Eritmalarning zamonaviy nazariyalari. Reuliyar va atermal eritmalar


Eritma – erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir



Yüklə 15,1 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü15,1 Kb.
#166629
1   2   3   4

Eritma – erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir.


Eritmada modda molekula yoki atom o‘lchamlarida bo‘lgani uchun erituvchi molekulalari orasida taqsimlangan va tarqalgan bo‘ladi.

Bu eritma tiniq, filtrdan o‘tganda hech narsa qolmaydi. Bunday eritmalar haqiqiy eritmalar deb ataladi.


Eritmalar suyuq, qattiq, gazsimon bo‘ladi. Suyuq eritmalarga: tuz, qand, spirtning suvdagi eritmasi; qattiq eritmalarga: metallarning qotishmalari, tilla buyumlar, duralumin; gazsimon eritmalarga: havo yoki gazlarning boshqa aralashmalari misol bo‘ladi.
tuz
qand

Eritmalar hosil bo‘lishida issiqlik yutilishi yoki chiqishi kuzatiladi. Eritmalar elektr tokini o‘tkazishi yoki yaxshi o‘tkazmasligi mumkin.


Eritmalar mexanik aralashmalarning ham, kimyoviy birikmalarning ham xossalariga ega bo‘ladi.

Eritmaning massasi, hajmi va zichligi asosidagi bog‘lanish quyidagi formulaga mos keladi. m = V ⋅ ρ. Bunda m – eritma massasi, V – eritmaning hajmi, ρ – eritmaning zichligi.

Eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Eritmalarning eng katta sinfi, albatta, suvli eritmalardir.

Tirik organizmlar hujayrasining asosiy komponenti suvli eritmalar bo‘lib, ular tiriklikni ta’minlovchi hayotiy jarayonlar borishi uchun muhit yoki bevosita ishtirokchi sifatida ahamiyatga ega.

Turli moddalarning suvli eritmalari inson hayotini turli qulayliklar bilan ta’minlashda keng ishlatiladi, masalan, kislota va asoslar eritmalari oddiy energetik akkumulatorlarda qo‘llanilib, harakat vositalari, avtomobillarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Suv tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Oddiy minerallashtirilgan suv har xil dorivor tuzlar eritmasi bo‘lib, bir qancha kasalliklarni davolash, oldini olish uchun iste’mol qilinadi.


Yüklə 15,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə