Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


- rasm. Marketing majmui dasturi jarayoni



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

6.4- rasm. Marketing majmui dasturi jarayoni 
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli turlarga 
bo‘linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va 
qisqa muddatli dasturlar. 
Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo‘linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha 
funksiyalarni savollarini echishga yo‘naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi 
mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o‘zlashtirish, firma siyosatini 
Narx 
Tovar 
Kommunikatsiyalar 
Taqsimot 
Boshqalar 
Marketing majmui elementlarining bir-biriga 
bog‘liqligi 
Marketing dasturining 
shakllanishi 
Marketing rejasi 


106 
rag‘batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga 
qaratiladi. 
Ob’ektga bog‘ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo‘yicha va ishlab 
chiqarish bo‘limi bo‘yicha bo‘lishi mumkin. 
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi quyidagi maqsadlarga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi: 

tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy 
nomenklaturasini aniqlash; 

innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash; 

chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha qaror 
qabul qilish; 

tovar ishlab chiqarishning tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish; 

ishlab chiqarishni ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlarni umumiy hajmi 
va ularning tuzilishini hisoblash; 

moliyalashtirish manbalarini topish; 

ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash; 

ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash; 

ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani prognoz qilish. 
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq ichki 
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan 
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo‘yicha 
marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatini jami ko‘rsatkichlari 
to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi. 
Mahsulot bo‘yicha marketing quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi: 

mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; 

mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko‘p variantli hisob-
kitobini o‘tkazish; 

yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini 
asoslash; 


107 

chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash; 

iste’molchilarni maqsadli bozorda ko‘zlagan maqsadlarini hisobga olgan 
holda har bir tovar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish; 

har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlar, narx va foydani solishtirish); 

maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‘xshash tovarlarini hisobga olgan 
holda har bir tovar bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə