Mavzu: Shaxs ijtimoiylashuvi yuzasidan mavjud ijtimoiy muammolarga mutaxassis sifatida yondoshish ko'nikmasini shakillantirish, hamda amaliy yechim va tavsiyalarni taklif etish malakasini shakillantirish. Reja


Shaxs ijtimoiy ta`sirlar mahsuli sifatida



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə3/5
tarix09.10.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#126421
1   2   3   4   5
Ijtimoiy psixologiya mustaqil ish 2-mavzu

2.Shaxs ijtimoiy ta`sirlar mahsuli sifatida


„Shaxs“ tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘iganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, „Homo sapiens“ — „aqlli zot“ tushunchasini o'zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlaming e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida er yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlaming keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy-sosial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi. Sosial yoki ijtimoiy muhit — bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bolm ish olimlaming butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o ‘zaro bog‘Iiqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘Iganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun awalo, uning shu jamiyatda to‘tgan o‘mi va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘m i bilan belgilanishi kerak. Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo‘ysunadi, uning kutishlariga javob berishga harakat qiladi va o‘z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta’rif berish mumkin. Shaxs — ijtimoiy va shaxslararo munosabatlaming mahsuli, ongli faoliyatningsubyekti bo‘Imish individdir. Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatwww.ziyouz.com kutubxonasi larga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt, ham subyekt bo‘lishligidir. Shaxsga taalluqli bolgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlami o‘z ongi va idroki hilan qabul qilib (ob’ektni), so‘ngra shu ta’sirlaming subyekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq „mening hayotim“, „bizning dunyo“ degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o‘sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo‘lib, undagi ko‘plab qoidalarga ko'pchilik mutloq qo‘shiladi, ba’zilar qisman qo‘shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olam iki, ularga bo‘ysunmaslik jamiyat tom onidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxsjamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo‘lsa, ja ­ m iyat — ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassai k o 4rinishidir. Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, m a’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan, aslida jamiyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o’zaro munosabatlaming ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi. Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshq.) bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab, boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasiga ko‘tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalaming paydo bo‘lishi, o‘sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, o ‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o‘qituvchi, yoki vrach, yoki o!im, kashfiyotchi, muhandis bo‘lib, elu yurtiga xizmat qiladi. Iqtisodiy m unosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Masalan, bosqichmabosqich bozor munosabatlariga o‘tayotgan 0 ‘zbekiston sharoitini oladigan bo‘lsak, yangicha iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor, raqobat, legalizasiya va shunga o‘xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo'lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.



Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə