Elektr yurituvchi kuch va uning ahamiyati



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə13/22
tarix30.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#166394
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Elektr yuritu

2.2--§. EYUK ni о`lchash

Galvaniq elementlarning yurituvchi kuchi kompensatsion usulda aniqlanadi. Bu usul sxemasi quyidagilardan iborat: Akkumlyator simlar orqali qarshilik kо`prigining A va V tomonlariga ulanadi, sо`ngra qarshilik kо`prigining chap tamoni (A) Veston elementining musbat qutbiga ulanadi. Veston elementining manfiy qutbi esa galvanometr va telegraf kalit (K) orqali harakatchan kalit (surgich S) ga ulanadi.


Elektr yurituvchi kuchni о`lchash quyidagicha amalga oshadi: galvanometr strelkasini qо`yib yuborib, knopka orqali uni nol nuqtaga keltiriladi. Sо`ngra akkumlyator ulanadi. Kalit orqali galvanometr ham ulanib, uni strelkasini xarakati kuzatiladi. Agar qarshilik kо`prigining A qismidan tok о`tsa, galvanometr strelkasi suriladi. Shundan sо`ng surgichni о`ng va chapga surib shunday holat topiladiki, bunda zanjirda tok bо`lmasin. Binobarin bunday holatda galvanometr strelkasi ham nol nuqtada tо`xtaydi (15-rasm).












15-rasm. Elektr yurituvchi kuchni о`lchash sxemasi.

Akkumlyator bevosita о`lchov vaqtidagina ulanib, boshqa vaqt uzib qо`yiladi. Tekshiruvchi element sifatida Daniel-Yakobi elementi olinadi. Bu 1N rux sulfat eritmasiga tushirilgan rux va 1N mis sulfat eritmasiga tushirilgan mis plastinkalaridan tashkil topadi. Eritmalar о`zaro kaliy xloridning tо`yingan eritmasi orqali bog``lanadi. Kaliy xlorid bog``lovchi о`tkazuvchi vazifasini о`taydi.


Daniel-Yakobi elementidagi ikkita bir-biriga tegib turuvchi eritmalar (1N rux sulfat va 1N mis sulfat) chegarasida diffuzion potentsial vujudga kelishi mumkin. Kaliy xlorid eritmasi ana shu diffuzion potentsialni yо`qotishga xizmat qiladi. Daniel-Yakobi elementining EYUK ushbu reaktsiya tufayli vujudga keladi:
Bunda mis musbat, rux esa manfiy zaryadlangan. Yarim elementlarni birlashtiruvchi naychalar, ular eritmalari bilan tо`ldirilgan bо`lishi zarur Daniel-Yakobi elementini zanjiri quyidagi sxema bilan ifodalanadi.









16-rasm. Veston elementi.


EYUK ni tо`g`ridan tо`g`ri aniqlash uchun, dastlab sxemaga normal Veston elementi ulanadi: (16-rasm).














Sо`ngra kompensatsiya nuqtasi (AS) topildi. Olaylik u AS masofada joylashgan bо`lsin. Keyin normal Veston elementi о`rniga sxemaga Daniel-Yakobi elementi EYUK ma`lum, ga teng. Endi proportsiya orqali tekshiruvchi element EYUK aniqlaniladi:






(43)

Daniel–Yakobi elementini additivlik (yig`indi) qonunidan foydalanib ham aniqlash mumkin. Buning uchun ayrim elektrod potentsiallaridan foydalaniladi: . Bu ishda taqqoslash elektrodi sifatida kalomel , elektrodidan foydalaniladi. Kalomel elektrodining potentsial farqi normal vodorod elektrodiga nisbatan 200S da V ga teng. Mis elektrodining potentsialini aniqlash uchun rux elektrodi kalomel elektrodi bilan almashtirib quyidagicha zanjir tuziladi:






Bu element uchun ham sxema bо`yicha kompensatsiya nuqtasi AS2 topiladi va EYUK hisoblanadi:






(44)



; (45)
Rux elektrodini potentsialini aniqlash uchun, endi mis elektrodi о`rniga kalomel elektrodi ulanadi va zanjir tuziladi:






Tuzilgan zanjir uchun kompensatsion nuqta AS3 topiladi va EYUK (E3) topiladi: ; Cu va Zn qiymatlarini hisoblab formula orqali Daniel-Yakobi elementini EYUK topiladi.


(46)



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə