Texnologiya darslari jarayonlarida muammoli ta'lim texnologiyalardan foydalanish metodikasi



Yüklə 80 Kb.
səhifə3/4
tarix05.10.2023
ölçüsü80 Kb.
#125696
1   2   3   4
Texnologiya darslari jarayonlarida muammoli ta\'lim texnologiyala

3. Muammoli talim darajalari.
Muammoli ta'limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy o'zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko'maklashadigan hamda e'tiqodni tarkib toptiradigan ta'limning bir turi deb qarash lozim.
1. Muammoli vaziyatlarni mazmuniga ko'ra guruhlash.
Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o'rinda G.V.Artyomova o'z izlanishlari asosida muammoli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi.
Bular: 1. Versiya xarakteridagi dars.
2. Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars.
3. Ma'naviy-axloqiy muammoli dars.
Versiya xarakteridagi dars struktur
Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars strukturasi
Muammoning murakkabligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati ko'nikmalari, didaktik maqsadga yo'nalganligiga qarab muammoli o’qitishda talaba va o’qituvchi o'zaro munosabatlarining turli variantlari bo'lishi mumkin, ya'ni muammolilikning turli sathlari amalda bo'lishi mumkin.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi:
Birinchi sathda o’qituvchi o'zi muammoni qo'yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning echilish yo'lini qidirishga yo'naltiradi.
Ikkinchi sathda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va echadilar.
Uchinchi sath — oliy sath bo'lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko'zda tutadi: muayyan muammoni ko'rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro'baro'» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning echilish usullarini tadqiq qiladilar.
O’quv muammosining qo'yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo'ladi. echilish lozim bo'lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog’liq bo'lgan awalgi o'zlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo'yib bo'lmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibataloqalarini o'mata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini otrganish shartdir. Shuningdek, o’qituvchi talabalar e'tiboriga faqat ular uchun qulay bo'lgan muammolarni qo'ymasligi ham mumkin. Shu bilan birgalikda muammoning echilishi uni to’g’ri g’o'ya bilishga ko'p jihatdan bog’liq ekanligini unutmaslik zarur.
Bu qoidalarni amalga oshirish, awalo o’quv materialining mazmun xususiyati bilan bog’liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo’yish mumkin.
O’quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi:
yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma'lum tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi usullari);
faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko'rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma 'lum va yangi bilim o'rtasidagi ziddiyat;
umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish.
2. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar.
O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llashi uchun o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish:
O’quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur.
T a ‘ r i f. O`rganilayotgan ob’ekt (bilishga doir nazariy material yoki masala) bilan o`rganuvchi sub’ekt (o`quvchi) orasidagi o`zaro harakatlarning o`ziga xos bo`lgan turiga muammoli vaziyat deyiladi.
Muammoli vaziyat - bu o`quvchilarni o`rganilayotgan mavzu materialidagi dalil va tushunchalarning qanday hosil bo`lishini bilmaslikdan ham ana shu mavzu materialining tub mohiyatini olib beruvchi matematik tushuncha, aksioma va teoremalarni o`rganilayotgan mavzu materialiga tadbiq qila olmaslik paytida vujudga keladigan intellektual qiynalishdir.
Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o`quvchilarning tez fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida o`quv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy g`oyasini belgilab beradi. Muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi o`quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o`quvchilar tomonidan muammoli vaziyatlarni mustaqil xal qila bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.
T a ‘ r i f. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni muammoli ta’lim deyiladi.
Yuqoridagi mulohazalardan muammoli ta’lim nazariyasi o`quvchi intellektual imkoniyatlarini ochib beruvchi rivojlantiruvchi xarakterdagi ta’lim tashkil kilishning psixologik, pedagogik yo`llari va usullarini tushuntiradigan ta’lim jarayoni ekanligi ko`rinadi.
Muammoli ta’limda o`qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab tushunchalar mazmunini tushuntira borib o`rganilayotgan mavzu materiali bilan o`quvchilar orasida muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga keltiradi, o`quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada o`quvchilar bu faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar, tushuncha, qoida va teoremalarni o`qituvchi yordamida aniqlab ifoda qilinishi yoki ma’lum bilimlarni yangi vaziyatlarda qo`llanishini o`rganadilar, natijada o`quvchilarda aqliy operatsiya va bilimlarni amaliyotda qo`llanish malakalari shakllanadi.
Maktab matematika kursida o`rganiladigan nazariy mavzu materiallari masala va misollarni ularning mazmuniga ko`ra muammoli va muammoli bo`lmagan turlarga ajratish mumkin.
Agar o`rganilayotgan mavzu materialidagi masala va misollari yechish jarayoni o`quvchilar uchun yangi matematik tushuncha, daili va qoidalarni o`z ichiga olgan bo`lib, avvalgi usul bilan yechish mumkin bo`lmasa-yu, yechishning yangi usullari talab etilsa, u holda bunday masala yoki misol mazmunan muammolidir, aksincha, shunday masala yoki misollar o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga yechish uchun berilishi mumkinki, bunday masala va misollar o`quvchilar uchun muammoli bo`lmay qoladi, chunki ular masala va misol yechilishining yangi usullarini mustaqil izlanmasdan, o`qituvchining tushuntirishiga qarab o`zlashtirib oladilar, berilgan masala yoki misol faqatgina koeffitsientlari bilan avvalgilaridan farq qiladigan darajada bo`ladi.
1-misol. Masalan, boshlang`ich sinf o`quvchilariga quyidagi misollarni berish mumkin:
6 + 2 x 3 = 24
6 + 2 x 3 = 12
Mazmuniga ko`ra bu masala muammoli bo`ladi, chunki bir xil toifadagi ikkita misol hap xil natijaga ega bo`lyapti. Bas, shunday ekan, misollarni yechish usullari ham har xil bo`lishi kerak. O`quvchilarga esa faqatgina bitta ketma-ket hisoblash usuli ma’lum, xolos. Ikkinchi usuli esa ular uchun noma’lumdir. Mana shu yerda muammoli vaziyat hosil bo`ladi. Yuqoridagi qo`yilgan misollarning ikkinchi sinfdagi yuqori o`zlashtiruvchi o`quvchilar tomonidan yechilishi mumkin. Agar o`qituvchi dastlab o`quvchilarga bir xil miqdorlardan tuzilgan misollarni turlicha usullar bilan yechish namunalarini ko`rsatgan bo`lsa edi, ular bu misollarni namunadan foydalanib yecha oladilar, natijada bu misollarni yechish jarayoni hech qanday muammoli vaziyatni hosil qilmaydi.
Xulosa
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli ta'lim nazariyasi talaba intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik-pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.
Shunday qilib, muammoli ta'lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rag’barligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə