Texnologiya darslari jarayonlarida muammoli ta'lim texnologiyalardan foydalanish metodikasi



Yüklə 80 Kb.
səhifə1/4
tarix05.10.2023
ölçüsü80 Kb.
#125696
  1   2   3   4
Texnologiya darslari jarayonlarida muammoli ta\'lim texnologiyala


TEXNOLOGIYA DARSLARI JARAYONLARIDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Reja:
KIRISH
I.Asosoiy qism.
1. 1 Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha.
1.2. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari. 
1.3. Muammoli talim darajalari.
1.4. Muammoli vaziyatlarni mazmuniga ko'ra guruhlash.
1.5. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar.
II. Xulosa
III.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
1. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi. A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuquro'rgandilar.
Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
1. O’quv materialini muammolashtirish;
2. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
3. Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
4. O’qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;
5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Muammoli ta'lim – bu talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy usuli bo'lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqaruvchi muayyan shaxsiy sub'ektiv yo'llanma sifatida tushuniladi.
Dunyoqarashni shakllantirish – bu birinchi navbatda shaxsning intellektual – faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud:
talabalarning tushunchalar tizimini o'zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati.
Insonning his-tuyg’usi va emotsiyasiga ta'sir etish, uning bilimini e'tiqodga aylantirish.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə