visol
Xudodin,
Hijron
ni yubordi ul samodin.
Yor yuz o‘giribdi men fidodin,
Begona bo‘libtur oshinodin,
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1501
Begonaga oshino bo‘libtur.[
11
]
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, Alisher Navoiyning badiiy mahorati
tadqiqini amalga oshirgan Alibek Rustamov tazodning yuzaga kelishida ma’lum bir
shartlilikka tayanilishini ta’kidlab, unga quyidagicha munosabat bildiradi:
“…risolalarda keltirilgan misollarga qaraganda, tazod so‘z ma’nosi bilangina
chegaralanmasdan, vasf qilinayotgan narsa va hodisalarni ham o‘z ichiga oladi”.[
12
]
Yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, agar shoir bir misra tarkibida zid ma’noli so‘zlarni
qo‘llayotgan bo‘lsa, ayrim o‘rinlarda zidlik bayt misralari mazmuni o‘rtasida hosil
qilinib ham so‘zlar, ham misralar doirasida zidlik munosabati orqali ikki yoqlama tazod
shakllanishiga erishgan.
Erkin Vohidov g‘azallarida tazod san’ati lirik qahramon kayfiyati va ruhiy
holatini tasvirlovchi poetik vositalardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, shoirning “Sevgi otashi” g‘azalida shunday misralar bor:
Bilmadim, ul otash ichra
O‘rtanib bo‘lgum ado
Yo samandardek chiqarman
O‘t arosidan butun.
Mumkin ermas xas ichida
Cho‘g‘ni pinhon aylamak
Ishq solib jismimga yong‘in,
Oshikor bo‘ldi bu kun. (2017, 99-bet)
Berilgan iqtibosdagi “ado” va ”butun”, “pinhon” va “oshkor” singari so‘zlar
mazmunan zidlanib tazodni ro‘yobga chiqaramoqda. Baytlardan shunday ma’no
anglashiladiki, ishq bilan yo‘g‘rilgan oshiqning qalbida muhabbat otashidan omon
chiqish masalasida gumon paydo bo‘lib, shoir oshiqning bu holatini yuqoridagi kabi
ishtibohlar ichida tasvirlaydi. Ayni paytda muhabbat o‘tida qovrilgan dardmand
11
Воҳидов Э. Танланган асарлар. –Тошкент.
ШАРҚ. НМИУ. 2017. –56 б
12
Ko’rsatilgan asar. O’sha sahifa.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1502
ko‘ngilda ishqning pinhon saqlanishiga ham imkon yo‘qligini mahorat bilan hayotiy
tarzda “Dardni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi” qabilidagi donishmand xalq so‘ziga
ishora orqali istifoda qiladi.
Yoki yana:
Hajr dardiga qilmas
Vaslidan shifo, endi
Bir davo xayoli-yu,
Bir davo parishonlik.
Yodi birla xud bo‘lsam,
Jabri birla behudmen,
Qildi sernavo yodi,
Benavo – parishonlik.
…Keldi qay kuni bu dard
Xotirimga keltirmam
Band etibdi Erkinni
Mutlaqo parishonlik. (2017, 33-bet)
Shoir ijodidan keltirilgan mazkur misolda qo‘llangan tazod san’ati quyidagi
so‘zlar vositasida voqelangan:
birinchi baytda: hajr, dard – vasl va shifo;
ikkinchi baytda: xud – bexud, sernavo – benavo;
uchinchi baytda: band etmoq – Erkin.
G‘azal – asl mazmun-mohiyatiga ko‘ra oshiqona so‘z aytish, ishq izhori
demakdir. Shoir ijodida bu mavzu yuqori pardalarda kuylangani hech kimga sir emas.
Hatto adabiy suhbatlarning birida shoirning o‘zi bu xususda shunday fikrlarni bayon
qiladi: “….har bir adabiy janrning o‘z xususiyati bo‘lganidek, har bir vaznning ham
o‘z tabiati, bayon uslubi bor. …Aruz, xususan, g‘azal shaxsan menga romantik
kayfiyatlarni ifoda etish uchun juda qulay vosita”.[
13
]
13
Воҳидов Э. Шоиру шеъру шуур. – Тошкент. Ёш гвардия, 1987. – 147 б.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1503
Darhaqiqat, shoirning o‘zi ta’kidlaganidek, g‘azallarda oy yuzli yor ham, visolga
intiq oshiqning holati tasviri ham va ommatan, hayotdagi ijtimoiy voqea-hodisalarning
har biri yuqori ohangda baralla kuylangani, kishi qalbida she’rga hamohang intim
kayfiyat paydo qilishi Erkin Vohidov ijodidagi yetakchi xususiyat sanaladi.
Erkin Vohidov lirikasi xilma-xil obrazlarga boy. Biz shoir ijodida do‘st, yor, oshiq
kabi an’anaviy obrazlarning keng miqyosda kuylangan o‘rinlari borligidan
boxabarmiz. Bu esa mazkur obrazlar shoir ijoiy individual topilmalari, badiiy tasvir
vositalari, ayni damda sodda va ravon til uslubi bilan baytdan baytga, g‘azaldan
g‘azalga ko‘chish asnosida tadrijiy takomiliga erishadi va shu asosda motiv darajasiga
ko‘tarilganidan dalolat beradi. Agar shoir bir g‘azalida:
Do‘st bilan obod uying
Gar bo‘lsa u vayrona ham,
Do‘st qadam qo‘ymas esa
Vayronadir koshona ham. (2017, 43-bet)
Tarzidagi e’tirof bilan e’zozlasa, mazkur mavzu qalamga olingan “Do‘stga
deganim” nomli g‘azalida do‘stning rost so‘zni qadrlamayotganidan ozorlanadi:
Inson tilini
Til bilar inson tushunibdur.
Dil dilni va lek
O‘ylama oson tushunibdir
Rost so‘zni dedim
Jonni qo‘yib o‘rtaga, ammo
Jon do‘st deganim
Vah buni yolg‘on tushunibdir . (2017, 122-bet)
Ushbu baytlarda qo‘llangan tazod san’ati “rost” va “yolg‘on” so‘zlari vositasida
voqelanayotgan bo‘lsa, birinchi baytdagi misralararo mazmuniy zidlik munosabati
“til” va “dil” so‘zlari orqali ro‘yobga chiqib, tazodning yana bir ko‘rinishi bo‘lgan
muqobala san’atini hosil qilgan.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1504
Adabiyotshunos olim Anvar Hojiahmedov “She’riy san’atlar va mumtoz
qofiya”[
14
] kitobida muqobala san’atini tazodning bir ko‘rinishi sifatida izohlab, uning
“taqobuli tazod” va “taqobuli ijobi salb” tarzidagi ikki turi mavjudligi haqida ma’lumot
berib, o‘z fikrini misollar bilan dalillaydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur
kitobda muallif muqobala san’atini ma’naviy san’atlar turiga, tazod san’atini lafziy
san’atlar guruhiga kiritadi, ammo ular o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlari haqida
ma’lumot bermay, uning yuqorida aytilgan ikki ko‘rinishi mavjudlgi haqidagi fikr
bilan chegaralanadi. Shu o‘rinda agar har ikki tushuncha bir xil ma’no anglatar ekan,
unda bir unsurni ikki xil nomlash zamirida qanday mantiq yotadi, degan tabiiy savol
tug‘iladi. Bu ikki terminning umumiy va xususiy jihatlari haqida “Adabiyotshunoslik
lug‘ati” da batafsil ma’lumot berib o‘tilgan. Unga ko‘ra “Muqobala (ar. هلباقم – bir
narsaning qarshisida bo‘lish, qarshi kelish) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at,
baytda avval ikki yoki undan ortiq bir-biriga muvofiq keluvchi narsa-tushunchalarni
anglatuvchi so‘zlarni, so‘ng ularning ziddi bo‘lgan narsa-tushunchalarni bildiruvchi
so‘zlarni keltirish. Masalan, E.Vohidovning:
Senga bo‘lsin nurli kunduz, menga qolsin qora tun,
Barcha gulshan senga bo‘lsin, bor tikanzorlik menga, –
baytida
bir-biriga
muvofiq
keluvchi
«nurli», «kunduz», «gulshan»
tushunchalariga «qora», «tun», «tikanzor» tushunchalari zidlanmoqda, ular ham o‘zaro
muvofiqdir. Garchi muqobala bilan tazodga berilayotgan ta’riflar bir-biriga yaqin va
bu hol muayyan asosga ega bo‘lsa ham, ularni farqlash zarur. Muqobalaning tazoddan
farqi shuki, birinchidan, unda bayt tarkibidagi zidlik hosil qilayotgan juftliklar soni ikki
yoki undan ortiq bo‘lishi, ikkinchidan, zidlantirilayotgan tushunchalarning bir guruhga
mansublari o‘rtasida o‘zaro muvofiqlik, yaqinlik (nurli, kunduz, gulshan kabi) bo‘lishi
talab etiladi. Ya’ni muqobala tazodning mazkur shartlar bilan murakkablashgan bir
14
Qarang. Ҳожиаҳмедов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия. – Тошкент. Шарқ НМК, 1998. – 57-84- бетлар.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1505
ko‘rinishi, demak, aslida har qanday muqobala tazoddir, lekin har qanday tazod ham
muqobala bo‘la olmaydi”.[
15
]
Biz yuqoridagi nazariy ma’lumotlarga tayanib, quyida mazkur san’atlarga Erkin
Vohidov ijodida ko‘rib chiqamiz:
Oshiqlik ishi yomon ekan-ku,
Oshiqqa baloyi jon ekan-ku.
… Vaslida quvonchi oshikoro,
Hijronda g‘ami nihon ekan-ku. (2019, 425-bet)
Ushubu iqtibosning ikkinchi baytida birinchi misrada kelayotgan “vasl”,
“quvonch”, “oshikor” so‘zlarining keying misradagi “hijron”, “g‘am”, “nihon”
so‘zlariga zid qo‘yilishi muqobala san’atini yuzaga keltirgan. Erkin Vohidovning
quyidagi misralarida ham muqobala san’ati mahorat bilan qo‘llangan:
Muhabbat birla chekkan –
G‘urbating rohat bilan tengdur.
Muhabbatsiz va lekin
Ishrating kulfat bilan tengdur. (2017, 97-bet)
Baytdagi “g‘urbat” va “rohat”, “ishrat” va “kulfat” so‘zlari zidlanib tazodni
yuzaga
keltirayotgan
bo‘lsa,
misralardagi
so‘zlarning
𝐌𝐮𝐡𝐚𝐛𝐛𝐚𝐭 𝐛𝐢𝐫𝐥𝐚
𝐌𝐮𝐡𝐚𝐛𝐛𝐚𝐭𝐬𝐢𝐳
+
𝐆’𝐮𝐫𝐛𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐨𝐡𝐚𝐭 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧
𝐈𝐬𝐡𝐫𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠 𝐤𝐮𝐥𝐟𝐚𝐭 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧!
=
tengdur; shaklidagi pozitsiyalarda joylashib kelishi muqobala
san’atini hosil qilibgina qolmay misraning musiqiy ohangdorligini qofiya jilolari bilan
ta’minlashga xizmat qilgan.
Muqobalaning yana bir ko‘rinishi “taqobuli ijob-u salb” fe’llardagi bo‘lishli va
bo‘lishsizlik shaklini qo‘llash bilan yuzaga chiqadi. Erkin Vohidov ijodida muqobala
san’atining mazkur ko‘rinishiga ham juda ko‘p murojaat qilingan o‘rinlar bor.
Sayr etarman ko‘cha-ko‘yda
Yor xayoli birla shod,
15
Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиев М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2013. –200 б
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1506
Qilmagay hech kim yonida
Shuncha tillo birla sayr. (2017, 63-bet)
Yoki
Chin shoir ulki, o‘sgan
Bog‘ini vasf qilgay,
Naqshin qafas ichida
Bulbul tarona qilmas. (2017, 74-bet)
Mazkur iqtiboslardagi taqobuli ijob-u salb san’ati shunchaki bayt bezagi sifatida
qo‘llanmay, har bir misraning umumiy mazmunini birlashtirib, uyushtirib shoirning
poetik maqsadini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilgan.
Shuni ham alohida e’tirof etish kerakki, shoir muqobala san’atining birinchi turi
– taqobuli tazodni arabiy, forsiy va turkiy tillarga mansub so‘zlar vositasida yaratgan
bo‘lsa, ikkinchi turini faqat o‘zbek tiliga mansub so‘zlardan foydalanib hosil qilishga
muvaffaq bo‘lgan.
Kulib yurgay edim bir vaqt
O‘qib majnun jununiddan
Degaylar o‘zgadin kulma,
O‘zingdan bo‘lmayin ogoh. (2017, 88-bet)
Baytning birinchi misrasida “kulmoq” fe’li ikkinchi misradagi “kulma” bo‘lishsiz
shakli bilan o‘zaro zidlanib, taqobuli ijobi salb san’tini yuzaga keltirmoqda.
Shoir g‘azallaridagi ayni shu xususiyat uning an’anaviyligidan ko‘ra individual
o‘ziga xoslikni bo‘rttirib ko‘rsatishni ko‘proq ta’minlab beradi.
Dostları ilə paylaş: |