Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

полужирный  курсив 
(qalin  qiya)  bandi  belgilami 
qalin qiya ko'rinishda tasvirlash  uchun mo'ljallangan.
Размер 
(O'lcham) bo'limi orqali belgilangan matn belgilarining oMchamlarini o'zgar- 
tira olasiz.
Ш риф т menyusi
6.1.3- rasm.
93


Подчеркивание  (Ostchiziq)  bo'limidan  foydalanib,  belgilangan  matndagi  ma’lu­
motlar pastidan qo‘yiladigan chiziqlar turini tanlaysiz.
Цвет  (Rang)  boMimidan  foydalanib,  hujjatning  belgilangan  qismidagi  ma’lumotlar 
uchun rang tanlaysiz.
Обычный  (Oddiy)  boMimi  oldiga  bayroqcha  o'matilgan  bo'lsa,  belgilangan  soha 
uchun joriy  qilingan  shrift,  shakl,  o'lcham,  rang  kabi  barcha  parametrlar bekor  qilinib, 
oddiy standart ko'rinishga keltiriladi.
Зачеркнутый  (Ustidan  chiziq  tortilgan)  bo'limi  oldiga  bayroqcha  o'matsangiz, 
hujjatingizning belgilangan qismidagi barcha ma’lumotlar ustidan chiziq tortiladi.
Надстрочный  (Yuqori  indeks)  va  Подстрочный  (Quyi  indeks)  bo'limlaridan 
birini  tanlaganingizda,  mos  ravishda  belgilangan  sohadagi  barcha  ma’lumotlar 
yuqori yoki quyi indeks ko'rinishida kichraytirib yoziladi. Excelning ba’zi oldingi tal- 
qinlarida ushbu  bo'limlar mos ravishda верхний индекс va нижний индекс deb ham 
nomlangan.
Образец  (Namuna)  bo'limida  siz  o'zgartirgan  parametrlar  matnning  belgilangan 
bo'lagiga qanday ta’sir qilishi namoyish qilib boriladi.
Ushbu  bo'limlardagi  parametrlaming  bir  qismini  o'zgartirib,  ularning  ta’sirini  sinab 
ko'ring va barcha o'zgarishlami bekor qilib, oddiy ko'rinishiga qaytaring.
Masalan, Начертание bo'limining Курсив bandini, Размер bo'limining 48 bandini, 
Подчеркивание  bo'limining  Двойное,  но  ячейке  bandini  tanlab,  OK  tugmachasini 
cherting  va  natijani  tahlil  qilib,  so'ngra  Обычный  bo'limini  tanlab,  OK tugmachasini 
cherting va yana natijani tahlil qiling.
Граница (Chegara) menyusidan foydalanib, belgilangan sohaning chegarasidagi chiziq 
ko'rinishni o'zgartirasiz.
Вид  (Ko'rinish)  menyusining Цвет  bo'limidan  foydalanib,  belgilangan  soha  rangini 
oq  rangdan boshqa rangga (ammo bu rang Шрифт menyusidagidek ma’lumotlar yozuvi 
rangiga ta’sir qilmaydi) o'zgartirish va Узор (Naqsh) bo'limidan foydalanib, belgilangan 
soha uchun naqsh tanlashingiz mumkin.
Защита  (Himoya)  menyusidagi  Защищаемая  ячейка  (Himoyalangan  katakcha) 
bo'limi  oldiga  bayroqcha  o'matib,  joriy  katakchadagi  maMumotlami  o'chirish, 
o'zgartirishlar qilish, biror joyga nusxa olish yoki ko'chirish kabi amallardan himoyalash 
mumkin (6.1.4- rasm).
Скрыть  формулы  (Formulani  yashirish)  bo'limi  oldiga  bayroqcha  o'matilsa,  o'z 
ichida biror formulani saqlovchi katakcha joriy qilinsa ham, bu formula formulalar satrida 
paydo bo'lmaydi.
Shuni  unutmaslik  kerakki,  Защита  menyusi  bo'limlaridan joriy  varaq  himoyalan­
gan  bo'lgandagina foydalanish  mumkin.  Varaqni  himoyalash  uchun  quyidagi  algoritm 
bo'yicha harakatlaning:
Сервис —»Защита —►
 Защитить лист...
94


Shuningdek,  varaqqa himoya o‘ matayotganingizda bu  himoyani  parolsiz yoki  parolli 
qilib qo‘yishingiz mumkin.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə