Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


Bilish jarayonlarining o’sishi



Yüklə 437,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix09.06.2023
ölçüsü437,82 Kb.
#116389
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
portal.guldu.uz-YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

Bilish jarayonlarining o’sishi.
O’smirning qiziqishlari ortadi, bilish faoliyati maktab 
programmasidan tashqariga chiqadi, mustaqil o’qiy boshlaydi. Uning tafakkurida tanqidiylik, 
mustaqillik 
hosil 
bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga o’quv materiallarini taqqoslashni
mavhumlashtirishni, o’z fikrini to’g’ri, ravon va aniq ifodalash yo’lini tushuntirib berishlari lozim. 
O’smirlarning o’quv faoliyatida, o’quv materialini o’zlashtirish darajasida, umumiy intellektual 
rivojlanishida turli darajadagi o’quvchilarni uchratish mumkin. O’quv faoliyatidagi kamchiliklar 
kichik sinflarda bilinmagan bo’lsa, V-VI sinflarda o’zlashtirishi keskin farqlanadigan bolalar ko’zga 
tashlanib qoladi. O’smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok 
jarayonlari ham intellektualizaciya bo’la boshlaydi, ya`ni o’smir o’quv materiallarini tushinib idrok 
qilish va eslab qolishni o’rgana boshlaydi.
O’smirlarning o’z-o’zini anglashi sifat jihatidan o’zgaradi. O’zi haqida uylash, o’zini 
boshqalar bilan taqqoslash o’smirning xususiyatidir. O’smir o’z kamchiligi ustida uylaydi, o’zidan 
qoniqmaslik hissi paydo bo’ladi. Ko’pchilik o’smirlar kattalarga o’xshaydigan o’z tenglashlariga 
o’xshashga harakat qiladilar.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni bir necha shartli guruhlarga ajratish mumkin: 
-
orsiz, subutsiz o’smirlar; 
-
mustaqil fikrga ega bo’lmaganlar; 
-
shaxsiy talab va ehtiyojlarini qondirish uchun qonunbuzarlik yo’liga kirgan o’smirlar; 
-
injiq tabiatli o’smirlar. 
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagilar: 
-
shaxsning biologik kamchiliklari; 
-
psixik rivojlanishdagi kamchiliklar; 
-
shaxs tarbiyasidagi nuqsonlar; 
-
bilish faoliyatidagi kamchiliklar; 
-
maktab ta`limi va tarbiyasidagi kamchiliklar; 
-
maktabdan tashqari muhitdagi kamchiliklar. 

Yüklə 437,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə