududidagi o’simliklar ishlab chiqarayotgan kislorod qoplamayotir. SHuning uchun, AQSH toza havo olishda boshqa davlatlar hisobiga yashamoqda. Atmosfera turli yo’llar bilan ifloslanadi. Ifloslanish sabablarini aniqlash va uning oldini olish katta amaliy ahamiyatga ega va zarurdir. J. Detri atmosfera ifloslanishi sabablarini to’rt guruhga bo’lishni taklif etgan. • Tabiiy yo’l bilan ifloslanish (mineral, o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar ta’sirida); • Sanoat tarmoqlari transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan yoqilg’ilar orqali ifloslanish; • Sanoat chiqindilari orqali ifloslanish; • Sanoat chiqindilari va maishiy-xo’jalik chiqindilarini yoqish orqali ifloslanish; Rus olimlari N.A.Gladkov va boshqalar 1975-yilda atmosfera ifloslanishining asosan ikki guruhga bo’lib o’rganilishini taklif etadi. yer yuzasining turli mintaqalarida vulqonlar otilishidan chiqqan kul va gazlar, o’rmon, dashtlardagi yong’inlar turli tuz zarralari bilan to’yingan tumanlar, tuproq changlari va mayda qumlar, mikroorganizmlar, hayvon chiqindilari va kosmos changlari atmosferaning tabiiy yo’l bilan ifloslanishida asosiy rol’ o’ynaydi. Bu komponentlar atmosfera tarkibida me’yordan ortiq bo’lsa, katta halokatlar ro’y berishi mumkin.
    Ammo transport, sanoat va boshqalarning chiqindilari tabiiy yo’l bilan ifloslanishiga qaraganda anchagina xavflidir. Sanoat obektlari va issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg’ilarning to’liq yonmasligi oqibatida yuz minglab trubalardan turli miqdorda zaharli gazlar havoga chiqib, ba’zilari esa yer yuzasiga tushganda, boshqalari atmosfera qatlamlarida uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Sanoat tarmoqlari havoga turli zaharli modda va gazlar chiqarish bilan bir qatorda atmosferadan juda katta miqdorda kislorod yutadi, masalan, bir tonna cho’yanni rudadan ajratib olish uchun 150 m3, bir tonna po’lat olish uchun 35-70 m3, bir tonna ammiak olish uchun 500 m3 va bir tonna atsetilen olish uchun 3600 m3 kislorod ketadi. Po’lat eritib olish uchun kislorodga bo’lgan talab keyingi yillarda 2,6 marta, domna pechlarida 4,2 marta oshdi. Umuman sanoat tarmoqlarida kisloroddan foydalanish keyingi besh yil ichida besh baravarga oshdi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, har yili bizning respublikamizning atmosfera havosiga to’rt million tonnaga yaqin zararli moddalar qo’shilmoqda. SHundan 50% i uglerod oksidi, 15% i uglevodorod chiqindilari, 14% i oltingugurt oksidi, 9% i azot oksidi, 8% i qattiq moddalar va 4% ga yaqini o’ziga xos o’tkir zaharli moddalardir. Respublikada havoni bulg’ayotgan 3500 doimiy manba bo’lib, ularning yarmiga yaqini chang va turli xil zararli gazlarni tutib qoluvchi va tozalovchi moslamaga ega. Bu moslamalarning 4,1 qismi samaradorligi juda past. Atrof-muhitning me’yoridan ortiqcha ifloslanishi, ayniqsa, yirik shaharlarga xos. O’zbekiston Respublikasida Olmaliq, Farg’ona, Bekobod, Andijon, Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosferasi eng ko’p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi.

    Yüklə 20,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə