Elektron jadvallar


yigMndi natijalari ham har xil ekanligining guvohi boMasiz



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

yigMndi natijalari ham har xil ekanligining guvohi boMasiz.
82


Nisbiy murojaat Excelning kamchiligi emas, balki uning oddiy jadvallarga qaraganda 
eng katta ustunlik tomonlaridan biridir. Agar G1  katakchada Avtosummani ishga tushirib, 
bu formulani katakchaning o‘ng quyi burchagidagi kvadratdan pastdagi beshinchi satriga 
sursangiz, bimga ishonch hosil qilasiz.
Absolut  murojaatni  tashkil  qilish  uchun  katakchaning  ham  ustun,  ham  satr  nomlari 
oldiga  dollar  ($)  belgisini  qo'yish  kerak.  Masalan,  $B$2,  $F$28, 
kabi  murojaatlar 
absolut murojaatlar hisoblanadi. Absolut murojaatda katakcha manzilini o‘zgartirsak ham 
murojaatlar o‘zgarmasdan qolaveradi.
Xuddi  nisbiy  murojaatda  bo‘lgani  singari,  F7  katakchasidagi  formulani  endi 
=$D$3+$E$3  kabi o‘zgartirib, uni to‘rttala yo‘nalish bo‘yicha sursangiz, katakchalardagi 
formulalar va ularga mos yig‘indi natijalari ham o‘zgarmayotganligining guvohi bo‘lasiz.
Demak, absolut murojaat yo‘li bilan go‘yo formulaning biror qismini qotirib (fiksirlab) 
qo‘yish mumkin.
Yuzaki  qaraganda,  Excelning  bu  imkoniyati  keraksizdek  tuyuladi.  Absolut  murojaat 
ham  o‘z  o‘mida  Excel  ning  yaxshi  imkoniyatlaridan  biridir.  Masalan,  hozircha  biz 
avtosummadan foydalanib (boshqa o‘zgarishlar qilmasdan), faqat ma’lum satr va ustunlar 
bo‘yicha  yig‘indini  hisoblashni  bilamiz.  Endi jadvalingizdagi  barcha  sonlar  yig‘indisini 
topishga harakat qilib ko‘ring. Bu ishni hozircha bitta usul bilan bajara olasiz. Ya’ni, sonlar 
yozilgan sohani belgilab, natijani holat satridan o‘qishingiz mumkin. Ammo bu yig‘indidan 
sizning varag‘ingizda iz qolmaydi.
Endi G1  katakchani joriy qilib, Avtosummani ishga tushiring va =SUMM(A1; FI) formu­
lani  =SUMM ($A$1;  FI) kabi o‘zgartirib,  G1  katakchaning o‘ng quyi uchidagi  kvadratdan 
beshinchi satrgacha suring. Natijalarga e’tibor qilsangiz, G1  ustunning har bir satrida birinchi 
satridan  qaralayotgan  satrigacha  boMgan  barcha  satrlardagi  sonlar yig‘indisi  turganligining 
guvohi bo‘lasiz (5.7.2- rasm). Bu ishni ustunlar bo‘yicha ham amalga oshirishingiz mumkin. 
G1  katakchadagi  formulani  =SUMM($A$1;$F$1)  kabi  o‘zgartirib,  yuqoridagi  amalni 
takrorlasangiz, G ustundagi barcha sonlaming o‘zgarmayotganligini ko‘rasiz.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə