Mavzu: Shaxs ijtimoiylashuvi yuzasidan mavjud ijtimoiy muammolarga mutaxassis sifatida yondoshish ko'nikmasini shakillantirish, hamda amaliy yechim va tavsiyalarni taklif etish malakasini shakillantirish. Reja


Shaxs ijtimoiylashuvining asosiy mezonlari



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə4/5
tarix09.10.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#126421
1   2   3   4   5
Ijtimoiy psixologiya mustaqil ish 2-mavzu

3.Shaxs ijtimoiylashuvining asosiy mezonlari
Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli — bu uning hayotda o‘z o‘mini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yo'nalganligi masalasiga ham fanda katta e’tiborberiladi. fjtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yunaltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg‘un, barqaror motivlar majmuiga ega bo‘lishlik shaxsning yo'nalganligi deb aíaladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi: Quyidagi 13-rasmda shaxs yo‘nalishlarining sxematik ko‘rinishi bayon etilgan. 13-rasm. Shaxsning yo‘nalishlarining eng muhim tarkibiy qismlari M as’uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning etukligini belgilovchi muhim ko‘rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda G ‘arb va rus psixologiyasida nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko‘ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o‘zining hayotida ro‘y berayotgan barcha hodisalaming sababchisi, mas’uli sifatida faqat o‘zini tan oladi. („Men o‘zimbarcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o‘zimga bog'liq, shuning uchun o‘zim uchun ham, oilam uchun ham o‘zim javob beraman“). Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‘y bergan va beradigan voqea, hodisalaming sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-ona, o‘qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshqalar). Maqsadlar va ideallar. Maqsad va rejasiz inson — ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‘zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‘liqligi bilan xarakteralanadi. Ulaming shakllanishi va ongda o‘mashishida m a’lum ma’noda ideallar ham roi o‘ynaydi. Ideallar — shaxsning hozirgi real im koniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu-umidlari bo‘lib, ongda mavjudligi va har doim ham amalga oshmasligi bilan xarakterlanadi. Chunki ulaming paydo bo‘lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo‘Iib, o‘sha ideallar ob’ekti bilan shaxs imkoniyatlari o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘smiming ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo‘Imoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo'lmaydi, leldn aynan ana shunday www.ziyouz.com kutubxonasi ideallar odamga maqsadlar qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklami yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi. Qiziqishlar va e ’tiqod. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo‘lib, ular shaxsni atrofida ro‘y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ulaming o‘zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‘plash, ulami o‘rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita bo‘lishi, vaqt tom ondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik boiishi mumkin. qiziqishlaming eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo‘ladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo‘nalishiki, u insonga o‘z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e’tiqodli insonlami hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi mum-kin — Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go‘zallikka va shunga o‘xshash. Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqei va nufuzi m aium ma’noda undagi e’tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar butun umri mobaynida faqat bitta narsaga e’tiqod qiladilar. Masalan, Mir Alisher Navoiyning butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning namunasi sifatida, turkiy xalqlar adabiyotiga asos solishga bag'ishlanganligi, Im om Buxoriy, Ibn Sino singan buyuk allomalaming turli tazyiqlarga qaramay ilm va ijod yo‘lidagi qat’iyatlari, erishgan yutuqlari e’tiqodlilikning yorqin namunasidir. Demak, agar insonda biror narsaga e’tiqod shakllangan boisa, undan yaxshi inson boiib, odamlarga nafi tegishiga umid qilish mumkin. Lekin e’tiqodsizlikdan qo‘rqish kerak. Agar atrofimizda biror bir narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-maslagi yo‘q kishini ko‘rsangiz, unga yordam berish y o iin i izlash kerak, chunki bu odamdagi e’tiqodsizlik nafaqat uning o‘ziga, balki atrofdagilarga ham faqat salbiy ta’sir ko‘rsatadi. E ’tiqodli inson awalo o‘zgalarga ziyon keltiruvchi amallardan o‘zini tiyadi, yolg‘on gapirmaydi. Unda har doimo lafz boiadi, ya’ni bir nrasani qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib, uni bajaradi, boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. E’tiqodli inson nima qilayotganini, nima uchun aynan shu ishni qilayotganligini juda yaxshi anglaydi. Shu tufayli haqiqiy e’tiqodli inson ilmga intiladi, o ‘z hayotining mazmun-mohiyatini tushunishga intiladi, go‘zallik yaratish, har tomonlama barkamol bo‘lishga tirishadi, yaxshilarga oshno boiish, buyuklikka havas uning hayotiy shioriga aylanadi. Haqiqiy e ’tiqod sohibida sog‘lom fikr bo‘lib, bu fikr orqali u insoniyatning um rboqiyligini idrok etadi, o‘zidan oilasiga, 178 www.ziyouz.com kutubxonasi farzandlariga nimadir qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun ham e’tiqodlilik — shaxsdagi jur’at, mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, qat’iyat, halollik, isnonparvarlik, vatanparvarlik kabi qator ijobiy sifatlar bilan bog‘liqdir. Iymon. („Iymon“ arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy m a’nosi „ishonchdir“. Haqiqiy e’tiqodli odamda iymon ham bo‘Iadi.) Iymon keltirish yoki ishonch shunday psixologik holatki, unda shaxsning e’tiqodiga mos keladigan, biror konkret narsa va hodisalar ta’sirida ongda o‘mashib qoladigan tasavvurlar majmui etakchi rol o‘ynaydi. Iymon ob’ekti ko‘pincha shaxs tomonidan chuqur tahlil qilinmaydi, tekshirilmaydi, chunki unda insoniyat tajribasi, shaxs e’tiqod qilgan ijtimoiy guruhning qarashlari mujassam bo‘ladi. Iymon tushunchasiga faqat diniy tushuncha sifatida qarash to‘g‘ri emas. Chunki har kungi faoliyatida insonlarga nafi tegadigan amallar, savob ishlar qilish, solih xulq sohibi bo‘Iish, oilasi, yaqinlariga mehrmuhabatini ayamaslik, jamiyatdagi xulq normalarini qalban his qilib, ulami buzmaslikka intilish ham iymondan ekanligini unutmaslik kerak. Agar bola yoshlikdan go‘zal xulqlarga ergashsa, musulmonchilik odatlari, xushxulqlilik tamoyillarini o‘zlashtirib borishga ruhan tayyor bo‘lsa, uni iymonli bo‘lib tarbiya topayapti, deyish mumkin. Dunyoqarash. E’tiqod va qiziqishJar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi. Shaxsning dunyoqarashi — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzdajamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi. Mustaqiliik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analami e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo‘liga — kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqiliik maikurasi ruhida taibiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.
Xulosa
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, ijtimoiy pedagogika mustaqil fan tarmog‘i sifatida o‘zining nazariy va amaliy mohiyatiga ega. U bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e’tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish asalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg‘or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə