Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə21/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

startyor akkumulator batareyasi deb yuritiladi.
Avtomobillarga o‘rnatiladigan startyor akkumulatorlar batareyasi quyidagi talablarga javob berishi 
kerak:

ichki qarshiligi imkon darajasida kichik bo‘lishi; 


o‘lchamlari va massasi imkon boricha kichik bo‘lgan holdayetarli quvvat va energiyaga ega 


bo‘lishi;

generator ishlamaganda yoki avariyali vaziyatda iste’molchilarni tok bilan ta’minlash uchun 

zarur energiya zaxirasiga ( rezerv sig‘im) ega bo‘lishi;



atrof muhitning harorati past bo‘lganda startyorni ishonchli ishlashi uchun zarur kuchlanishni 

belgilangan chegaralarda saqlashi (sovuq aylantirish toki);



atrof muhit harorati baland bo‘lgan (70

0
C gacha ) hollarda uzoq muddat davomida ishlash 


qobiliya saqlashi;

dvigatel ishlab turganda, dvigatelni ishga tushirish va boshqa iste’molchilarni ta’minlash uchun 

sarflangan sig‘imini tiklash uchun generatordan zaryad qabul qila olishi (zaryad qabul qilish qobiliyati) ;



texnik xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishi; 


ishlatilish sharoitlariga mos keladigan mexanik mustahkamlikga ega bo‘lishi; 



ishlatish jarayonida uzoq muddat davomida belgilangan ishchi tavsifnomalarini saqlashi (ishlash 

muddati);



o‘z-o‘zidan razryadlanish darajasi kichik bo‘lishi; 


narxi past bo‘lishi. 


Yuqorida keltirilgan talablarga ko‘p jihatdan qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar javob beradi.
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulator elementining elektr yurituvchi kuchi (EYUK) 2 V ga teng bo‘lib, 12 V 
kuchlanishga ega bo‘lgan akkumulator batareyasini hosil qilish uchun oltita akkumulator elementi ketma-ket
2.
2

Tom Denton. Automobile Electrical and Electronic Systems. Linacre House, Jordan Hill, Oxford OX2 8DP 


200 Wheeler Road, Burlington, Third edition, 2012 y., 110-127 p.





22


ulanadi. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulator batareyalarining ichki qarshiligi nisbatan kichik bo‘lganligi
sababli, ularga startyor ulanganda akkumulatordagi kuchlanishning pasayishi kam bo‘ladi. Bu turdagi
batareyalarga xizmat ko‘rsatish qulay, ularni razryadlanganlik darajasini aniqlashning oddiy usullari mavjud.
Qo‘rg‘oshin – kislotali akkumulatorlar, ularda ishlatiladigan xom ashyoning narxi nisbatan pastligi, ishlab – 
chiqarish jarayonini yuqori darajada avtomatlashtirilganligi sababli eng ommaviy va arzon kimyoviy tok
manbai hisoblanadi. 
Shuning uchun, qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarning bir qator kamchiliklari bo‘lishiga
qaramasdan (mexanik mustahkamligi uncha katta emas, xizmat muddati nisbatan kichik va hokazo) 
avtomobillarda juda keng ko‘lamda ishlatiladi, chunki ularning tavsifnomalari startyor rejimiga eng to‘la
mos keladi. 
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorlardan tashqari, ba’zi hollarda ishqorli batareyalar (nikel-kadmiyli,
nikel-temirli, kumush-ruxli va hokazo) ham ishlatiladi. Ishqorli akkumulyatorlarning ishonchlilik darajasi va 
xizmat muddati qo‘rg‘oshin-kislotali AKB larga nisbatan bir muncha yuqori. Lekin, ularning EYUK si
20...25 % ga kam (har bir bankaga 1,2 V), f.i.k. past, 1.5 marta og‘ir, narxi 2...3 barobar yuqori va eng 
muhimi, ularning ichki qarshiligi ancha yuqori. Ishqorli AKB larda elektrolit sifatida KON ning distillangan
suvdagi 35 % li eritmasi ishlatiladi. 
Ishqorli akkumulyatorlarda razryadlik darajasi to‘g‘ridan to‘g‘ri elektrolit zichligiga bog‘liq emas va
bu akkumulyatorni holatini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, ularni ishlatish ancha 
murakkab, chunki katta hajmdagi texnik xizmat ko‘rsatishni, hamda nazorat ishlarini rejalashtirishni talab
qiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə