«elektrotexnika»


Nosinusoidal tok, kuchlanish va EYuKlar haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 157,43 Kb.
səhifə16/44
tarix28.11.2023
ölçüsü157,43 Kb.
#136896
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika» fakulteti-hozir.org

1.Nosinusoidal tok, kuchlanish va EYuKlar haqida umumiy tushunchalar.
Elektrotexnikada ko`pchilik hollarda davriy nosinusoidal toklar bilan ishlashga to`g’ri keladi. Ko`pkina hollarda nosinusoidal o`zgarishlar davriy hisoblanadi, qachonki ma`lum T vaqt oralig’idan so`ng barcha o`zgarish jarayonlari takrorlanadi. Bunday davriy o`zgaruvchi murakkab tok tizimi matematik jihatdan turli chastotali va turli boshlang’ich fazali sinusoidal toklar yig’indisi ko`rinishida ifodalanish mumkin. Nosinusoidal tokni ayrim tashkil etuvchilari garmoniklar deb ataladi. Quyida rasmda misol tariqasida bir hil boshlang’ich fazali birinchi va uchinchi garmoniklardan tashkil topgan murakkab tok grafigi ko`rsatilgan. Murakkab tok doimiy tashkil etuvchiga (nul garmonikaga) ega bo`lishi ham mumkin. Parametrlari tokka bog’liq bo`lmagan chiziqli zanjirlarda har qaysisiga Om qonunini qo`llash mumkin bo`lgan gormonik tashkil etuvchilarni har biri

24-rasm. Nosinusoidal tok.


uchun mustaqil tok va kuchlanishlarni hisoblab topish mumkin. Mabodo, zanjir parametri va qo`yilgan kuchlanish garmoniklari berilgan bo`lsa har qanday garmonikali tok Ik=UkZk Yig’indi (summa) tok ayrim garmonik tashkil etuvchilarni faza siljishlarini hisobga olgan holda topiladi. Tokni amaliy qiymati quyidagi formuladan topiladi: E.Yu.K. va kuchlanishlarni amaliy qiymatlari uchun ham formulalar bir hil topiladi. Nosinusoidal tokni aktiv kuvvati bunda Po=Io∙Uo; Pk k0 da quyidagi formula bilan ifodalanadi: Pk=UkIkCosk
2. Elektrik filterlar haqida tushunchalar, nosinusoidal I, U larni filterlar yordamida tekislash.
Chastota ortganda induktiv qarshilik ortadi, sig’im qarshilik kamayadi: Induktiv qarshilikda tok kuchlanishidan faza bo`yicha 90o orqada qoladi, sig’im qarshilikda esa kuchlanish tokdan 90o burchakka orqada qoladi. Reaktiv qarshiliklarni bu hususiyatlari amalda turli vazifalarni bajaruvchi elektrik filtrlarni tuzishda ishlatiladi: Demak, filtr manbaa bilan iste’molchi orasida joylashadi. Quyilgan vazifalarga qarab filtrlar quyidagilarga bo`linadi;
1)Past chastotali, ular 0 dan mahlum f chastotagacha bo`lgan toklarni o`tkazadi.
2)Yuqori chastotali ular mahlum chastotadan yuqorilarinigina o`tkazadi.
3)Polosali filtr–ular f1 dan f2 gacha bo`lgan chastotali tokni o`tkazadi.
4)To`suvchi filtrlar, ular chastotasi f1 dan to f2 gacha bo`lgan toklarni o`tkazmaydi.
Tuzilishi bo`yicha filtrlar har hil ulanishga ega bo`lgan induktivlik va sig’imlaridan tashkil topgan to`rtqutbliliklarni eslatadi. Past chastotali filtrlar zanjirda induktivlik ketma-ket sig’im esa parallel ulangan bo`lishi lozim, shundagina bunday filtrlar f1 dan 0 gacha bo`lgan chastotali toklarni o`tkazib, f1 dan yuqori chastotali toklarni o`tkazmaydi.

25-rasm: Past chastotali filtrlar.


Aytib o`tilgandek, past chastotali toklar uchun induktivlik kichkina qarshilikni hosil qila-di, yuqori chastotali uchun esa katta qarshilik. Sig’im esa uni teskarisi, katta chastotali toklar uchun u kichik qarshilik hosil qiladi. Shuning uchun u yuqori chastota bo`yicha iste` molchini shuntlaydi, ya`ni yuqori chastotali toklarni o`zi orqali o`tkazib yuboradi. Past chastotali filtrlar o`zgaruvchan tokni to`g’rilashda qo`llaniladi, ya`ni ular toknio`zgaruvchi qismini kamaytirish uchun kerak bo`ladi. Shuning uchun ular tekislovchi deb ham ataladi.

Yüklə 157,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə