Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

4.2. Правка menyusi
Отменить (Bekor qilish) bandidan foydalanib,  oxirgi bajarilgan amal bekor qilinadi. 
Ushbu  bandda  bekor  qilinayotgan  amal  nomi  ham  yozilgan  bo'ladi.  Masalan,  H3 
katakchasiga 5  soni  kiritilgan  bo'lsa,  Отменить ввод  ‘5’  в Ш   (НЗ  ga  ’5’  ni kiritishni 
bekor  qilish)  kabi  yozuv  yoki  hujjatingizning  biror  qismidagi  ma’lumotlarni  o'chirib 
yuborgan  bo'lsangiz, Отменить очистку yozuvi chiqadi.
Вернуть (Qaytish) bandi yordamida Отменить (bekor qilish) bandi orqali bajarilgan 
amallarni bekor qilasiz.
Вырезать  (Qirqish)  bandidan  foydalanib,  hujjatingizning  belgilangan  qismidagi 
ma’lumotlarni qirqib olasiz. Hujjatingizning biror qismi qirqib olinganda yoki undan nusxa 
olinganda o'sha qism kompyuteringizning bufer deb nomlanuvchi  vaqtinchalik xotirasida 
saqlab turiladi. Qirqib olingan ma’lumotlar joyida qolmaydi.
Копировать (Nusxa olish) bandi hujjatingizning belgilangan qismidagi ma’lumotlardan 
nusxa  olishga  mo'ljallangan.  Demak,  o'sha  ma’lumotlar  buferga olinib,  o'z joyida ham 
qoladi.
Буфер обмена Office... bandi yordamida bufergaolinganbarchama’lumotlarro'yxatini 
ko'rib olasiz. Undan qaysi birini chertsangiz, o'sha ma’lumotlar majmuasi hujjatingizdagi 
joriy katakchadan boshlab o'matiladi.
Вставить  (O'rnatish)  bandi  chertilganda,  oxirgi  marta  qirqib  yoki  nusxa  olingan 
ma’lumotlar  hujjatning joriy  katakchasidan  boshlab  o'matiladi.  Ammo  oldingi  buferga 
olingan  ma’lumotlami  hujjatingizning  biror joyiga o'matmoqchi  bo'lsangiz,  uni  Буфер 
обмена  Office  ...  bandi  tanlanganda ochiladigan  Буфер  обмена  (Almashtirish  buferi) 
nomli  muloqot  darchasidan  o'matasiz.  Faraz  qilaylik,  hujjatingizni  yaratishda  beshta 
ma’lumotlar majmuasidan ko'p  marta foydalanishingiz oldindan ma’lum.  Bunday holda 
ularning har birini alohida-alohida cho'ntakka olib, kerak bo'lganda Буфер обмена nomli 
muloqot darchasidan hujjatingizga o'matib ketaverasiz.
Специальная вставка...  (Maxsus o'rnatish...) bandidan foydalanilganda, Вставка 
bandidan foydalanilgandagiga qaraganda birmuncha murakkabroq amallarni ham bajarish 
mumkin.  Masalan,  hujjatingizning  biror  katakchasidagi  ma’lumotlardan  nusxa  olingan 
bo'lsa,  uning  faqat  formulasini,  qiymatini,  formatini,  izohini  o'rnatish  kabi  bir  qator 
amallarni  bajarishingiz  mumkin.  Hatto,  o'matilayotgan  katakchadagi  ma’lumotlar bilan 
nusxa olinayotgan  yoki  ko'chirilayotgan  ma’lumotlar o'rtasida arifmetik amallarni ham 
bajara olasiz. Bu amallarni bajarish  uchun ushbu band  tanlanganda ochiladigan  Специ­
альная вставка nomli muloqot darchasidan foydalaning.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə