O’pkada gazlar almashinuvi va diffuziyasi



Yüklə 70,52 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü70,52 Kb.
#139022
  1   2   3   4   5
O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI VA DIFFUZIYASI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI VA DIFFUZIYASI.

MUNDARİJA:


KIRISH


  1. NAFAS OLISHGA UMUMIY XARAKTERISTIKA.

  2. NAFAS OLISH EVOLYUSIYASI, UMUMRTQASIZLAR VA UMURTQALILARDA NAFAS OLISH.

  3. TASHQI NAFAS OLISH.

  4. O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI.

  5. QON ORQALI GAZLAR TRANSPORTI.

  6. TO’QIMALARDA GAZLAR ALMASHINUVI.

  7. NAFAS OLISHNING BOSHQARILISHI.

  8. HAR XIL SHAROITLARDA NAFAS OLISH.

XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH

Har qanday tirik organizmning yashashi uchun makroergik moddalarning (masalan, ATF) fermentativ parchalanishi tufayli sodir bo’ladigan energiya zarur. Bunday energiya manba'larining qayta tiklanishi esa oziq moddalarning murakkab yo’l bilan utilizatsiya qilinishi bilan amalga oshriladi. Bu jarayonning (utilizatsiyaning) nihoyasiga yetishishi esa biologik oksidlanish yo’li bilan amalga oshiriladi.



C6 H12 O6 + 6 O2 ▬► 6 Co2 + 6 H2O + energiya.

Tirik organizmning O2 - ni olishi va CO2 ajratib chiqarishi nafas olish deyiladi.


Biologik oksidlanish mitoxondriyalardagi mavjud fermentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mana shu fermentlarning O2 bilanta'minlanishi umuman nafas olishning mohiyatini tashkil qiladi. Bu holat tashqi muhit bilan to’qimalar orasida gazlar almashinuvidan iborat, u ikki jarayondan to’g’ridan-to’g’ri gazlar almashinuvi yoki diffuziya va konveksiyadan iborat. Diffuziya protsial bosim asosida moddalar, ayni mahalda gaz almashinuvi. U ko’pincha mikroskopik organizmlarda kuzatiladi. Bu holat gazlar almashina- digan oraliq 0,5 mm dan oshmaganida kuzatiladi (Avgust Krog, XX asr). Bundan keng oraliqda gaz almashinuvi konveksiya (suyuqlik yoki gazlar aralashmasi vositasida) tufayli amalga oshiriladi. Shuning uchun mikro- organizmlarda gazlar almashinuvi asosan konveksiya yo’li bilan boradi.
Yer sharining atmosferasi bundan 2 mld yil burun dokembrya davrida yuzaga kelgan fotosintez qiladigan organizmlar yuzaga kelishi tufayli O2 bilan ta'minlanadi va haqiqiy nafas olish shundan keyin boshlanadi. Shungacha mavjud bo’lgan organizmlarda energiya ajralishi anaerob sha- roitda o’tgan. Lekin aerob sharoitda energiya ajralishi ancha tejamli energiya ajralishi bo’lib hisoblanadi, masalan 2 mol glyukoza aerob sharoitda 2880 kJ anaerob sharoitda esa 210 kJ energiya beradi.
Umurtqasizlarda nafas olish. Suvda yashovchi umumrtqasizlar erigan O2-ni diffuziya yo’li bilan oladi va CO2 beradi (bir hujayralilar, bulutlar, yassi chuvalchanglar), ya'ni ularda maxsus nafas olish a'zolari yo’q. Ignata- nalilarga o’tib konveksiya yo’li bilan gazlar almashinuvi paydo bo’ladi. Qon va qon aylanishning hosil bo’lishi (dastlab nomertenlarda) ximiyaviy yo’l bilan gaz tashuvchi gemoglobinni paydo qiladi. Dastlabki atmosfera havosi bilan nafas oluvchi hayvonlar silurit davrida (440 mln yil burun dastlabki umurtqalilar hosil bo’lishi) yuzaga keladi. Havodagi O2ning to’qimalarga diffuziya qilinishi suvdagiga qaraganda 300000 marta kuchliroqdir. Atmosfera havosidan nafas oladigan dastlabki umurtqasiz hayvon xalqali.Chuvalchanglardir, lekin ularda alohida nafas olish organi bo’lmasdan gaz almashinuvi qon tomirlariga boy nam terisi orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki nafas olish organi primitiv jabralar qorinoyoqli molyuskalarda paydo bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilarga kelib turli xil nafas olish kuzatiladi (suvda, quruqlikda yashovchilarda), ayniqsa ularning hashoratlar sinfida maxsus nafas olish organi traxeyalar bilan nafas olish paydo bo’ladi. Traxeyali nafas olishda gazlar diffuziyasiga sababchi to’qima va atmosferadagi aynan shu gazlarning parsial bosimi sababchi bo’ladi. Traxeyada nafas olish hashoratlarning turli sharoitlarga moslashishiga sabab bo’ladi.
Umurtqalilarda nafas olish. Ularda maxsus respiratorlar bo’lib (ba'zi amfibiyalardan tashqari), asosiy holat gazli aralashma bilan qon orasidagi dinamik kontakt bilan xarakterlanadi. Bunday kontakt respirator organlar orqali suv yoki havoni haydash bilan amalga oshiriladi.
Suvda jabra bilan nafas oluvchilarda O2 ning ajratib olinishi aksi oqim bo’ladi, ya'ni suv oqimiga jabradagi qon oqimi teskari holatda bo’ladi. Bu hayvonlarda nafas olishining regulyar holda bo’lib turishi uzunchoq miyadagi nafas olish markazining borligidir.

1.


Yüklə 70,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə