Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

4 -  Elektron jadvallar


25.  Hujjat  varaqlarini  guruhga olish  imkoniyatining  afzallik tomonlarini  o'zida  aks 
ettiruvchi har xil sohalardan misollar keltiring.
26.  Hujjat varaqlari sonini o'ntaga yetkazing va:
a) birinchi, oltinchi va sakkizinchi varaqlami guruhga oling;
b) faqat juft tartibli varaqlami guruhga oling;
d) faqat toq tartibli varaqlami guruhga oling;
e) barcha varaqlami guruhga oling va ulardan ikkinchi, beshinchi va yettinchi  varaqlami 
guruhdan chiqaring;
f) barcha varaqlami guruhga oling va to'rtinchi varaqda bir nechta o'zgarishlar  qiling. 
Bu o'zgarishlar boshqa varaqlarga ta’sir qilmasin.
27.  Hujjat varaqlarini guruhga olish  imkoniyatidan foydalanib,  quyidagi topshiriqlar 
uchun hujjat yarating:
a)  faraz  qilaylik  respublika  bo'yicha  bir  nechta  korxonalar  bir  xil  mahsulot  ishlab 
chiqaradi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlaming turlari, narxi, soni vakorxonaxodimlarining 
soni ma’lum. Jami ishlab chiqarilgan mahsulotning o'n foizi oylik maosh sifatida beriladi. 
Agar mahsulot ishlab chiqarish barcha korxonalarda bir xil (foiz hisobida) ko'payib yoki 
kamayib tursa, xodimlarning ish haqlarini o'zida aks ettiruvchi hujjat yarating;
b) jamoa xo'jaligida dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi oltita fermer xo'jaliklari  bor. 
Yil  davomida ularning har biri  qancha daromad qilgan,  qancha xarajatlar bo'lgan va sof 
foyda qancha ekanligini aniqlovchi hujjat yarating;
d)  olti  xil  kasb  egalarining  bir  sutkalik  faoliyati  davomida vaqtining qancha  qismini 
foydali  ishga,  ovqatlanishga,  uxlashga,  televizor ko'rishga va boshqa  ishlarga sarflashini 
bilgan holda bir oyda foydali ish, ovqatlanish, uxlash, televizor tomosha qilishga sariiagan 
vaqti foydali vaqtining necha foizini tashkil qilishini aniqlovchi hujjat yarating;
e)  mahalladagi  har  bir  uyda  elektr  energiyasi,  gaz,  suv  va  boshqa  xizmatlar  uchun 
ketadigan sarf-xarajatlami hisoblovchi hujjat yarating.
28.  Bog'langan  katakchalar  imkoniyatidan  foydalanish  mumkin  bo'lgan  sohalardan 
misollar keltiring.
29.  Biror  oliy  dargohning  har  bir  fakulteti  o'qituvchilari  haqidagi  barcha 
ma’lumotlardan  hujjatlar  yarating  va  bunda  bog'langan  katakchalar  imkoniyatidan 
foydalaning.
30.  Uchta  hujjat  yaratib,  bu  hujjatlardagi  ma’lumotlar  ustida  arifmetik  amallarni 
bajaring.
31.  Bitta  hujjat yaratib,  dastlab  boshqa to'rtta hujjat bilan  bogManishni  o'mating va 
so'ngra ulardan ikkitasi o'rtasidagi bogManishni bekor qiling.
32.  Biror  tashkilotda  ishlovchi  xodimlarning  ismi  va  familiyasi,  tug'ilgan  yili,  ish 
staji, manzil i, uy telefoni kabi maMumotlami o'zida aks ettiruvchi jadval yarating va aynan 
o'lchamlari shunday jadvalni (ma’lumotlari siz) boshqa hujjatda hosil qiling.
33.  Hujjatingizda  bir  nechta  formulalar  yarating  va  shu  formulalardan  boshqa 
hujjatga nusxa oling.
50


34.  Hujjatingizning  bir nechta katakchalariga har xil  formatlami joriy  qilib,  so'ngra 
shu formatlardan boshqa hujjat katakchalariga nusxa oling.
35.  Bog'langan va bog'lanmagan sohalarni tashkil qilishning barcha usullarini bayon 
qiling.
36.  Strukturadan 
foydalanishning 
afzallik  tomonlarini  misollar  yordamida 
tushuntiring.
37.  Jadvalingizdagi  ma’lumotlar  asosida  beshta  ichma-ich  joylashgan  strukturalar 
yarating.
38.  Ham ustunlar, ham satrlar bo'yicha strukturalar yarating.
39.  Struktura belgilarini jadvalingizdan olib qo'ying.
40.  Hujjat yaratib, uning ma’lum qismidagi ma’lumotlami jadvaldan olib  qo'ying va 
qayta o'mating.
41.  Oraliq  natijalardan  foydalanish  imkoniyatining  foydalanuvchi  mehnatini 
yengillashtirishdagi ahamiyatini tushuntiring.
42.  Oraliq  natijalardan  foydalanishda  barcha  ustunlar  bo'yicha  guruhlashni  tashkil 
qilib, natijalarni tahlil qiling.
43.  Промежуточные  итоги  muloqot  darchasining  При  каждом  изменении  в:, 
Операция:, Добавить итоги по: bo'limlari vazifalarini tushuntiring.
44.  Oraliq  natijalardan  foydalanishda  bir  yoki  bir  nechta  guruhlami  darchadan 
vaqtincha olib qo'yib, natijalarni tahlil qiling.



Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə