SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
341
Axborot – yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib,
ta’lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e’tibor yanada kuchaytirildi.
O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan
bo’lib ta’lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta’lim jarayonida qanday o’z
aksini
topganligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin.
1. Ta’lim tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida” gi
Qonunning qabul qilinishi misolida ko’rishimiz mumkin. Bu ta’lim tizimini tubdan isloh
qilishning huquqiy asosi bo’lib xizmat qilmoqda.
2. O’qitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini ta’lim mazmunida, o’qitish
metodlarida, dars shakli, o’qitish turlari, o’qitish vositalarida ko’rishmiz mumkin. Bular – ta’lim
mazmuniga innovatsiya an’anaviy, noan’anaviy va masofaviy o’qitish turlarining kirib kelishi
bilan izohlanadi; o’qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib
kelishi misolida ko’ramiz. Aktiv metodni qo’llash talabalarni dars jarayonidagi faolligini
oshirishga
xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan
izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (o’qituvchi bilan talaba, talaba
bilan talaba) tushuniladi; dars shakliga innovatsiyani
kirib kelishini standart, nostandart hamda
vertual dars shakllari misolida ko’rishimz mumkin; o’qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli
ta’lim, evristik ta’lim, darajalangan ta’lim, integratsiyalangan ta’lim, interfaol ta’lim, informal
ta’lim, rasmiy ta’lim, norasmiy ta’lim turlari bilan izohlanadi; o’qitish vositalariga innovatsiyani
kirib kelishini dars jarayonida.
Pedagogika o’quv yurtlarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga
innovatsion
ta’lim texnologiyalarni qo’llashda quyidagi: ta’lim-tarbiya jarayonini talaba shaxsiga
yo’naltirish, ularni shaxs sifatida barkamolligini ta’minlash, DTS (davlat ta’lim standarti) bilan
me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash
samaradorligini orttirish; pedagogik
kadrlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, ayniqsa, metodik tayyorgarligi samaradorligini
orttirish, innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash; bo’lg’usi o’qituvchilarni innovatsion
ta’lim texnologiyalariga asoslangan mashg’ulotlarda faol ishtirokini ta’minlash natijasida ularni
ta’lim–tarbiya jarayoni sub’ektiga aylantirish orqali, kelgusidagi pedagogik faoliyatida
innovatsion texnologiyalarning o’rnini anglash, ulardan foydalanish uchun zarur bo’ladigan
metodik bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga zamin yaratish kabi didaktik maqsadlarni
amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ta’lim o’quv jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash o’z oldida
quyidagilarni vazifa qilib qo’yadi:
1.Ta’lim muassasalari o’quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarni
joriy etish
zaruratini o’rganish;
2.Zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish va
maqbul texnologiyalarni tanlash;
3.Innovatsion ta’lim texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriy shartlarini
belgilash;
4.Innovatsion ta’lim texnologiyalari turlari va shakllarini ta’lim jarayoniga fan
xususiyatidan kelib chiqqan holda qo’llash va foydalanish holatini tahlil qilish;
Dostları ilə paylaş: