“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “E-learning” December-2020,Volume 4 issn2-181-1199


“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” March-2022,volume 6,№1 ISSN2-181-1199



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#131214
1   2   3   4   5   6   7   8
maxmudova-dilfuza-meliyevna-2

“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” March-2022,volume 6,№1 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
25
 
xususan, o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari bilan belgilanadigan 
bilimlarni rivojlantirishning barcha asosiy shartlari va sharoitlarini o‘z ichiga 
oladi» [1].
Adabiyotlar tahlili.
Yuqorida keltirilganlarga asosan, noan’anaviy ta’limning 
revojlanishi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish hozirgi kunda dolzarb va 
samarali bo‘lib qoladi. Zamonaviy oliy ta’limda keng tarqalgan va zamonaviy 
ta’lim amaliyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan noan’anaviy ta’lim sohalarida 
rivojlanayotgan modellarning eng muhimi, dasturiy ta’minot va muammoli 
ta’limni o‘z ichiga oladi.
Muammoli ta’lim, nazariy va amaliy muammolarni hal qilish orqali yangi 
bilimlarni talabalar tomonidan o‘rganishga asoslangan. Taniqli polyak olimi V. 
Okon “Osnovi problemnogo obucheniya” kitobida ta’kidlashicha, tadqiqotchilar 
o‘z ishlari davomida izlanish yo‘liga qanchalik yaqin bo‘lsa, shuncha yaxshi 
natijalarga erishadilar [2]. Rus mutaxassislari (T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, 
Z.I.Kalmikova va boshqalar) turli xil modifikatsiyalarda muammoli ta’lim uchun 
psixologik asoslarni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Mualliflarning fikriga ko‘ra, 
«muammo o‘quvchilarga kognitiv vazifa va o‘qituvchi yoki o‘quvchilarning 
bevosita ishtirokida uni hal qilish yo‘llarini va usullarini mustaqil hal qilishni 
o‘rgatadi. Ular faraz qiladilar, to‘g‘riligini tekshirish usullarini rejalashtiradi va 
muhokama qiladilar, bahslashadilar, tajriba o‘tkazadilar, kuzatadilar, natijalarni 
tahlil qiladilar, asoslaydilar va isbotlaydilar» [7]. Bularga, masalan, qoidalar, 
qonunlar, formulalar, teoremalar, matematik formulalar va ifodalarning mustaqil 
ravishda qayta isbotlash, geometrik teoremani isbotlashning yo‘lini kashf etish 
muammolari kiradi.
Muammoli ta’lim bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi: 
1) umumiy muammoli vaziyatni anglash; 
2) uning tahlili, ma’lum bir muammoni shakllantirish; 
3) muammoni hal qilish (farazlarni aniqlash va asoslash, ularning tekshirish); 
4) muammoni yechimini to‘g‘riligini tekshirish.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə