|
“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “E-learning” December-2020,Volume 4 issn2-181-1199“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” March-2022,volume 6,№1 ISSN2-181-1199maxmudova-dilfuza-meliyevna-2“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” March-2022,volume 6,№1 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
28
3) muammodagi ma’lum va noma’lum faktlarni bir – biriga bog‘lanishi.
Muttaxassislar ijodiy faoliyat turiga asoslangan muammolarni o‘rganishning
uchta turini aniqlaydi:
1) ilmiy ijod;
2) amaliy ijod;
3) badiiy ijod. Muammoli ta’limning asosiy maqsadi muayyan sharoitlarda
aqliy faoliyatni kuchaytirishdir.
Psixologlarning fikriga ko‘ra talabalar faoliyati, ular tajribasi va oldiga
qo‘yilgan muammolar orasidagi ziddiyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quv masalalarni
yechish jarayonida yuzaga keladi. Bu qarama-qarshilik faol aqliy harakatga olib
keladi. Muammoli ta’limdagi yana bir muhim masala - bu muammoli vaziyatni
yaratish jarayonidagi muttaxassislar fikri obyekt va subyekt orasidagi mantiqiy
munosabat, subyektning (talabaning) psixologik holati bilan bog‘liq bo‘lib,
masalani yechish jarayonida undan yangi, ma’lum bo‘lmagan bilimlar va
harakatlarni namoyish etish vazifasi sifatida oldiga qo‘yiladi [6]. Boshqacha
aytganda, muammoli vaziyat shunday vaziyatki, subyekt oldida turgan qiyin
masalalar yechimi qo‘shimcha bilimlar talab qiladi. Shu yetishmagan bilimlarni
talaba o‘zi topib ixtiro qilishi kerak bo‘ladi.
Natijada, muammoli ta’limning an’anaviylarga nisbatan bir qator
afzalliklarini eslatib o‘tamiz:
1) mantiqan, ilmiy, dialektik, ijodiy tarzda fikrlashni o‘rgatadi;
2) ta’lim materiallarini yanada aniqroq anglashadi, shuning uchun bilimlarni
mustahkamlaydi;
3) ko‘proq chuqur intellektual his-tuyg‘ularni, shu jumladan quvonchli
mamnuniyat hissi, ularning qobiliyatlari va qudratiga ishonchni his etishga olib
keladi, shuning uchun u talabalarni jalb qiladi, ulardagi ilmiy bilimlarga jiddiy
qiziqish uyg‘otadi;
4) mustaqil "ilmiy natijalar", osongina unutilmasligi va unutilgan taqdirda
qo‘lga kiritgan bilimlarni tezroq tiklash mumkinligi aniqlandi.
|
|
|