O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
ELEKTR ENERGETIKASI OBYEKTLARIDA XODIMLAR BILAN ISHLASHNI
TASHKIL ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
muvofiq
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni
tashkil etish qoidalari
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin:
elektr energetikasi obyektlari tarkibiga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlardan
foydalanuvchi va ularni nazorat qiluvchi tashkilot xodimlari,
shuningdek, elektr energetikasi
obyektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar
bilan ishlash tartibini belgilash;
tashkilotning
barcha xodimlarini, shu jumladan, rahbar xodimlarini o‘z
kasbi va ish turi
bo‘yicha belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
o‘qitish, ularga yo‘l-yo‘riq berish va ularning texnik ekspluatatsiya qilish, mehnatni muhofaza qilish,
sanoat va yong‘in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha
bilimlarini sinovdan o‘tkazish;
zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlarning
ishga layoqatliligini aniqlash va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida
ularni dastlabki va
davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish,
aniqlangan
qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish,
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun choralar ko‘rish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan
birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir
oy muddatda ushbu qarorga
muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — energetika
vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.