"Elektron hujjat almashish" atda loyiha yaratish


-modda. Elektron hujjatning yuridik kuchi



Yüklə 64,08 Kb.
səhifə5/7
tarix21.05.2023
ölçüsü64,08 Kb.
#111798
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu

7-modda. Elektron hujjatning yuridik kuchi
Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
8-modda. Elektron hujjatning asl nusxasi
Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir.
9-modda. Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi
Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari
Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni qabul qilib oluvchi elektron hujjat aylanishining ishtirokchilaridir.
Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin.
11-modda. Elektron hujjatni jo‘natuvchi
Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjatni qabul qilib oluvchiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron hujjatni jo‘natuvchidir.
12-modda. Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi
Elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan elektron hujjat qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga yo‘llangan bo‘lsa, shu shaxs elektron hujjatni qabul qilib oluvchidir.
13-modda. Axborot vositachisi
Elektron hujjat aylanishi bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs axborot vositachisidir.
Axborot vositachisi, agar elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron hujjatlar mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirishga haqli emas.
14-modda. Elektron hujjatni jo‘natish
Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni jo‘natuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natilgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan jo‘natilish vaqti elektron hujjatni jo‘natish vaqti deb hisoblanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 64,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə