k
Saytda izlash
topish
Yangiliklar
Maqolalar
Vakansiyalar
Til:
РУ
O‘Z
Reklama
Bog`lanish
Ish
Sayt
haqida
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Materiallardan foydalanish
privacy
Profil
Chiqish
22 fevral 2019, 17:24
Biznes
Iqtisodiyot
Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va
O‘zbekistondagi ahvol
Erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi
oqibatida ayrim faoliyat
turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida,
bozordagi raqobat muhitining
buzilishiga olib kelmoqda.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
Bugungi kunda jahonda 4000 ta erkin iqtisodiy zona (400 ta erkin savdo zona, yana shuncha ilmiy-
ishlab
chiqarish parki, 300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi
zona) faoliyat ko‘rsatyapti, deb
yozadi
“Biznes-Daily”.
Xitoydagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Xitoy iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari bo‘yi cha dunyoda ikkinchi
o‘rinda bo‘lib, bunga jahondagi biznes munosabatlarni zudlik bilan o‘zgartira
olganligi sababli
erishgan. Arzon ish kuchi G‘arbda shippaklardan tortib mobil telefonlargacha bo‘lgan turli
mahsulotlarning narxi arzonlashishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, Xitoy Afrikada eng yirik investorga
aylandi, Pekin
Yevropa yoki Amerikani emas, aynan “qora qit’a"ni o‘zining asosiy hamkori hisoblaydi.
Hozir Xitoy tovarlarini dunyoning hamma joyida ko‘rish mumkin, XXI asrga kelib u chindan ham
“dunyo fabrikasi"ga aylana oldi. Jahondagi fotoapparatlarning 50%i, konditsionerlarning 30 foizi, kir
yuvish mashinalarining 25 foi zi va sovutgichlarning qariyb 20 foizi aynan shu yerda ishlab
chiqarilyapti.
Alohida
qayd etish lozimki, Xitoy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni katta bo‘lgan. Ayni
paytda bu yerda to‘rtta maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda — Shenchjen, Chjuxay, Shantou
va Syamen.
Bundan tashqari, 14 ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar zonasi,
xorijda tahsil olgan mutaxassislarga mo‘ljallangan 70
dan ortiq ilmiy-texnik zona, eksportga
mo‘ljallangan mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta zona bor.
Umuman,