Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


Bilish jarayonining o’sishi



Yüklə 437,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/23
tarix09.06.2023
ölçüsü437,82 Kb.
#116389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
portal.guldu.uz-YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

Bilish jarayonining o’sishi.
Mazkur yoshdagi bolalar o’z idroklarining aniqligi, ravonligi 
bilan ajralib turadilar. Buni ularda birinchi signal sistemasining ustunligi bilan izohlash mumkin. 
Ta`lim jarayonida o’quvchilar idroki perqeptiv faoliyat darajasiga ko’tariladi. Birinchi va ikkinchi 
sinflarda o’quvchilarning diqqati etarli barqaror emas. 3-4-sinf o’quvchilari esa butun dars davomida 
o’z diqqatlarini saqlab tura oladilar. Lekin ular uchun ham dars davomida qisqa tanaffuslar foydalidir. 
Bolalarda birinchi signal sistemasi ustun bo’lganligi sababli mantiqiy xotiradan ko’ra ko’rgazmali-
harakatli xotira muhimroq rol` o’ynaydi. Ta`lim jarayonida o’quv materiallarining ma`nosini, turli 
mulohazalarni ilmiy asoslarni eslab qolish va esga tushirish orqali o’quvchilarda mantiqiy xotira 
takomillashadi. Uning rivojlanishi ko’p jihatdan o’quvchilar aqliy faolligining darajasiga bog’liq.
Kichik maktab yoshdagi tafakkurning xususiyatlaridan biri narsalarning ba`zi belgilari 
doimiyligini payqab olmaslikdir. Bolalar tafakkurining bu xususiyatini shveycariyalik J.Plaje 
o’rgangan. Narsa va hodisalarning xossalari, qonuniyatlariga ko’ra muhim belgilarga asoslanib 
umumlashtirish xususiyati esa keyinroq shakllana boshlaydi. Bolalar ancha vaqtgacha predmetlarning 
muhim va nomuhim belgilarini ajrata olmay qiynaladilar. Shuning uchun tushunchani to’g’ri 
umumlashtirish usullarini o’rgatish kerak.
Kichik maktab yoshidagi asosiy psixologik o’zgarishlar.
Bu yoshda etakchi faoliyat o’quv 
faoliyati bo’lib, ta`lim jarayoni psixikada yangi xususiyat va sifatlarning paydo bo’lishiga sabab 
bo’ladi.


19 
1.
Xatti-harakatlarning ixtiyoriy xususiyat bo’lib, o’quvchi ishlarini avvaldan rejalashtirish, ongli 
ravishda faoliyat maqsadlarini tanlashni o’rganadi.
2.
O’quvchi biror masalani echish davomida har bir harakatning tartibi, variantlarini qidiradi
masalaning hal qilinishini nazorat qiladi, ya`ni o’quvchi xatti-harakatlarini ichki planda bajarishni 
o’rganadi.
3.
Bola o’z xatti-harakatlarini va xulq-atvorini boshqalar bilan taqqoslaydi, o’zini xolis baholashni 
o’rganadi, ya`ni refleksiya rivojlanadi.

Yüklə 437,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə