Etish metodikasi


METHODOLOGY OF APPLICATION OF INNOVATIVE EDUCATIONAL



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#152562
1   2   3   4   5
ta-limi-jarayoniga-innovatsion-ta-lim-texnologiyalarini-tadbiq-etish-metodikasi

METHODOLOGY OF APPLICATION OF INNOVATIVE EDUCATIONAL 
TECHNOLOGIES TO THE EDUCATION PROCESS 
Abstract
. This article describes the technology of applying innovative educational 
technologies to the process of physics and astronomy education. It is known to everyone that one 
of the main tasks of qualified professors is to clarify effective ways of introducing innovative 
educational technologies into the educational process of higher education institutions, and to 
develop methodological recommendations. 
Keywords
: higher education, physics education, astronomy education, educational 
system, innovation, technology, quality, innovative education, debate. 
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham yetarli darajada 
davlat e’tibori qaratildi. Tayyorlanayotgan kadrlarimiz raqobatdardoshligi, ilmiy salohiyati, 
malakasi va tajribalari hech bir rivojlangan davlatlarda tayyorlanayotgan kadrlardan kam emas. 
Bu esa ta’limni yanada rivojlantirish va xorijiy tajribalar bilan boyitishni taqozo etmoqda. Ilm-
fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat 
qiyofasini belgilab bermoqda. Innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida o’quv-
tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib
ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kun sayin oshib bormoqda. 
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
341 
Axborot – yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, 
ta’lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e’tibor yanada kuchaytirildi. 
O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan 
bo’lib ta’lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta’lim jarayonida qanday o’z aksini 
topganligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin. 
1. Ta’lim tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida” gi 
Qonunning qabul qilinishi misolida ko’rishimiz mumkin. Bu ta’lim tizimini tubdan isloh 
qilishning huquqiy asosi bo’lib xizmat qilmoqda. 
2. O’qitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini ta’lim mazmunida, o’qitish 
metodlarida, dars shakli, o’qitish turlari, o’qitish vositalarida ko’rishmiz mumkin. Bular – ta’lim 
mazmuniga innovatsiya an’anaviy, noan’anaviy va masofaviy o’qitish turlarining kirib kelishi 
bilan izohlanadi; o’qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib 
kelishi misolida ko’ramiz. Aktiv metodni qo’llash talabalarni dars jarayonidagi faolligini 
oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan 
izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (o’qituvchi bilan talaba, talaba 
bilan talaba) tushuniladi; dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda 
vertual dars shakllari misolida ko’rishimz mumkin; o’qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli 
ta’lim, evristik ta’lim, darajalangan ta’lim, integratsiyalangan ta’lim, interfaol ta’lim, informal 
ta’lim, rasmiy ta’lim, norasmiy ta’lim turlari bilan izohlanadi; o’qitish vositalariga innovatsiyani 
kirib kelishini dars jarayonida. 
Pedagogika o’quv yurtlarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion 
ta’lim texnologiyalarni qo’llashda quyidagi: ta’lim-tarbiya jarayonini talaba shaxsiga 
yo’naltirish, ularni shaxs sifatida barkamolligini ta’minlash, DTS (davlat ta’lim standarti) bilan 
me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash samaradorligini orttirish; pedagogik 
kadrlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, ayniqsa, metodik tayyorgarligi samaradorligini 
orttirish, innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash; bo’lg’usi o’qituvchilarni innovatsion 
ta’lim texnologiyalariga asoslangan mashg’ulotlarda faol ishtirokini ta’minlash natijasida ularni 
ta’lim–tarbiya jarayoni sub’ektiga aylantirish orqali, kelgusidagi pedagogik faoliyatida 
innovatsion texnologiyalarning o’rnini anglash, ulardan foydalanish uchun zarur bo’ladigan 
metodik bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga zamin yaratish kabi didaktik maqsadlarni 
amalga oshirish nazarda tutiladi. 
Ta’lim o’quv jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash o’z oldida 
quyidagilarni vazifa qilib qo’yadi: 
1.Ta’lim muassasalari o’quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarni joriy etish 
zaruratini o’rganish; 
2.Zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish va 
maqbul texnologiyalarni tanlash; 
3.Innovatsion ta’lim texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriy shartlarini 
belgilash; 
4.Innovatsion ta’lim texnologiyalari turlari va shakllarini ta’lim jarayoniga fan 
xususiyatidan kelib chiqqan holda qo’llash va foydalanish holatini tahlil qilish; 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə