"Elektron hujjat almashish" atda loyiha yaratish


-modda. Elektron hujjatni qabul qilib olish



Yüklə 64,08 Kb.
səhifə6/7
tarix21.05.2023
ölçüsü64,08 Kb.
#111798
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu

15-modda. Elektron hujjatni qabul qilib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa:
(15-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil bo‘yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi;
elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi hatto boshqa yerda joylashgan bo‘lsa ham, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi.
16-modda. Elektron hujjatlarni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Markaziy bank boshqaruvi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat arxiv boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2000-yil 3-iyunda tasdiqlangan Ko‘rsatmadagi ro‘yxatning 15 bandi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 26-iyulda 951-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan qog‘oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 64,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə