50
moddalarning molekulalaridagi zaryadlarning fazoviy joylashuvi har xil bo’lishi
mumkin. Agar molekulalarning barcha musbat yoki manfiy zaryadlarini bitta
umumiy manfiy va bitta umumiy musbat
zaryad bilan almashtirsak, mos ravishda
musbat va manfiy zaryadlarining og’irlik markazlarida joylashgan mazkur
zaryadlar fazoda bir-biriga mos tushishi yoki mos tushmasligi mumkin (2.9-rasm).
a) b)
2.9-rasm. Qutbli va qutbsiz dielektrik molekulalarining joylashishi
Fazoviy bir-biriga mos tushgan zaryadlar qutbsiz molekulaga ega bo’lgani
sababli, bunday molekulalardan tashkil topgan jismlar qutbsiz jismlar deyiladi.
Ikkinchi holda molekula tashqi elektr maydoni ta’sir etmagan holatda ham o’z
elektr momenti noldan farqli bo’lib,
dipol hosil qilgani sababli, molekula qutbli
hisoblanadi va ular asosida tashkil topgan jismlar qutbli jismlar deb ataladi.
Molekulaning elektr momenti quyidagicha aniqlanadi:
,
ql
Kl∙m
(2.18)
bunda
q
-molekulaning jami musbat (yoki unga son jihatdan teng bo’lgan jami
manfiy)
elektr zaryadi,
Kl
;
l
- dipol yelkasi,
m
.
41
Qutbli molekulaning elektr momenti
10
-30
Kl∙m atrofida, qutbsiz molekulaniki
esa
l=0
bo’lgani sababli
=0
bo’ladi.
Jismning elektr xossasidan qat’iy nazar, uning qutbliligi molekulaning
kimyoviy tuzilishi orqali aniqlanadi. Simmetriya markazi bo’lganda,
simmetrik
ravishda joylashgan molekulalar qutbli bo’ladi. Bir atomli molekulalar
(He, Ne,
41
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 47-bet
51
Kr, Xe)
va ikki atomli gomeoqutbli bog’lanishli
(H
2
, Cl
2
va hokazo) molekulalar
qutbsizdir. Ion bog’lanishli molekulalar qutbli boglanishlar
qatoriga kiradi
uglevodorodli moddalari esa qutbsizdir. Masalan, qutbsiz bog’lanishli moddalarga
parafin, serezin, polipropilen,
poliizobutilen, polistirol, eskapon,
neftli izolyatsiya
moyi va hokazolar, qutblilariga
esa polivinilflorid, sellyuloza va uning
mahsulotlari fenolformaldegid va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: