Aralash murojaat
Shuningdek, faqat satr nomini yoki ustun nomini qotirib qo‘yish ham mumkin. Masalan,
=$A1, =D$1 murojaatlar aralash murojaatga misol bo‘la oladi. Birinchi holda ustun nomi,
ikkinchi holda satr nomi qotirilgan. Bu kabi murojaatlar aralash murojaatlar deyiladi.
Masalan, G1 katakchaga birin-ketin =$B1, =B$1, =$B1+$D2, =B$2+C$1 formulalami
yozib, pastga va o‘ngga surib ko‘ring va natijalarni mustaqil tahlil qiling.
Siklik murojaat
Siklik murojaat formulaning o‘zidan-o‘ziga murojaat natijasida yuz beradi. Masalan,
N8 katakchaga= B2+C2 formulani terib, C2 katakchada yana shu formulani tering. Natijada
siklik murojaat sodir bo‘ladi. Bu holatdan qutilish uchun siklik murojaatga sabab bo‘lgan
katakchadagi ma’lumotlarni o‘chirib yuborish yoki siklik murojaatni ishlatib yuborish
kerak. Siklik murojaatni ishlatib yuborish uchun Сервис—^Параметры—^Вычисления
algoritmi bo‘yicha harakatlanib, Интеграции bandi oldiga bayroqcha o‘mating.
Dostları ilə paylaş: