Elektrod potensiallarining hosil bo'lishi



Yüklə 107,07 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü107,07 Kb.
#181130
  1   2   3
Elektrod potensiallarining hosil bo\'lishi


Elektrod potensiallarining hosil bo'lishi
Reja:



  1. Elektrod potensiallari haqida ma’lumot

  2. Elektrolitlar va noelektrolitlar

  3. Elektrodlarning sinflanishi

Alohidagi elektrod potensialini bevosita o‘lchash mumkin emas. Lug‘atlarda elektrod potensiallarining nisbiy qiymati beriladi. Bu qiymatlar potensiali nolga teng bo‘lgan (E(2H+/H2)=0) stndart vodorod elektrodiga nisbatan doimiy elektrod potensial qiymatiga ega bo‘lgan standart elektrodlarda foydalanish kulay bo‘ladi, masalan, xingidronli, xlorkumushli va kalomel elektrodlari.


Tajribada millivoltmetr, LPU-01 potensiometr va boshqa asboblardan foydalaniladi.
I  shning bajarilishi: Xlorkumushli solishtirish elektrodini tayyorlang (86 rasm). Buning uchun maxsus elektrod idishchaga 4 ml 1n kaliy xlorid eritmasidan soling (maxsus Rasm 86. Xlorkumushli elektrod: 1-idishcha, 2-elektrod, 3-probka elektrod idishcha o‘rniga taxminan 50 ml hajmdagi qopqoqli stakanchadan foydalanilsa ham bo‘ladi. Qopqoqda ikkita teshik bo‘lishi kerak: elektrod tushirish va elektrolitik ko‘priklar uchun). Kaliy xlorid eritmasiga bir necha tomchi kumush nitrat eritmasidan qo‘shing va unga kumush elektrodini (sim holida) tushiring. Idishchani probka bilan germetik holda berkitib aralashtiring. Idishcha burunchasida havo puffakchalari bo‘lmasligiga e’tiyuor bering.
Tayyorlangan xlorkumushli eletktrodni, normal vodorod elektrodiga nisbatan, potensiali E (AgCI/Ag) = + 0,222B.
Boshqa elektrod idishchaga, yarim hajmida 1M CuSO4 eritmasini soling va mis elektrodini tushuring. Tayyor bo‘lgan xlorkumushli va mis elektrodlarining burunchalarini to‘yingan kaliy xlorid eritmasi solingan stakanchaga tushiring va elektrodlarni millivoltmetrga (yoki potensiometrga) tutashtiring. Millivoltmetr strelkasini chetki holatiga moslang. Doimiy EYUK shakllangandan so‘ng, millivoltmetr ko‘rsatmalarini yozing.
Xuddi shunday qilib rux elektrodining potensialini o‘lchang. Buning uchun mis elektrodi o‘rniga 1M ZnSO4 eritmasi va rux plastinkasi bo‘lgan elektroddan foydalaning.
Tajriba natijlarini yozish: Xlorkumushli elektrodning elektrod potensiali va tajribada aniqlangan EYUKlarining qiymati asosida mis va rux elektrodlarining elektrod potensialini hisoblang. Bunda, birinchi element uchun EYUK = E(Cu2+/Cu)-E(AgCI/Ag) va ikkinchi element uchun e = E(AgCI/Ag)-E(Zn2+/Zn) ekanligini inobatga oling. Bu ifodalardan: E(Cu2+/Cu) = EYUK + E(AgCI/Ag) va -E(Zn2+/Zn) q E(AgCI/Ag) - EYUK. Hisoblangan qiymatlarni mis va rux elektrodlarining standart elektrod potensiallari qiymati bilan solishtiring (ilovadagi jadval).
4. Oksidlanish-qaytarilish galvanik elementining eyuKni o‘lchash
Ishning bajarilshi: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi:
KMnO4 + K2SO3 + H2SO4  MnSO4 + K2SO4 + H2O
asosidagi galvanik elementni EYUKni 2-tajribaga o‘xshash holda o‘lchang. Buning uchun bir elektrod idishchaga 1n kaliy permanganat eritmasidan solib, unga 10 tomchi 3n sulfat kislotasi va 2-3 tomchi 1n marganes (II) sulfat eritmalaridan qo‘ying. Ikkinchi elektrod idishchaga 1n kaliy sulfit eritmasi va 2-3 tomchi 1n kaliy sulfat eritmalaridan soling. Ikkala idishchaga 2/3 qismi suyuqlikda bo‘lguncha grafit elektrodlarini tushiring va idishcha burunlarini kaliy xloridning to‘yingan eritmasi solingan stakanchaga birlashtiring. Eritmalarni millivoltmetrga ulab, EYUKni o‘lchang.
Tajriba natijalarini yozish: Yarim elementlarda sodir bo‘layotgan oksidlanish va qaytarilish yarim reaksiyalarning tenglamasini yozing. Oksidlanish-qaytarilish elementining sxemasini tuzing. Standart oksidlanish-qaytarilish potensiallari qiymatidan (ilovadagi jadval) foydalanib elementning EYUK qiymatini hisoblangan qiymat bilan solishtiring.

Elektrokimyo fizik kimyoning bir bo’limi bo’lib, kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga va aksincha, elektr energiyaning kimyoviy energiyaga aylanishini o’rganadi [5-10].


Elektr toki ta’sirida sodir bo’luvchi kimyoviy reaksiyalarda - elektr energiya kimyoviy energiyaga aylanadi. Galvanik elementlarda kimyoviy reaksiyalar natijasida elektr energiya ishlab chiqariladi. Bu reaksiyalarning hammasi moddalar eritmalari yoki qorishmalarida sodir bo’lib, ular ionlar holatining o’zgarishiga bog`liqdir. Shuning uchun elektrokimyoda elektrolit eritmalarning xossalari, ionli muvozanat, elektrod jarayonlar, elektr yurituvchi kuchlar o’rganiladi.
Elektrokimyoviy jarayonlar katta amaliy ahamiyatga ega. Хlor, ishqorlar, qator rangli va nodir metallar olish, galvanotexnika jarayonlarida, tokning kimyoviy manbalarini ishlashida elektrokimyo qonunlari alohida ahamiyat kasb etadi. Fan va texnika nazorat tahlilning elektrokimyoviy uslublari (potensiometriya, konduktometriya, polyarografiya, kulonometriya va boshqalar) keng qo’llaniladi.



Yüklə 107,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə