ElekTrokardiografiyaning fizik asoslari. Dielektrik va ularning turlari



Yüklə 469,27 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü469,27 Kb.
#139803
84-F gruh talabasi Ehsonjonova Shahodat

ElekTrokardiografiyaning fizik asoslari.Dielektrik va ularning turlari

84-F 23-pi gruh talabasi Ehsonjonova shahodatning biofizika fanidan mustaqil ishi

REJA:

  • Elektrokardiogramma nima?
  • Dielektriklar
  • Dielektriklarning turlari

Elektrokardiogramma nima?

  • Elektrokardiogramma (elektro., kardio... va gramma) (EKG) — yurak muskuli ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq. E. elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari (koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi. Hozirgi zamon tibbiy texnika yutuqlari tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada boʻlsa ham tele yoki radiouzatkichlar yordamida EKGni yozib olish imkoniyatiga ega. Bunday usullar ogʻir jismoniy sinovlarda, sportchilar, kosmonavtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish imkoniyatini beradi.

Elektrokardiogramma nima?

  • Sogʻlom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yoshi va boshqalarga bogʻliq. Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketma-ket qoʻzgʻalishini aks ettiruvchi tishchalar va intervallarni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG tishchalarining oʻlchami, oraliqlari va yoʻnalishi, intervallar (segmentlar)ning davom etishi hamda joylagdishi anchagina oʻzgaradi. EKG yordamida yurak ritmining turli oʻzgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. EKG yurak kasalliklarini diagnostika qilishda boshqa usullardan samarliroq hisoblanadi.

Dielektriklar

  • Dielektriklar (ing. electric — elektr) — elektr tokini deyarli oʻtkazmaydigan material (modda) lar; solishtirma elektr qarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrik kirituvchanligi — 4—104. Dielektriklar elektr tokini oʻtkazgichlarga nisbatan 1015—1020 marta yomon oʻtkazadi. „Dielektriklar“ atamasini fanga Michael Faraday kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyuqliklar va qattiq jismlar dielektriklar hisoblanadi. Tashqi elektr maydon taʼsiri boʻlmagan hollarda dielektriklarni qutbli dielektriklar hamda qutbsiz dielektriklarga ajratish mumkin. Bunda dielektriklar molekulalarining dipol momentlari nolga teng (qutbsiz molekulalar) yoki fazodagi yoʻnalishlar boʻyicha ixtiyoriy ravishda taqsimlangan boʻladi (qutbli molekulalar). Ikkala holda ham dielektriklarning yigʻindi elektr momenti nolga teng boʻladi. Qutblanish elektr maydon kuchlanishiga, temperaturaga, muhitning elektr xossasiga bogʻliq. Qutbli dielektriklarga spirt, toza suv; qutbsiz dielektriklarga inert gazlar, kislorod, vodorod, benzol, polietilen va b. kiradi.

Dielektriklar

  • Tashqi maydon boʻlmaganda oʻz-oʻzidan qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan dielektriklar guruhi ham mavjud. Ular segneto-elektriklar deb ataladi. Ularning dielektrik kirituvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Segnetoelektriklarda deformatsiya vaqtida qutblanishi kuzatiladi. Bu hodisa pyezoelektrik effekt deb yuritiladi.

Dielektriklarning turlari

  • Dielektriklar qattiq (organik, anorganik), suyuq va gazsimon xillarga boʻlinadi. Qattiq organik dielektriklarga sellyuloza, kauchuk, qat-ron, bitumlar, parafinlar, mum, yogʻoch, qogʻoz, plastmassalar, lok boʻyoqlar v.b kiradi. Bular kuch, signal kabellarini izolyatsiyalashda, kondensatorlar, gʻaltaklar, qistirmalar tayyorlashda, elektr apparaturalar simlari va chulgʻamlarining izolyasiyalariga shimdirishda ishlatiladi. Qattiq anorganik dielektriklarga radiotexnik keramika, segnetoelektriklar, pyezoelektriklar, elektronik shisha, slyudalar va b. kiradi. izolyatorlar, yuqori chastotali kondensatorlar, pyezoelementlar, ballonlar, elektrovakuum asboblar va b. tayyorlanadi.

Dielektriklarning turlari

  • Suyuq dielektriklarga kuch transformatoriga, yuqori kuchlanishli ulab-uzgichlarga quyiladigan mineral moylar misol boʻladi. Gazsimon dielektriklarga elegaz [oltingugurt (VI) — ftorid], vodorod, inert gazlar, havo vb. kiradi. Elegazlar kondensator va kabellarda, vodorod turbogeneratorlarda, inert gazlar ion asboblarda ishlatiladi.

E’tiboriningiz uchun rahmat

84-F 23-pi gruh talabasi Ehsonjonova shahodatning


Yüklə 469,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə