Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

(Все  форматы
(hamma  formatlar)  tanlanganda, 
Тип 
bo'limida joriy  katakchadagi 
ma’lumotlami  formatlashga  mo'ljallangan  qo'shimcha formatlar taklif qilinadi.  Ulardan 
o'zingizga ma’qulini tanlay olasiz.
Выравнивание menyusi
Выравнивание 
(Tekislash) menyusida esa quyidagi bo'limlar mavjud (6.1.2- rasm):
По  горизонтали 
(Gorizontal  yo'nalishda)  bo'limi  yordamida  katakchadagi  ma’- 
lumotning  katakcha  bo'ylab  gorizontal  yo'nalishda  qanday joylashtirish  masalasini  hal 
qilasiz.  Oldingi  mavzularda  son  katakchaning  o'ng  qismiga  yoziladi  va  shu  belgidan 
ixtiyoriy  katakchadagi  ma’lumotning  Excel  tomonidan  son  sifatida  e’tirof etilishi  yoki 
etilmasligini bilish mumkinligi aytilgan edi. Ammo endi 
По левому краю 
(chap chegara 
bo'ylab) bandi tiklansa, son ham katakchaning chap qismiga joylashtiriladi.
Demak,  katakchadagi  ma’lumot  Excel  tomonidan  son  yoki  matn  sifatida  e’tirof 
etilayotganligini  aniqlayotganda,  ushbu  ma’lumot katakchaning  o'ng yoki  chap  qismida 
joylashgan!igiga qarab aniq bir xulosaga kelish xato bo'lishi  mumkin ekan.
По  вертикали 
(Vertikal yo'nalish bo'yicha) bo'limi orqali katakchadagi ma’lumotni 
vertikal yo'nalishda kerakli holatda joylashtira olasiz.
Bu  ikkala  bo'lim  imkoniyatlarini  sinab  ko'rmoqchi  bo'lsangiz,  katakchaning  o'l- 
chamlarini  kattaroq qilib oling.
Faraz  qilaylik,  Al  katakchaga  «Tashkilotning  bir yillik  daromadi  miqdori»  yozuvini 
kiritish  kerak  bo'lsin.  Ushbu yozuvni  to'g'ridan-to'g'ri  kiritsangiz,  u  bir  satrga  yozilib,
91


katakcha  ramkasidan  o‘ngga  chiqib  ketadi.  Endi  agar  по  вертикали  bo'limining  no 
верхнему краю bandini tanlasangiz,  bu yozuv katakchaning o'zida bir nechta satrlarga 
joylashtiriladi.
6.1.2- rasm.
Отступ  (Siljitish)  bo'limi yordamida joriy  katakchadagi  ma’lumotni  gorizontal  yoki 
vertikal yo'nalishda katakcha chetidan tanlangan birlik qadar siljitib joylashtira olasiz.
Переносить  по  словам  (So'zlami  ko'chirish)  bo'limi  joriy  qilinsa,  ko'p  belgili 
ma’lumotlami yozishda katakchaning o'ng chegarasiga yetgach, kursor yangi pastki satrga 
o'zi o'tadi, aks holda qancha ma’lumot yozsangiz ham, kursor ikkinchi satrga avtomatik 
ravishda o'tmaydi. Buning uchun Enter tugmachasini bosishingiz kerak bo'ladi.
Автоподбор ширины bo'limi joriy bo'lsa, katakchaga qancha ko'p belgili ma’lumot 
yozsangiz ham bu ma’liunotning shriftini  avtomatik tarzda  kichraytirish  hisobiga ushbu 
katakchaga  sig'diriladi.  Ammo  oldingi joriy  shrift  o'zgarmasdan  qoladi.  Excelning  bu 
imkoniyatini ham mustaqil sinab ko'ring.
Объединение ячеек (Katakchalami  birlashtirish) bo'limi  joriy qilinsa,  belgilangan 
sohadagi barcha katakchalar bitta katta  katakcha bilan  almashtirHadi.  Ammo  faqat eng 
chap  yuqori  katakchadagi ma’lumot saqlanib  qolib,  qolganlari  o'chirib yuboriladi va bu 
haqda Excel ham ogohlantiradi.
Ориентация  (Mo'ljal)  bo'limi  yordamida  katakcha  yoki  belgilangan  sohadagi 
ma’lumotlar  ma’lum  burchak  ostida  buriladi.  Agar  matnni  soat  ko'rsatkichi  yo'nalishi 
bo'yicha  burmoqchi  bo'lsangiz,  manfiy  gradus  o'lchovini,  soat  ko'rsatkichiga  teskari 
yo'nalishda burmoqchi bo'lsangiz, musbat gradus o'lchov birligini tanlang.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə