«elektrotexnika»


Chastota deb bir sekund ichida to`la o`zgarishlar soniga aytiladi. Amplituda



Yüklə 157,43 Kb.
səhifə11/44
tarix28.11.2023
ölçüsü157,43 Kb.
#136896
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika» fakulteti-hozir.org

Chastota deb bir sekund ichida to`la o`zgarishlar soniga aytiladi. Amplituda deb musbat
va manfiy yarim sharlarda parametrning erishgan eng katta qiymatlariga aytiladi.

12-rasm. Sinusoidal kattaliklarni o`zgarishi.




Faza siljishi deb chastotasi bir hil bo`lgan ikkita o`zgaruvchan tok orasidagi davrlarining boshlanish momentlarini bir-biriga to`g’ri kelmasligiga aytiladi. I=Imsint U=Umsint bu yerda: Im – sinusioidal tokni maksimal qiymati. Umsinusioidal kuchlanishni
maksimal qiymati.  = - burchak chastatasi.
3. 3. Sinusoidal tok zanjirida aktiv, induktiv va sig’im iste’molchilari
O`zgaruvchan tok zanjiri iste’molchilari ideallashtirilgan holatda shu turlarga bo`linadi.
1) aktiv iste’molchilar – ular elektr energyasini o`ziga qabul qilib uni faqat issiqlik yoki yorug’lik energiyasiga aylantirib beradi. Harakterlovchi kattaligi qarshiligi va o`tkazuvchanligi bo`ladi. Birligi Om larda o`lchanadi. R
2) induktiv iste’molchilar – ular elektr energiyasini o`ziga qabul qilib uni magnit maydon energiyasiga aylantirib beradi. Harakterlovchi kattaligi magnit singdiruvchanligi hisoblanadi. Birligi Gn larda o`lchanadi. L
3) sig’im iste’molchilari – ular elektr energiyasini o`ziga qabul qilib uni elektr maydon energiyasiga aylantirib beradi. Harakterlovchi kattaligi sig’imi hisoblanadi.
Birligi Farada larda o`lchanadi. С Elektr tokini o`lchov birligi qilib o`tkazgichning ko`ndalang kesimidan bir sekundda o`tgan elektr miqdori qabul qilingan. bu yerda: I–tok kuchi, Q-o`tkazgichning ko`ndalang kesimi, t-vaqt birligi.
Aktiv qarshilik induktiv va sig’im qarshiliklar o`zgaruvchan tok elektr zanjirlarining parametrlari hisoblanadi. Masalan cho`g’lanish elektr lampalari, qarshilik elektr pechlari, rezistorlar aktiv qarshiliklar, salt ishlayotgan transformator induktivlik, yuklamasiz kabel
esa sig’im bilan ko`rsatiladi. 13-rasm: Aktiv qarshilikli zanjir.
14 – rasm. Induktiv qarshilikli zanjir.

15-rasm. Sig’im qarshilikli zanjir.


16-rasm: Induktiv va sig’im qarshilikli zanjirning I va U lari bog’lanishi grafiklari.


Iste’molchilarni birining ohirgi uchiga ikkinchisining boshlang’ich nuqtasini ulab zanjirni yopilishi, kema-ket ulash deyiladi. Iste’molchilarni barchasini boshlang’ich uchlarini bir nuqtaga va ohirgi uchlarini boshqa nuqtaga birlashtirilishi parallel ulash deyiladi.


a) ketma-ket ulash

17-rasm: Qarshiliklari ketma-ket va parallel ulangan prinsipial sxemasi.




Yüklə 157,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə