Ergasheva Elnora Oltiboy qizining ijodiy faoliyati bo`yicha taqriz ergasheva Elnora Oltiboy qizi



Yüklə 17,98 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü17,98 Kb.
#144836
Taqriz 111




Ergasheva Elnora Oltiboy qizining ijodiy faoliyati bo`yicha
TAQRIZ
Ergasheva Elnora Oltiboy qizi Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Agrobiologiya fakulteti, agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi 3-bosqich talabasi. Ergasheva Elnora Oltiboy qizi o‘qishi mobaynida o‘zining zukkoligi, tirishqoqligi, tashabbuskorligi, vatanparvarligi, fidoyiligi, jonkuyarligi, innovatsion g‘oyalari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. U o`ziga yuklangan har bir ishga ma’suliyat bilan yondashadigan va jamoat ishlarida faol talabadir.
Ergasheva Elnora Oltiboy qizi o‘zining tirishqoqligi bilan ustozlarining e’tiborini qozonib kelmoqda. Shu bilan birgalikda qisqa vaqt mobaynida iqtidorli talabamiz ilmiy sohada va boshqa bir qancha sohalarda juda katta yutuqlarni qo‘lga kirita oldi. Jumladan:
Ergasheva Elnora shu kungacha 3 ta xorijiy jurnallarda maqolalar chop ettirdi.
Issiqxona Tashkil qilish bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish”mavzusida maqola chop etildi.
“Insonni qadrlash-eng oliy tushuncha”
Chigitlarni bentonent loyqasi bilan kapsulalab ekishning ahamiyati” mavzusida maqola chop etildi.
Bundan tashqari Ergasheva Elnora yaxshi xulq atvori va jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turadi.
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutda va viloyat miqiyosida o’tkaziladigan “Milliy madaniyatni targ’ib etuvchi” tadbirlarda faol qatnashgan.Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tqazish maqsadida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta'lim yo'nalishi talaba qizlari o'rtasida Zakovat intelektual o'yini bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarda "Bilimdonlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. O’tkazilgan zakovat intelektual o'yinida Ergasheva Elnora faol qatnashdi. Bundan tashqari Ergasheva Elnora TTJdagi qizlarni bo`sh vaqtidan unumli foydalanishi uchun ularga chevarchilik sirlaridan dars berib kelmoqda.Hamda sovunlardan turli xil iforli gullarni yasash, tikuvchilik, pazandachilik, tennis sport turidan yaxshi natijalarga erishganligi, kampyuter
bo`yicha yaxshi bilimga egaligi bilan tengdoshlariga o`rnak bo`lib kelmoqda.
Turli xil stipendiyalarda ham faollik bilan qatnashdi. Xususan, “Viloyat hokimi stipendiyasi” ning 2023-yil bahorgi mavsum g‘olibi bo‘lishi bilan bir qatorda, tadbirkorlikning tikuvchilik yo‘nalishida juda ko‘p natijalarga erisha olgan. Ilmiy va innovatsion loyihalar ko‘rik tanlovlarida ham juda faol ishtirok etib kelmoqda.
Ergasheva Elnora Oltiboy qizi innovatsion g‘oyalari asososida ilmiy izlanishishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlanishlari natijasida viloyat va respublika miqyosida tashkil etilgan tanlovlarda faol qatnashib, respublikamizda hamda xorijiy davlatlarda ilmiy anjuman, konferensiya va jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilib kelinmoqda. Shu bilan birga
Ergasheva Elnora Oltiboy qizi yuqoridagi ilmiy va ijodiy yutuqlarini inobatga olib,kelajakda mustaqil O`zbekistonimizning ravnaqi uchun hamda olib borayotgan ilmiy izlanishlari mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qo‘shadi va talabani “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga munosib nomzod deb hisoblaymiz hamda tavsiya etamiz.


Tarix fanlar bo`yicha
falsafa fanlar doktori (PhD) N.Begamova
Yüklə 17,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə