Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-BOB. MARKETING ASOSLARI FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

1-BOB. MARKETING ASOSLARI FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA 
VAZIFALARI 
 
1.1.“Marketing asoslari” fanining predmeti, ob’ekti va vazifalari 
 
Bugungi kunda mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida uchraydigan 
muammolarni, ularda zamonaviy marketing tizimini samarali tashkil etish orqali 
echish vazifasi turibdi. 
Marketing tizimi korxonalarni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli 
(ya’ni foyda olinadigan bozorlar ulushiga ega bo‘lish) sifatida qarashga alohida 
e’tibor beradi. 
Marketing strategiyasi - korxona imkoniyatlarining tahlili, maqsadlarni tanlash, 
rejalarni ishlab chiqish, marketing chora- tadbirlarini amalga oshirish va ularni 
ro‘yobga chiqarishni nazorat qilish jarayonidir. 
Zamonaviy sharoitlarda marketing integratsiyalashgan tizimga aylanishi kerak. 
Bu degani, tizim faoliyati natijasi yuqori bo‘lishi uchun, u faqatgina marketing 
bo‘limi faoliyati bo‘libgina qolmay, u yoki bu darajada korxonaning barcha 
bo‘limlarini qamrab olishi lozim. Korxonaning raqobatdosh bo‘lmog‘i uchun, 
faqatgina - marketing uning biznes - strategiyasini harakatga keltiruvchi kuch bo‘lishi 
kerak. 
Marketing tizimi bozorni korxonaning xo‘jjalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, 
ya’ni u uni u erda namoyon bo‘lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. SHu tufayli 
barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u 
erda harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak.
Hozirgi vaqtda zamonaviy biznesni asosiy muammosi bu tovarlar tanqisligi 
emas, balki iste’molchilar tanqisligidir. SHu sababli zamonaviy marketing tizimining 
asosiy vazifasi – bu mijozlar uchun zarur bo‘lgan qiymatni (iste’mol qimmatini) 
yaratish va mijozlar bilan foydali bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. 
Demak, zamonaviy marketing asoslarini predmeti faqat mijoz uchun oliy 
iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovarni yaratish va mijozlar bilan foydali 
munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. 


18 
Marketing – bu alohida shaxslar va shaxs guruhlari muhtojligi va ehtiyojlarini 
tovarlar hamda iste’mol qimmatlari orqali ayirboshlashga qaratilgan ijtimoiy va 
boshqaruv jarayonidir.
Zamonaviy marketing iste’molchilarni hohish va muhtojliklarini aniqlashdan 
boshlanib, ushbu korxona qaysi maqsadli bozorlarga samarali xizmat ko‘rsatib va 
ajoyib qimmatni taklif etib, ular asosan korxona maqsadli iste’molchilarini egallab 
hamda ushlab qolib, shuningdek, sonini ko‘paytirishga erishish bo‘yicha qaror qabul 
qilishdir. Agar korxona mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli echsa, u ma’lum 
miqdordagi bozor ulushiga, foydaga va mijoz kapitalini egallashga erishadi. 
Hozirda 
O‘zbekistonda raqobat bozori sharoitida korxonalar amaliy 
faoliyatining muhim bo‘lagi hisoblangan marketing tizimiga bo‘lgan qiziqish keskin 
oshgan. Ammo, shu vaqtgacha ishbilarmonlar, tadbirkorlar orasida va jamiyatda 
marketing tizimi to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha hukmronlik qilmoqda. Ular 
marketingni asosiy vazifasi, ishlab chiqarishning mahsulotini sotishga yordam berish 
deb biladilar. Haqiqatda esa, hammasi buning aksidir, ya’ni ishlab chiqarish 
marketingga yordam berish uchun mavjuddir. 
Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni engil sotish san’ati emas, balki u 
iste’molchiga qimmatli bo‘lgan narsani berib, uni hayotini yaxshilashga yordam 
berishdir. 
Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi bo‘yicha etarli bilim va tajribaga 
ega bo‘lmaganligi sababli, ular xo‘jalik, tijorat hamda boshqaruv vazifalarini 
echishda tor doiradagi yondashuvlardan foydalanmoqdalar. Bu esa korxonalar 
faoliyati samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda zamonaviy marketing ko‘p xarajatli tizimga aylandi, shu tufayli 
korxonalar bozorni segmentlash masalalariga katta e’tibor qaratishlari lozim. Avvalgi 
davrlarda marketing asosiy e’tiborni mahsulotga qaratib, marketing strategiyasining 
maqsadi iloji boricha katta miqdordagi iste’molchilarni jalb etish bo‘lgan bo‘lsa, (ular 
kim bo‘lishidan qatiy nazar soni ko‘p bo‘lishi kerak) bugungi kunda esa, asosiy 
faoliyat differensiatsiyalashgan ehtiyojlarni qondirishga jalb etilishi lozim (alohida 
bozorlar bo‘shlig‘iga yo‘naltirilgan marketing). 


19 
Bugungi kunda bozorni segmentlash vositasi orqali aniq iste’molchilar guruhi 
bo‘lgan korxona va tashkilotlar barqaror rivojlanmoqda. Ularni bozorda etakchi 
pozitsiyani egallashga, bozorni maqsadli segmentlarga ajratib, har bir mijozning 
ehtiyojini har tomonlama tadqiq etib, uni maksimal darajada qondirish yo‘llarini izlab 
topishlari sabab bo‘lmoqda. 
Iste’molchilar ehtiyojlarini maksimal ravishda tadqiq etish va avvaldan bilib 
olish uchun, marketing tadqiqotlariga ko‘p xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. Ideal 
sharoitda iste’molchilarga aynan shu mahsulot yoki uni ishlab chiqaruvchi korxona 
(kompaniya) ishqiboziga aylanishi kerak, shundagina uni mahsulotga nisbatan yuqori 
darajadagi ishonchi, yondashuvi haqida so‘z yuritish mumkin: “bugungi kunda 
barchaga oz bo‘lsada yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar mavjud emas, faqatgina 
kimgadir juda yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar bor”. 
Marketing – bu korxonaning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, u quyidagilarga javob 
berishi kerak, ya’ni: 
-iste’molchilarni qondirilmagan talab va ehtiyojlarini anqlash; 
-ularning hajmini va potensial foydaliligini son hamda sifat jihatidan baholash; 
-shu holat uchun eng maqbul bo‘ladigan maqsadli bozorlarni topish; 
-mazkur bozorlar uchun to‘g‘ri keladigan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish; 
-korxonani barcha xodimlarini mijozni manfaatlarini qondirish yo‘lida xizmat 
qilishga yunaltirish. 
Marketing – bu korxona faoliyatini belgilab beruvchi haqiqiy falsafadir. 
Bugungi kunda marketing bo‘limining bir o‘zi mijozlar bilan foydali munosabatlarni 
shakllantira olmaydi, marketing faoliyati bilan korxonaning barcha bo‘limlari va 
jamoasi shug‘ullanishi kerak. Marketing korxona tomonidan qabul qilinadigan 
quyidagi qarorlarga asosiy ta’sir o‘tkazadi: 
-korxona o‘z mijozlari sifatida kimlarni ko‘rishni hohlaydi; 
-u mijozlarni qanday ehtiyojlarini qondirishni hohlaydi; 
-o‘zini mijozlarini qanday mahsulotlarni va xizmatlarni taklif etmoqchi; 
-o‘zining mahsulotlari va xizmatlariga qanday narxlarni belgilamoqchi; 


20 
-o‘zining mijozlariga qanday murojaatlarni yo‘llashni va ulardan qanday 
murojaatlarni olishni hohlaydi; 
-shuningdek, ular bilan qanday hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishni hohlaydi. 
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayorlanayotgan mutaxassisliklar 
uchun “Marketing asoslari”- bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o‘rganadigan 
asosiy fandir. Marketing avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida 
jalb etadi. U korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. 
“Marketing” – bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, 
iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligi 
va raqobatchilarni o‘rganadigan fandir. 
Faqat “Marketing asoslari” fanigina hammamiz uchun juda murakkab bo‘lgan 
“raqobat” tushunchasini to‘g‘ri yoritadi. Raqobatni tushunib etish va uning 
qurshoviga tushganda ham dadil va samarali ishlashni o‘rganish zarur. 
“Marketing” fani shu bilan bir qatorda iste’molchi xulqini modellashtirish, tovar 
sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‘batlantirishni, reklama va bozorni chuqur 
o‘rganadi. 
Shu sababli, mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriat 
bosqichining hamma ta’lim yo‘nalishlarida “Marketing asoslari” fanini o‘qitish 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə