«elektrotexnika»


-Mavzu. Bir fazali o`zgaruvchan tok elektr zanjirlari



Yüklə 157,43 Kb.
səhifə10/44
tarix28.11.2023
ölçüsü157,43 Kb.
#136896
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika» fakulteti-hozir.org

3-Mavzu. Bir fazali o`zgaruvchan tok elektr zanjirlari
3.1. O`zgaruvchan elektr toki, bir fazali sinusoidal o`zgaruvchan tok
Yo`nalishi va qiymati davriy ravishda o`zgarib turadigan har qanday tok, o`zgaruvchan tok deyiladi. O`zgaruvchan tok vaqt bo`yicha ma`lum qonun asosida o`zgarib turadi, ya`ni tokning qiymati vaqtning funktsiyasidir. Sanoatda va turmushda foydalaniladigan o`zgaruvchan tok, sinusoidal qonun bo`yicha o`zgaradigan tokdir. Sinusoidal qonun bo`yicha o`zgaradigan EYuK, tok va kuchlanishlar sinusoidal o`zgaruvchan kattaliklar deyiladi. O`zgaruvchan tok quyidagi turlarga ajratish mumkin:

9-rasm: O`zgaruvchan tokning turlari.




1. vaqt birligi ichida faqat miqdorini o`zgartiradigan o`zgaruvchan toklar,
2. vaqt birligi ichida ham miqdori ham yo`nalishi o`zgartiruvchi o`zgaruvchan toklar,
3. vaqt birligi ichida pulsatsiyalanib o`zgaradigan o`zgaruvchan toklar.
4. vaqt birligi ichida sinusoidal qoida bo`yicha o`zgaradigan o`zgaruvchan toklar.
Bu tokni yuqori kuchlanish bilan uzoq masofalarga uzatish hamda o`zgaruvchan tokka ishlovchi mashina va apparatlarni (transformatorlar, asinxron va sinxron motorlar)ni ishga
tushirishda qo`llash mumkin.
3. 2. O`zgaruvchan tok haqida tushuncha, sinusoidal EYuKni hosil qilish
Sinusoidal o`zgaruvchan tok asosan elektrostantsiyalarda bug’ va gidravlik turbinali generatorlar yordamida hosil qilinadi. Mazkur generatorlarning ishlash prinspi elektromagnit induktsiyasi qoidasiga, elektromagnit kuch qonunlariga asoslangan: Stator chulg’amiga mahsus pazlar o`yilgan bo`lib bu pazlarga mis chulg’amlar joylashtiriladi: Rotor o`zgarmas magnit yoki elektromagnitning bir turi bo`lib, generatorning asosiy magnit maydonini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Kuchli generatorlarning rotori, elektromagnit rejimida ishlaydigan qilib tayyorlanadi, bunda u hosil qilgan magnit

maydonini oqimini boshqarish mumkin bo`ladi. Sinusoidal o`zgaruvchan kattaliklarni harakterlovchi quyidagicha parametrlari mavjud. Davri,chastotasi,ampletudasi va faza siljishi. Davr deb yo`nalishi va kattaligi jihatidan bir marta to`la o`zgarishiga aytiladi.



Yüklə 157,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə