Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi Ishning maqsadi



Yüklə 243,21 Kb.
səhifə3/4
tarix14.05.2023
ölçüsü243,21 Kb.
#110289
1   2   3   4
Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi Ishning maqsadi

AMALIY QISM
Elektr o‘tkazuvchanlikni aniqlash uchun Kolraush-Uitston ko‘prigidan foydalaniladi.






Kolraush ko‘prigi:
AB- reoxord;
R1 i R2- ko‘prik elkalari;
C- xarakatlanuvchi kontakt;
T- nol-asbob (ossillograf);
RM-magazinlar qarshiligi;
Rx-elektrolit eritmasi solingan idish.

Elektrolit konsentratsiyasini o‘zgartiruvchi va elektrodlarning qutblanishini keltirib chiqaruvchi elektroliz jarayonining oldini olish maqsadida tovush chastotasiga ega bo‘lgan generator yordamida yuqori chastotali tok ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik (omik qarshilik) R dan tashqari reaktiv qarshilik RCL ham mavjud, u o‘z navbatida sig‘im (c) va induktiv (L) qarshiliklardan iborat. Zanjirning to‘la qarshiligi impedans deyiladi. Ushbu holda muvozanat qarshiliklarning nisbati (1) bilan emas, balki impedanslarning nisbati bilan belgilanadi. Reaktiv qarshilikni maksimal kamaytirish uchun ulash simlarini qisqa olish, kontaktlarni yaxshilab tozalash va payvandlash, ko‘prik zanjirlarini ekranlash va ekranni erga ulash kerak. Ammo ushbu tadbirlar elektr yacheykasining sig‘im qarshiligini batamom yo‘qota olmaydi, lekin sig‘im qarshiligi aktiv (omik) qarshilikka nisbatan juda kichik bo‘lganligi sababli, hisoblashlarda (3) tenglamadan foydalaniladi. Sig‘im qarshiligini batamom yo‘qotish mumkin bo‘lmagani uchun ossillograf ekranidagi sinusoidning minimal amplitudasiga javob beruvchi tok kuchining eng kichik qiymatini beruvchi C konstantning holati topiladi.





  1. Idish doimiysini aniqlash

Yuzasi 1 sm2 va orasidagi masofa 1 sm bo‘lgan ikki elektrod orasidagi ionlarning o‘tkazuvchanligi solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Lekin aslida elektrodlarning atrofidagi ionlar ham elektr tokini o‘tkazishda qatnashgani uchun elektr o‘tkazuvchanlik solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikka teng bo‘lmasada, unga proporsional bo‘ladi. (3) tenglamadagi proporsionallik koeffitsienti k idish doimiysi deyiladi, uning qiymati /s nisbatga bog‘liq. Idish doimiysini topish uchun solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi aniq bo‘lgan standart elektrolit eritmalarning (KCl, NaCl) bir necha konsentratsiyadagi qarshiliklari o‘lchanadi va k ning qiymati (4) tenglamadan hisoblanadi. Idish doimiysini topish uchun eritmalar 0,02 N li KCl eritmasini ketma-ket suyultirish 0,01; 0,005; 0,001 bilan tayyorlanadi. Barcha tajribalarda idishdagi eritmaning hajmi bir xil bo‘lishi shart. Idish distillangan suvda, keyin 2-3 marta o‘rganilayotgan konsentratsiyali eritmada chayiladi. So‘ngra idishga 20 ml 0,02 N li KCl eritmasi pipetka yordamida quyiladi, bunda elektrodlar eritmaga to‘liq botirilganligiga iqror bo‘lish lozim. Eritma solingan idish o‘lchash sxemasiga ulanadi, 10-15 min. davomida termostatlangandan so‘ng o‘lchashlar boshlanadi.
Harakatchan kontaktni reoxordning o‘rtasiga qo‘yib, magazinlar qarshiligi yordamida CD diagonalidan minimal tok o‘tishiga erishiladi. Bu sharoitda (2) tenglamaga muvofiq RM ning qiymati Rx ga teng bo‘ladi, chunki l2/l1=1. So‘ngra RM ning qiymatini 10-15% ga kamaytirib yoki ko‘paytirib, harakatchan kontakt yordamida CD diagonalidagi tok kuchining minimal holati topiladi. Bunday o‘lchashlar tajriba xatosining kam bo‘lishini ta’minlaydi. Elektr o‘tkazuvchanlikni hisoblash uchun Rx ning o‘rtacha qiymatidan foydalaniladi. Juda kichik konsentratsiyalarda elektrolitning elektr o‘tkazuvchanligi suv (æ 510-6Smsm-1) bilan solishtirarli bo‘lib qolgani uchun, hisoblarda buni e’tiborga olish zarur: æ0= æeritma- æ . Tajriba natijalari 1-jadvalga yoziladi.



Yüklə 243,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə