Mavzu: Shaxs ijtimoiylashuvi yuzasidan mavjud ijtimoiy muammolarga mutaxassis sifatida yondoshish ko'nikmasini shakillantirish, hamda amaliy yechim va tavsiyalarni taklif etish malakasini shakillantirish. Reja



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə1/5
tarix09.10.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#126421
  1   2   3   4   5
Ijtimoiy psixologiya mustaqil ish 2-mavzu


Mavzu: Shaxs ijtimoiylashuvi yuzasidan mavjud ijtimoiy muammolarga mutaxassis sifatida yondoshish ko'nikmasini shakillantirish, hamda amaliy yechim va tavsiyalarni taklif etish malakasini shakillantirish.
Reja:
I.Kirish:
II. Asosiy qism

  1. Psixologiyada shaxs muammosini o‘rganilishi

  2. Shaxs ijtimoiy ta`sirlar mahsuli sifatida

  3. Shaxs ijtimoiylashuvining asosiy mezonlari

III. Xulosa
IV.Glossariya
VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruxda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa; ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab
jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining xuzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi
harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizga, turmush tarzimizga yot bo‘lgan giyoxvandlik, foxishabozlik, qonunbuzarlik, turli aqidaparastlik kabi illatlarning ham suqulib kirib kelishi ayrim kishilar, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə