Ekologiyaning rivojlanish tarixi


Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi



Yüklə 6,52 Mb.
səhifə2/12
tarix21.01.2023
ölçüsü6,52 Mb.
#98950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ekologiyaning rivojlanish tarixi

Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

Ekologiya biologik fan. U «organizm-muhit» tizimida organizmlarni belgilovchi elementlarni tashkil etuvchilardan biridir. Shu bilan bir qatorda bu ma‘lum ma‘noda muhitga bog’liq bo’lgan «kuchsiz» elementdir. Organizmlar uchun muhitning «ob-havosi» muhim ahamiyatga ega, biroq o’z o’rnida «tabiatda noqulay ob-havoning o’zi yo’q». Shunga qaramasdan, yashash muhitining yomonlashishi muhitga nisbatan befarq munosabatda bo’lganda organizmlarga salbiy ta‘sir etadi. Muhit yomonlashishni qabul qilmaydi, ularni faqat organizmlargina qabul qiladi. Shuning uchun ham ekologiya o’z ishi faoliyati davomida zoologiya, botanika, mikrobiologiya, fiziologiya, genetika, biokimyo, evolyutsion biologiya, geologiya, poleontologiya va boshqa fanlarning ma‘lumotlari va uslublariga tayangan holda ish ko’radi. Bu fanlardan ekologiya ko’pgina izlanish uslublarini va qisman asosiy tushuncha va atamalarni qabul qilgan.

Boshqa jihatdan biz «muhit» deb tushunayotgan element geologiya, geokimyo, geofizika, tabiiy geografiya, gidrologiya, tuproqshunoslik va Yer to’g’risidagi boshqa fanlarning asosiy o’rganish manbaidir. Shunday qilib ekologiyani biologiya va Yer to’g’risidagi fanlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan, deb qarash mumkin.

Boshqa jihatdan biz «muhit» deb tushunayotgan element geologiya, geokimyo, geofizika, tabiiy geografiya, gidrologiya, tuproqshunoslik va Yer to’g’risidagi boshqa fanlarning asosiy o’rganish manbaidir. Shunday qilib ekologiyani biologiya va Yer to’g’risidagi fanlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan, deb qarash mumkin.

Lekin ekologiya va atrof muhit himoyasi vazifalari ko’p hollarda injenerlik va texnologik usullar bilan hal etiladi (chiqindilarni qayta ishlash, kommunal va sanoat oqimlarini tozalash, energiyaning noan‘anaviy usullardan foydalanish va boshqalar). Shuning uchun ham ekologiya ayniqsa, uning tarmog’i hisoblangan amaliy ekologiya, texnik va texnologik fanlar bilan uzviy bog’langan.

Hozirgi davrda ayniqsa, antropogen (inson) omil yaqqol sezilmoqda. Shuning uchun ekologik o’rganishning zarur yunalishlaridan biri-jamiyat va tabiiy tizimlar orasidagi munosabatni o’rganishdan iborat.


Yüklə 6,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə