Elektron jadvallar


Ill BOB. EXCELNING BUYRUQLAR PANELI



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

Ill BOB. EXCELNING BUYRUQLAR PANELI
3.1. Excelning buyruqlar paneli haqida
Microsoft  Office  dasturlari  guruhiga  kiruvchi  barcha  dasturlarda  boMgani  singari 
Excel  elektron jadvali  ham  o'zining  alohida  buyruqlar  paneliga  ega.  Ammo  Microsoft 
Office korporatsiyasi xodimlari o'zlari tomonidan yaratilgan barcha dasturlar bilan ishlash 
jarayoni yengil kechishi uchun hamma dasturlaming buyruqlar panelini deyarli bir xil qilib 
yaratgan.
Dastlabki  operatsion  sistemalar  bilan  ishlash  jarayonida  buyruqlar  kompyuter 
klaviaturasidan  terish  yo'li  bilan  berilgan  yoki  klaviaturaning  maMum  tugmachalariga 
biriktirilgan bo'lgan. Microsoft Office dasturlari bilan ishlashni yengillashtirish maqsadida 
klaviatura  tugmachalari  kombinatsiyasidan  foydalanish  imkoniyatlarini  saqlab  qolgan 
holda, ushbu dasturlar buyruqlar paneli bilan ham ta’minlandi.
Excelning  buyruqlar  paneli  uning  sarlavha  satridan  hujjat  darchasigacha  bo'lgan 
qismidan iborat.
Buyruqlar  panelida  Excelning  gorizontal  menyusi  va  uskunalari  guruhi joylashgan 
(3.1.1-  rasm).  Bunda  Файл,  Правка,  Вид,  ...  lar  majmuasi  Excelning  gorizontal 
menyusidir.  Ular to'g'risida  keyingi  mavzularda batafsil fikr yuritamiz.  Hozircha,  faqat 
uskunalar paneli bilan tanishamiz.
3.^1- rasm.
Excelning  faqat  3.1.1-  rasmda  keltirilgan  elementlarigina  uning  buyruqlar  panelini 
tashkil  qiladi  deyish  ham  to'liq  to'g'ri  bo'lavermaydi.  Chunki  Excelning  har  qanday 
uskunalari  guruhini  Excel  darchasining  ixtiyoriy  joyiga  o'rnatish  mumkin.  Demak, 
boshqa  uskunalar  guruhini  ham  darchaga  o'rnatish  yo'li  bilan  buyruqlar paneli  hajmini 
kengaytirish  mumkin.  Ammo  ish  jarayonida  foydalanilmaydigan  ortiqcha, uskunalami 
darchaga o'rnatish maqsadga muvofiq emas. Negaki, o'matilayotgan uskunalar darchaning 
biror elementini to'sib qoladi yoki hujjat darchasi hajmining kichrayishiga olib keladi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə