Emom o'zbek doc



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə39/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104

36-§. Joyni bilish


5-6 yoshdan bolalarda chap va o'ng qo'lni farq qilish, o'ziga nisbatan narsalar qay yo'nalishda (yuqorida, pastda, oldinda, orqada, chapda, o'ngda) joylashganini aniqlash ko'nikmasi mustahkamlanib boriladi. Shu maqsadda o'rta guruh bolalari uchun tavsiya etilgan o'yin mashqlari qo'llaniladi. Kim qayerda turibdi, top?, Nima
qayerda, top?, Qo'ng'iroq qayerda chalindi, top? va boshqalar. Bu o'yinlarni matematika mashg'ulotlarida, shuningdek, o'yin vaqtida ham o'tkazish mumkin. Bu narsalar sonning ortishi bilan ifodalanib, bunda bola aniqlashi mumkin bo'lgan joy, shuningdek, bola bilan narsa o'rtasidagi masofa nazarda tutiladi. Bolalarni asta-sekin o'zlaridan uncha uzoq bo'lmagan masofada turgan har qanday narsaning yo'nalishini aniqlashga o'rgatilib boriladi. Bolalarga narsalarga nisbatan qay yo'nalishda ekanligini aniqlashni o'rgatibgina qolmay, balki aytilgan vaziyatni mustaqil ravishda vujudga keltirishga ham o'rgatiladi. Masalan:
,,Shunday, Jahongir orqangda, Jasur esa oldingda bo'lsin, chap ornoningda stol, o'ng tomoningda doska bo'lsin". Pedagog biyachi) harakatlar yo'nalishini aniq belgilash uchun musiqa, Jisrnoniy tarbiya mashg'ulotlarida qo'shimcha foydalanadi. Balandga, oldinga, orqaga, chapga, o'ngga va hokazo.
Mo'ljal olishga old topshiriqlar soni asta-sekin oshirib boriljk takliflar tartibi ham o'zgartiriladi. Awal bolalar faqat juft, oldinga-orqaga, o'ngga-chapga kabi yo'nalishlarni aniqlasa keyinchalik esa ular yo'nalishlarni xohlagan: oldinga-o'ngga chapga-orqaga va hokazo tartibda bajaradilar. Bolalarning piyoda yiiruvchilarning o'ng va chap yo'nalish, .Jarini mo'ljal qila olish ko'nikmasi bilan bog'liq bo'lgan ko'chada Upish qoidasini egallab olishlari uchun quyidagi o'yinlar tavsiya etiladi: ,,Ko'chadan kesib o'tish qoidasiga rioya qil" va hokazo.
Bolalarni aytilganlar bo'yicha harakat qilib, yo'nalishlarni aniqlashga o'rgatish muhimdir. Shu maqsadda quyidagi o'yinlar tavsiya etiladi: ,,Nog'orani chal". Bolalar tarbiyachining ko'rsatrna siga binoan ko'zni yumib, narsa tomon boradilar: ,,Oldinga ikki qadam tashla, chapga buril, uch qadam tashla" va hokazo". Awal topshiriqlar sonini 2-3 ta bilan cheklash, keyinroq esa ularning sonini 4-5 tagacha yetkazish mumkin. Bolalar narsalarning qog'oz varag'iga, polga, joyga nisbatan joylashishini bildiruvchi aniq so'zlardan foydalanishlari kerak. Bolalar matematika mashg'u lotlarida u yoki bu fazoviy bog'lanish hamda munosabatlar haqida dastlabki tasawurlarni hosil qiladilar. Ular kun davomida xilma-xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foyda-
lanadilar: o'rin-ko'rpalarni yig'ish, ertalabki gimnastika, yuvi: ertalabki nonushta va hokazolar. Sutka, qismlar haqidagi tasawurlarni aniqlashda didaktik o'yinlar, masalan, ,,Tun va kun" o'yini yordam beradi.
,,Kecha", ,,bugun", ,,ertaga" kabi vaqt belgilarining o'zga ruvchanligi va nisbiyligi bolalarga ularni o'zgartirishlarida qichilik tug'diradi. Besh yoshli bolalar bu so'zlarni yanglishtir Pedagog (tarbiyachi) muayyan so'zlarning mazmun ahami; ochib berish uchun bolalarga quyidagi savollarni beradi: bilan kecha qayerda bo'ldik?", ,,Saylga qachon borgan e ,,Bugun qanday mashg'ulot o'tamiz?", ,,Bizda rasm bo'yicha mashg'ulot qachon bo'ladi?" va hokazo.
Bolalar aylana bo'lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla vaqtni aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, bola biror sonni aytib, koptokni boshqa bolaga uzatadi. Kim koushlab olsa, o'sha bola tegishli vaqtni aytadi. asalan, tarbikoptokni tashlab: ,,Biz tabiatda sayr deydi. Bola esa ko;
ushlab olib: „ Kecha" — deb jumlani tugatadi. „ Matematika bo'yicha mashg'ulot.. bo'ladi", ,,bugun". ,,Biz.. rasm chizamiz" va hokazo.
Mashg'ulotlardan birida bolalar odamlar so'zlashuvda ishlata digan kun so'zi biri ikkinchisi bilan almashinib turishini bilib oladilar. Shunday kunlardan yettitasi bir haftani tashkil etadi. Hafta kunlarining izchilligi har doim birdek: dushanba, seshanba, chorshanba...
Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining aniq mazmuni Wan bog'laydilar. (Chorshanba kunlari bizda matematika vajismoniy tarbiya mashg'ilotlari, payshanba kunlari...)
Endilikda bolalar har kuni ertalab hafta kunlarining nomini, stluningdek, kecha haftaning qaysi kuni, ertaga qaysi kuni ekanligini Matematika mashg'ulotlarida vaqti- vaqti bilan bolalarga hi kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oljj va keyin qanday kun kelishini aytish. Pedagog (tarbiyachi): ,,Qaysi kunlari rasm chizish mashg'uloti? Muzika mashg'uloti-chi? Chorshanba kuni qayerga borgan edik?", — kabi savollarn almashtirib turadi.
Hafta kunlarining almashinishini kuzatib borish bolalarda rorli vaqtning o'zgaruvchanligi haqida tushuncha hosil bo'lishiga
ig harakat mazmunini: kun ketidan kun, hafta ketidan hafta kelishini ochib berishga imkon yaratadi.
Shu bilan bir qatorda bolalarga, tarixiy obidalar va ularni ertalab quyosh nurida tovlanib chiroy berishi, kun bo'yi paxta dalasida paxta terish, bog'da uzum yoki mevalar terish, uy jihozlari, ishlatiladigan asboblar, respublikamiz markazida joylashgan Alisher Navoiy haykalining tungi yog'dusi to'g'risida suhbat mazmunida matematik tushunchalar tivojlantirilishi mustahkamlanadi. Bolalar bilan rasmlar orq'ali matematik tushunchalarni rivojlantiradigan suhbat olib boriladi.



Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə