-Biensāf! Mordim az gorosnegi. pas barāye ki negāh dāšte budi? - Bist tuman, yek quti
-Insofsiz! O‘ldik-ku ochdan. Unda kim uchun olib qo‘yding? -Yigirma tuman, bitta qutisi.
Shuningdek, ma’nosini toraytirgan ba’zi bir o‘zlashmalar ham borki, ularning uch-to‘rttagacha ma’nolari fors tiliga o‘zlashgan bo‘lishi mumkin. Bunday so‘zlar odatda turkiy tillarda juda ko‘p ma’noni anglatuvchi so‘zlar hisoblanadi. Masalan, قاجا ojāγ so‘zi ana shunday so‘zlardandir, bu so‘z turkiy tillarda juda ko‘p ma’noga ega: ‘o‘choq’, ‘pech’, ‘kamin’, ‘markaz’, ‘oila’, ‘uy’ (masalan, “ota uyi”), ‘nasl-avlod’, ‘shajara’, ‘kon’. Fors tilida esa uning ‘ochoq’, ‘pech’ ‘kamin’, ‘nasl-avlod’ kabi ma’nolari o‘zlashgan. Masalan:
خیمزا هرجنپ كيدزن هك روش ىهام ىتح ٬ىلگ قاجا ٬فورظ ىنیس ٬ىروق و روامس ٬راويد ورد .118دادىیم ناشن وا هب ار ىزیمآ شسرپ و هدز تریح ىامیس همه ٬دوب هتخيوآ
Dar-o divār, samavār va γuri,sini-ye zoruf, ojāγ geli, xattā māhi-ye šurke,
nazdik-e panjare āvixte bud, hamme simā-ye heyrat zade va porsešomizrā be u nešān midād.
117 Ҳазратқулов Ж.Е., Абдусаматов М.Ш. Эрон адабиёти хрестоматияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 1992. –Б. 46.
118 Ko‘rsatilgan asar. – B. 54.
78
Eshik va devor, samovar va choynak, loy o‘choq, patnis, hatto deraza
yaqinidagi mixga osilib turgan sho‘r baliq – hammasi unga hayrat va savol aralash
yuzini ko‘rsatar edi.
تردام زا دناوداج نیمزرس نيا یيارحص نايرپ
٬یيايرد یاه غارچ ٬اه قاجا موصعم شکدود
119!سرپب
Dudkaš-e masum-e ojāγha, čerāγhā-ye daryāyi, pariyān-e sahrāyi-ye in sarzamin jāduand. Az mādarat bepors!
Kaminlarning o‘chgan mo‘rilari, mayoqlar, bu yerning sahro parilari jodulangan. Onangdan so‘ra!
120مراد قاجا یور اذغ نم ٬تباوخرس درگرب :تفگ نزریپ. Pirzan goft: “Bar gard sar-e xāb, man γazā dāram ru-ye ojāγ”.
Qari kampir dedi: “Qaytib uxlayver, pechda ovqatim bor”.
.121؟دنروك قاجا ايآ ٬دنتسین دنزرف بحاص مهزونه اهنآ ارچ Čerā ānhā sāheb-e farzand nistand, āyā ojāγ-e kurand?
Nega ularning farzandlari yo‘q, befarzandmilar?
Yuqoridagi misollarda hozirgi fors tilidagi ma’nosi toraygan turkiy o‘zlashmalarning bir, ikki va to‘rttagacha ma’nolarining o‘zlashishini kuzatib chiqdik.
Dostları ilə paylaş: |