SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
342
fanlarning o’qitish metodikasi kurslarini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Ta’lim muassasasi o’quv jarayoniga innovatsion ta’lim
texnologiyalarini joriy etishning samarali yo’llarini yoritish va tegishli
metodik tavsiyalarni
ishlab chiqish professor-o’qituvchilar oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblaniladi, shu
bilan birga innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishi
bilan birga ta’lim mazmunini sifat jihatidan to’ldiradi, bo’lajak o’qituvchining metodik
tayyorgarligini shakllantirishda va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini orttirish
barobarida ularning metodik tayyorgarligini zamon talablari darajasida
tashkil etishga imkon
yaratadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash nafaqat talaba yoki professor-o’qituvchi
uchun, balki boshqaruvda ham o’z ijobiy ta’siri ko’rsatadi. Masalan, talabani mustaqil ishlashga
va izlanishga undaydi, tashabbuskorligini ro’yobga chiqaradi; o’qituvchini o’z ustida uzluksiz
ishlashini ta’minlaydi, faoliyatini
yangilanishiga olib keladi; boshqaruvda esa ta’lim tizimi
boshqaruvi osonlashadi, innovatsion menejment va sifatni ta’minlaydi.
Innovatsion pedagogik ta’lim jarayonining muhim jihati shaxsning o’z-o’zini boshqarishi
va o’zini-o’zini safarbar qila olishi, shu bilan birga talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish
hisoblaniladi. Bunday yo’nalish talabaning o’quv ishlarini faollashtirish,
ularning kasbiy
ixtisoslashishini aniqlab olishini o’z ichiga oladi. Biz quyida innovatsion ta’lim texnologiyalari
joriy etilgan fizika va astronomiya fanlari o’quv mashg’ulotlaridan namunalar keltiramiz:
Darsning turi va mazmunidan kelib chiqqan holda, innovatsion ta’lim texnologiyalarini
tanlash maqsadga muvofiqligi yuqorida qayd etilgan edi. Biz quyida o’quv jarayoniga qadamba-
qadam qo’llaniladigan “Kubik” metodini keltirmoqdamiz. Kubik metodidan darsni
mustahkamlash
vaqtida foydalanilsa, yaxshi natija beradi.
1-qadam: Talabalarga mavzu o’tilgandan so’ng unga biror tushuncha shakllanadi.
Shakllangan tushunchani quyidagicha yozish taklif etiladi.
1. Tasvirlang;
2. Taqqoslang;
3. O’xshating;
4. Tahlil qiling;
5. Ishlating;
6. Foydali va zararli tomonlari.
2-qadam: Masalan, “Kuch” mavzusini o’tgandan so’ng, biz kubik usulini qo’llasak,
talabalar quyidagicha yozadilar.
1. Kuch;
2. Katta, kichik;
3. Zarb, kuchli, kuchsiz;
4. Jismga tezlik
beruvchi fizik kattalik;
5. Jism harakat yo’nalishini o’zgartiruvchi fizik kattalik;
6. Kuch jism shakli va harakarini o’zgarishiga sabab bo’ladi;
7. Kuch dinamik va statik namoyon bo’ladi;
8. Jism harakati-bu kuchning dinamik namoyon bo’lishi;
9. Jismning deformatsiyalanishi-bu kuchning statik namoyon bo’lishi;
10. Dinamometr kuchni aniqlaydi. Jismning og’irligini o’lchaydi. Traktorning tortish
kuchini aniqlaydi;
11. Ishqalanish kuchi bo’lmasa yurolmaymiz;
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
343
12. Og'irlik kuchi bo’lmasa yer sirtida yasholmaymiz.
3-qadam; kuch ta’sirida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalar keltiriladi;
kuchli
shamol, kuchli suv toshqini, vulkan natijasida kuchli portlash, zilzila, kuchli yer qimirlashi
natijasida ko’p ofatlar keladi.
Dostları ilə paylaş: