Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


a- an’anaviy to‘g‘ri burchakli setkali; b,c



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə23/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

a- an’anaviy to‘g‘ri burchakli setkali; b,c-dioganal

qovurg‘ali setkali (b-tayanch oyoqchasiz; c-oyoqchali); 

d- dioganal qovurg‘ali, quloqchalari o‘rtaga surilgan

setkali; e- to‘rsimon teshilgan va cho‘zilgan; 

1- 

quloqcha; 

2-ramka; 

3-oyoqcha; 

4-vertikal 

qovurg‘alar; 5- dioganal qovurg‘alar; 6-gorizantal 

paychalar.



24


panjaraning ishchi yuzasi ancha katta bo‘lib, aktiv moddani yaxshiroq ushlaydi, panjaraga korroziya ta’sirini
kamaytiradi va batareyaning ishlash muddatini oshiradi.
Plastina panjarasi g‘ovak aktiv modda (pasta) bilan to‘ldiriladi. Pastaning asosini sulfat kislotaning 

suvdagi eritmasi aralashtirilgan qo‘rg‘oshin poroshogi tashkil qiladi. Aktiv moddaning mustahkamlash


maqsadida pastaga polipropilen tolalar qo‘shiladi. Manfiy plastina aktiv moddasini zichlashib ketishini oldini 
olish maqsadida bu elektrod pastasiga kengaytiruvchi elementlar [(bariy sulfati BaSO
4
(~44%), lignosulfat 

Na (~28%), kuya (~ 28%) ] qo‘shiladi.


Xamirsimon pastani plastina panjaralariga suriladi, presslanadi va quritiladi. So‘ngra akkumulator 

plastinalariga sulfat kislotaning distillangan suvdagi kuchsiz eritmasida (~ 1,05 g/sm


3
) kichik tok bilan 

elektrokimyoviy ishlov beriladi. Bu jarayon plastinalarni shakllanishi (formirovka) deb nom olgan.


SHakllanish natijasida musbat plastinada to‘q jigar rang qo‘rg‘oshin ikki oksidi (PbO


2

), manfiy
plastinada to‘q kulrang g‘ovak qo‘rg‘oshin (Pb) hosil bo‘ladi. SHakllanishdan keyin plastinalardagi aktiv 
modda yuqori g‘ovaklikka ega bo‘ladi. G‘ovak moddaning aktiv yuzasi (elektrolit bilan bevosita
ta’sirlanadigan yuza) plastinaning geometrik yuzasiga nisbatan yuz barobardan ortiq bo‘ladi. Bu elektrolitni 
plastinaning ichki qatlamlariga bemalol o‘tishini ta’minlaydi va aktiv moddadan foydalanish koeffitsientini
oshiradi. 
SHakllanish jarayonidan keyin plastinalar quritiladi va havo tarkibidagi kislorod ta’sirida oksidlanadi. 

Bu usulda tayyorlangan akkumulatorlar “quruq razryadlangan” deb ataladi va ishga tushirishdan oldin ularni


zaryad qilish kerak bo‘ladi. “Quruq zaryadlangan” akkumulatorlarni tayyorlash uchun plastinalar o‘ta 
qizdirilgan bug‘ yordamida, ya’ni kislorodsiz sharoitda quritiladi.
Tayyor plastinalar baretka yordamida manfiy va musbat yarim bloklarga birlashtiriladi. Baretka-born 

va plastinalarning quloqchalari kavsharlanadigan ko‘prikchadan tashkil topgan. YArim blokdagi parallel


ulangan plastinalar soni, akkumulator batareyasining nominal sig‘imini belgilaydi, ya’ni plastinalar soni 
ortishi bilan sig‘im ham ortadi. Musbat plastinalar odatda manfiy plastinalardan qalinroq bo‘ladi. Standart
avtomobil akkumulatorlarida musbat plastinalarning qalinligi 1,52 mm, manfiy plastinalar esa 1,4 mm ni 
tashkil qiladi. Quvvati katta bo‘lgan akkumulatorlarda plastinalarning qalinligi 6,35 mm gacha bo‘lishi
mumkin.
Avval akkumulatorlar blokidagi manfiy plastinalar soni musbat plastinalarga nisbatan bitta ko‘p bo‘lar 

edi. Hozir bu an’ana o‘zgarib, endi musbat plastina bitta ortiqcha tayyorlanmoqda, chunki bunday tuzilishga


ega bo‘lgan akkumulator, o‘lchamlari o‘zgarmagan holda, kattaroq tok berishi mumkin. 
Har xil qutbli plastinalarning o‘zaro qisqa tutashuvini oldini olish maqsadida ularning orasiga
separatorlar o‘rnatiladi. Bundan tashqari separatorlar plastinalar orasidagi tirqishni o‘zgarmas holda saqlaydi, 
ularni silkinish va titrash (vibratsiya) natijasida surilib ketishini istesno qiladi.
Separatorlarning sifati akkumulatorni samarali ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Batareyaning ichki 

qarshiligi va elektrstartyor qisqichlaridagi kuchlanish qiymati bevosita separatorlarning qarshiligiga bog‘liq.


Separatorlar musbat plastinadagi aktiv moddani to‘kilishini kamaytiradi, manfiy plastinani sulfatlanish 
tezligini sekinlashtiradi, batareyani ishlash muddatini oshiradi.
Separatorlar yuqori g‘ovaklik, yetarli mexanik mustahkamlik, kislotaga chidamlilik, yaxshi izolyatsiya 
va elastiklik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Ommaviy ravishda tayyorlanadigan avtomobil batareyalari
uchun xomashyoni arzonligi va bemalol olish mumkinligi, hamda tayyorlanish texnologiyasining soddaligi
muhim ahamiyatga ega.
Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulatorda 
separator tayyorlash uchun mikrog‘ovakli
plastmassa (miplast, porovinil, plastipor, 
vinipor), mikrog‘ovakli ebonit (mipor),
shisha paxta kabi materiallar ishlatiladi. 
Mipordan tayyorlangan separatorlar o‘zining
o‘ta g‘ovakligi, elektr qarshiligi kamligi 
bilan boshqa materiallardan tayyorlangan
separatorlardan ustin turadi va batareyani 
ishlash muddatini oshirish imkonini beradi.
Mipor

tabiiy
kauchuk, 


silikagel
va

oltingugurtning aralashmasini vulkanizatsiya


qilish

yo‘li
bilan

olinadi.
Mipordan 
tayyorlangan
separatorlarning 
mo‘rtligi,
elektrolitning sekin singishi, xomashyoning 
kamyob va qimmatligi asosiy kamchiligi
3.3-rasm. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarning 
separatorlari:

a- miplastdan tayyorlangan separator; b-polietelendan 

tayyorlangan separator-konvert




25


hisoblanadi.
Miplast polixlorvinil yelimini (smolasini) qizdirib biriktirish yo‘li bilan olinadi. Miplast 

separatorlarining tayyorlash texnologiyasi ancha sodda, xomashyo ham kamyob emas. Miplast separatorlar


elektrolitni o‘ziga juda tez singdiradi, mexanik mustahkamligi, kimyoviy chidamliligiyetarli darajada. Lekin 
miplast separatorlarning g‘ovakligi nisbatan past. G‘ovaklarning diametri katta bo‘lganligi uchun ularda tok
o‘tkazuvchi o‘simtalarni hosil bo‘lish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi. Shuning uchun miplast separatorli 
akkumulatorlarning ishlash muddati bir muncha kamroq bo‘ladi. Separatorlar yupqa (1...2 mm) to‘rtburchakli
plastina ko‘rinishida bo‘lib (3.3-rasm), elektrolit o‘tishiniyengillatish uchun musbat plastinaga qaratilgan 
tomoni trapetsiyasimon, yumoloq yoki tuxumsimon vertikal qovurg‘ali qilib tayyorlanadi. Balandligi uncha
katta bo‘lmagan (0,15...,2 mm) va manfiy plastina tomonga qaratilgan qovurg‘alar separatorlarni “o‘sib” 
ketish ehtimolini kamaytiradi, manfiy plastina oldidagi elektrolitda diffuziya va konvektsiya uchun
sharoitlarni yaxshilaydi. Separatorlar plastinalarga nisbatan eniga 3…5 mm, bo‘yiga 9...10 mm ga kattaroq 
bo‘ladi. Bu plastinalar orasida tok o‘tkazuvchi o‘simtalar hosil bo‘lishini kamaytiradi. Ba’zida, og‘ir
sharoitda ishlaydigan avtomobillar uchun qo‘sh separatorli akkumulatorlar o‘rnatiladi. Qo‘sh separatorlarda 
mipor yoki miplastdan tayyorlangan separatorlarning musbat plastinaga qaragan tomoniga shisha paxtadan
tayyorlangan yupqa namat joylashtiriladi. SHisha namat musbat plastinaga yopishib turadi va uning aktiv 
massasini tebranish, titrash ta’sirida sirg‘alib to‘kilib ketishidan ancha saqlaydi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə