katakcha ramkasidan o‘ngga chiqib ketadi. Endi agar по вертикали bo'limining no
верхнему краю bandini tanlasangiz, bu yozuv katakchaning o'zida bir nechta satrlarga
joylashtiriladi.
6.1.2- rasm.
Отступ (Siljitish) bo'limi yordamida joriy katakchadagi ma’lumotni gorizontal yoki
vertikal yo'nalishda katakcha chetidan tanlangan birlik qadar siljitib joylashtira olasiz.
Переносить по словам (So'zlami ko'chirish) bo'limi joriy qilinsa, ko'p belgili
ma’lumotlami yozishda katakchaning o'ng chegarasiga yetgach, kursor yangi pastki
satrga
o'zi o'tadi, aks holda qancha ma’lumot yozsangiz ham, kursor ikkinchi satrga avtomatik
ravishda o'tmaydi. Buning uchun Enter tugmachasini bosishingiz kerak bo'ladi.
Автоподбор ширины bo'limi joriy bo'lsa, katakchaga qancha ko'p belgili ma’lumot
yozsangiz ham bu ma’liunotning shriftini avtomatik tarzda kichraytirish hisobiga ushbu
katakchaga sig'diriladi. Ammo oldingi joriy shrift o'zgarmasdan qoladi. Excelning bu
imkoniyatini ham mustaqil sinab ko'ring.
Объединение ячеек (Katakchalami birlashtirish) bo'limi joriy qilinsa, belgilangan
sohadagi barcha katakchalar bitta katta katakcha bilan almashtirHadi. Ammo faqat eng
chap yuqori katakchadagi ma’lumot saqlanib qolib, qolganlari o'chirib yuboriladi va bu
haqda Excel ham ogohlantiradi.
Ориентация (Mo'ljal) bo'limi yordamida katakcha yoki belgilangan sohadagi
ma’lumotlar ma’lum burchak ostida buriladi. Agar matnni soat ko'rsatkichi yo'nalishi
bo'yicha burmoqchi bo'lsangiz, manfiy gradus o'lchovini, soat ko'rsatkichiga teskari
yo'nalishda burmoqchi bo'lsangiz, musbat gradus o'lchov birligini tanlang.
Dostları ilə paylaş: